49
Bundan tashqari shuni ta’kidlash kerakki,
umuman Islom dini yosh
bolalardan tashqari barcha tanish, o’ta yaqin va notanish kishilarga,
ularning jinsi va yoshidan qat’iy nazar, “siz” deb murojaat qilishni taqozo
qiladi; ayol kishilar esa hatto o’zidan 1 – 2 yosh erkaklarga,
umuman
erining barcha og’a–inilariga, hurmat yuzasidan hatto yosh bolalarga ham,
“siz” deb murojaat qilishi kerak; ota–onalarga, tengqur va o’zidan katta
notanish kishilarga “siz” deb murojaat qilmaslik o’ta hurmatsizlik, ya’ni
surbetlik hisoblanadi. Umuman, O’zbekistonda
mansabdor, obro’li
kishilarga ularga qayerda va qachon murojaat qilinmasin, jinsi va
yoshidan qat’iy nazar, “siz” deb murojaat qilishadi.
Respublika xizmat korxonalarida yevropacha etiket qoidalariga
o’tishi natijasida hamkasb kishilarning bir–birlariga
murojaat qilishida
uning “sen” shakli o’zlaridan kichiklarga va tengqurlarga nisbatan keng
qo’llanilib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda yevropacha etiket qoidalariga ko’ra xizmat
korxonalari xodimlarining bir–birlariga nisbatan murojaat qilishning “siz”
shaklidan “sen” shakliga o’tishning aniq bir belgisi yo’q. Lekin esdan
chiqarmaslik kerakki, o’ziga yaqin kasbdoshlariga va tengqurlariga
murojaat qilishning “siz” shaklidan “sen” shakliga o’tishni birinchi bo’lib
yoshi kattalar o’zidan
kichiklarga, rahbar xodimlar o’zlarining qo’lostida
ishlaydigan tengqurlariga, ayol kishilar esa erkak kishilarga taklif qilishlari
mumkin. Taklif qilishda ham juda ehtiyot bo’lish kerak, chunki taklif
qabul qilinmasa, taklif qilgan kishi noqulay ahvolga tushib qolishi
mumkin. Bundan tashqari yevropacha xalqaro etik qoidalarga ko’ra ruxsat
so’ramasdan erkaklarga murojaat qilishning “siz” shaklidan “sen” shakliga
o’tishga faqat ayol kishilarga huquq beriladi.
Shu
narsa esingizdan chiqmasinki, murojaat qilishning “siz”
shaklidan “sen” shakliga o’tish juda ham oson. Lekin “siz” shakliga qayta
o’tish madaniyatli biznesmen uchun juda ham ruhan qiyin bo’ladi.
Shuning uchun ham orada bironta ko’ngilxiralik chiqsa ham xurmat qilib
“siz” deb yurgan kishingizni, uni kamsitish yoki xo’rlash maqsadida, “sen”
deyishga harakat qilmang, chunki “bu o’tar dunyo” deb bekorga
aytilmagan, vaqt o’tadiyu, faqat o’rtada xafachilik qoladi.
Dostları ilə paylaş: