T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/58
tarix01.02.2023
ölçüsü1 Mb.
#82270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
ijobiy taassurot, imij, imijmeyker. 
Nazorat savollari: 
1. Nima sababdan biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot 
qoldirish va mavqyeini oshirish uchun harakat qilishlari kerak? 
2. Imij iborasi qaysi tildan olingan va uning tom va keng ma’nosi 
qanday? 
3. Imijni shakllantirishda reklama vositasining va tanish– bilishlarning
qanday ahamiyati bor? 
4. Imijmeyker qanday ishlar bilan shug’ullanadi? 
3.2. Ijobiy taassurot qoldirish yo’llari 
 
Biznes bilan shug’ullanadigan va shug’ullanmoqchi bo’lgan kishilar 
uchun hamkorlari, suhbatdoshlari va halq fikrida ijobiy tasavvur qoldirish 
juda ham katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi birinchi tasavvur 
qanday bo’lsa, uni ishi shunday ketadi: ijobiy bo’lsa - samarali, salbiy 
bo’lsa - samarasiz, chunki har qanday biznesmenning imiji o’zining 
hamkorlari va suhbatdoshlari fikrida qoldirgan taassurot bilan bevosita 
bog’liq bo’ladi. Biznesmenlar to’g’risida birinchi tasavvurning 
shakllanishi uchun atigi 10 – 15 sek kifoya qiladi. Agar ana shu vaqt ichida 
biznesmen o’zi to’g’risida ijobiy tasavvur qoldirgan bo’lsa, uning imiji 
shakllanib va boyib boradi va sohibi uchun xizmat qiladi. Ana shu 15 sek 
davomida shakllangan salbiy tasavvurni ijobiyga aylantirish uchun bir umr 
ham yetmasligi mumkin. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirish uchun 
amalda qator qoidalarga itoat qilish lozim. Ular quyidagilardan iborat: 

hamkorlar yoki boshqa suhbatdoshlar bilan birinchi marta 
uchrashganda aytiladigan so’zlarning eng kamida 10 – 15 tasi juda 
ham salmoqli bo’lishi, ishonchli va ravon talaffuz qilinishi lozim. 
Uchrashuvning boshlanishidayoq minnatdorchilik bildirish ham 
suhbatdosh fikrida yaxshi tasavvur qoldiradi, uning ko’nglini 
“yumshatadi” va suhbatni xushmuomalalik bilan olib borishga 
chorlaydi. Minnatdorchilik ham yaxshi so’zlar bilan adabiy tilda 
izhor etilishi lozim. Minnatdorchilik turli shakllarda bildirilishi 
mumkin, masalan, “Men bilan uchrashish uchun qimmatli 
vaqtingizni ajratganingiz uchun sizga katta minnatdorchilik 
bildiraman”, yoki “Siz bilan uchrashganimdan juda ham 


16 
xursandman”, yoki hamkor tanish bo’lsa, “Yana ko’rishganimdan 
juda ham xursandman” va hokazo; 

suhbat o’tkazilayotgan joyda suhbatdosh hamkordan tashqari boshqa 
kishilar ham bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda siz nafaqat 
suhbatdoshingizda, boshqa kishilar fikrida ham o’zingiz to’g’risida 
ijobiy tasavvur qoldirishga harakat qilishingiz kerak. Suhbatdoshda 
va boshqalar fikrida yaxshi tasavvur qoldirishning eng samarali 
usullaridan yana biri ochiq chehra bilan muloqotga tushishdir. 
Shuning uchun ham salomlashish, hol–ahvol so’rashda va 
minnatdorchilik bildirishda suhbatdoshning ko’ziga qarab, kulib 
gapirish lozim. Tabassum bilan salmoqli va ma’noli so’zlarni tanlab, 
kulib gapirish biznesmenning dadil va serg’ayratligidan darak beradi. 
Agar boshqalar sizning so’zlaringizni eshitmasa ham chehrangizdagi 
porlab turgan tabassumga albatta e’tibor berishadi; 

dadil harakat qiladigan va serg’ayrat kishilar odamlarning 
aksariyatiga juda ham yoqadi. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur 
qoldirishda shinam qadam tashlab yurishning ham ahamiyati katta. 
Binoga yoki ofisga kirasizmi, yoki birovni qarshi olasizmi, 
qadamlarni chiroyli bosish, jonli va serg’ayrat harakat qilish lozim. 
Ish davomida juda charchagan bo’lsangiz ham uni boshqalarga 
bildirmang, ishning oxirida ham serg’ayrat va jonli harakat qilishga 
harakat qiling. Hamkasblar, hamkorlar va boshqalar ham bu 
harakatingizni albatta ijobiy baholaydi; 

biznesmen to’g’risida ijobiy tasavvurning shakllanishida uning tashqi 
qiyofasi eng katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi umumiy 
tasavvurning deyarli 80 – 90 % uning tashqi qiyofasining hissasiga 
to’g’ri keladi, chunki soqol–mo’ylovlarining olinishiga, sochlarining 
taralishiga, kiyimiga, uning tozaligiga va kiyilishiga katta ahamiyat 
beriladi. Etiket qoidalariga ko’ra biznesmen soqol–mo’ylovlari 
qirtishlab, sochlari esa qisqa olingan, taralishi yuz tuzilishiga mos 
kelgan, taqinchoqlari (soat, bilaguzuklarlari va uzuklari) o’ziga 
yarashgan bo’lishi shart. Ayol biznesmenlarning taqinchoqlari rangi 
va kattaligi bo’yicha boshqalarning diqqatini tortmaydigan va 
husniga husn qo’shadigan bo’lishi lozim. 
Ijobiy tasavvur qoldirishda oyoq kiyimlarining ham ahamiyati katta. 
Tuflilar yarqiragan holatgacha tozalangan bo’lib, xuddi yangiga o’xshab 
turgan bo’lishi kerak. Erkaklar paypog’i boldirni yopib turadigan, ayollar 
kalgotkalari esa yirtilmagan bo’lishi shart. 


17 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin