45
bo’lgan masalalarning ijobiy hal bo’lishiga, biznes bo’yicha aloqalarning
yanada mustahkamlanishiga imkon beradi. Shu sababli ham bo’lsa kerak,
Servantes “Xushmuomalalikdek bironta
narsa ham shuncha arzon
turmaydi va shunday qimmat baholanmaydi” – degan edi.
Ma’lumki, xushmuomalalik haqiqiy va soxta bo’lishi mumkin.
Esingizdan chiqmasinki, soxta xushmuomalalik – bu ikki yuzlamalik va
madaniyatsizlik belgisidir. Haqiqiy xushmuomalalik esa biznesmen va
boshqa madaniyatli kishilarning ichki madaniyati va his tuyg’ularidan
kelib chiqadi va boshqacha muloqotga tushishga yo’l qo’maydi.
Shuning
uchun ham madaniyatli biznesmen hamkorlari bilan ham, ko’chada ham,
jamoat joylarida ham, oila a’zolari va o’rtoqlari bilan ham bir xil haqiqiy
muomalada bo’ladi. Madaniyatli odamning xushmuomalaligi uning
kayfiyatiga bog’liq bo’lmaydi.
Xushmuomalalik bir nechta shakllarda bo’lishi mumkin,
masalan
ochiq chehra bilan muomala qilish, hurmat–ehtirom bilan (katta
yoshdagilar va boshliqlarga nisbatan) muomala qilish,
vazminli muomala
qilish (notanish kishilar bilan), xolis hurmat yuzasidan xushmuomalalik
qilish (ya’ni odamshavandalik qoidalaridan kelib chiqgan holda) va o’ta
xushmuomalali muomala qilish. O’ta xushmuomalalikning ham chegrasi
bor,
undan
chiqmaslik
kerak,
chunki
o’ta
xushmuomalalik
xushomadgo’ylikka va laganbardorlikka aylanib ketishi mumkin.
Dunyo
xalqlarining
o’zaro munosabat
qilish poydevorini
xushmuomalalik, ya’ni shirinsuxanlik tashkil qiladi. Shu sababli ham
shirinsuxanlik chet mamlakatlar xalqlari va millatlar urf–odatlariga hamda
vatandoshlarga bo’lgan hurmat belgisi, boadablilik
bilan munosabatga
tushishning asosiy qoidalaridan bir hisoblanadi. Xushmuomalali
biznesmenlar doimo izzat–hurmatda bo’ladi. “Yaxshi gaplar bilan ilon
inidan chiqar” degan o’zbek maqolining
mazmuni ham xushmuomalalik
qanday katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: