Tayanch iboralar:
“sen” shakli, “siz” shakli va neytral shakli; Yevropa mamlakatlari va
Rossiya; O’zbekiston xizmat korxonalari; Islom dini; “sen” shaklidan “siz”
shakliga o’tish.
50
Nazorat savollari:
1. Bir–birlariga murojaat qilishning qaysi shakllarini bilasiz?
2. O’zbekiston
kasbiy
korxonalarida,
shu
jumladan
biznes
korxonalarida, bir–birlariga murojaat qilishning qaysi shakllaridan
foydalanishadi?
3. Islom dini murojaat qilishning qaysi shaklidan foydalanishni taqozo
qiladi?
4. Murojaat qilishning “siz” shaklidan “sen” shakliga o’tishni birinchi
bo’lib kim taklif qilishi kerak?
5. Nima sababdan bironta xafachilik bo’lganda ham murojaat qilishning
“siz” shaklidan “sen” shakliga o’tish tavsiya qilinmaydi?
7.2.Salomlashish va tanishish etiketi qoidalari
Har bir jamiyat o’zining urf–odatlari, rasm–rusumlari va ramzlari
dunyosida yashaydi. Ular salomlashishga ham tegishli bo’lib, qadimiy urf–
odatlardan biri hisblanadi. Agar siz bugungi kunda “Bugun siz
ovqatlandingizmi?” yoki “Sizning mollaringiz omonmi?” degan so’zlarni
etishsangiz, albatta hayron bo’lar edingiz!. Aynan qadimiy Xitoy,
Mongoliya va Misrliklar bir–birlari bilan uchrashishganda xuddi shu
so’zlar orqali salomlashishgan. Bugungi kunda ham ba’zi millat va elatlar
salomlashishning
biz
uchun
an’anaviy bo’lmagan shakllaridan
foydanishadi. Masalan, Afrikada yashaydigan zuluslar bir–birlari bilan
“Men seni ko’rayapman” so’zlarini ishlatib salomlashishsa, laplandlar
faqat burunlari bilan ishqalashadi, samoanslar esa bir–birlarini hidlashadi.
Salomlashish qoidalari ham jamiyatning o’zgarishi bilan shaklan va
mazmunan o’zgarib va rivojlanib boradi. Ba’zi bir Yevropa mamlakatlari
xalqalariga mansub bosh kiyimini yechib yoki ozgina ko’tarib
salomlashish shakli bundan oldin ta’kidlanganidek, qadimiy rimliklar urf–
odatlari bilan bog’liq.
Salomlashishda qo’l ushlab ko’rishish ham ajdodlarimizdan qolgan
urf–odat meroslaridan biri hisoblanadi. Qadimda qo’l ushlashib
salomlashish qo’lida quroli yo’qligini bildirgan. Musulmon dunyosida ham
bir–birlari bilan uchrashganda qo’l berib kurishish tavsiya qilinadi. Hozirgi
vaqtda salomlashishda qo’l berib ko’rishish barcha xalqlarda standart
ritualga aylangan.
Salomlashish
boshqalarga
nisbatan
hurmat
xayrihohlik,
salomlashmaslik yoki pala–partish salomlashish esa ota–onaga, hamkor va
hamkasblarga, tanish–bilishlariga, qarindosh va urug’larga, o’rtoqlariga va
51
jamiyatning atrofdagi boshqa a’zolariga nisbatan behurmatlik va o’ta
madaniyatsizlik belgisi hisoblanadi. Shu sababdan bo’lsa kerakki, islom
dini ikki kishi uchrashganda ularning kayfiyati va munosabati qanday
bo’lishidan qat’iy nazar, salomlashishlarini va salomga tezlikda tushunarli
hamda aniq eshitadigan darajada alik olishlarini taqozo qiladi. Shuning
uchun ham odamlar ota–onalari, hamkasb va hamkorlari, qarindosh,
urug’lari, o’rtoqlari va tanish–bilishlari bilan uchrashganlarida albatta
salomlashishlari kerak. Yevropacha va sharqona etiket qoidalari bo’yicha
ham qo’l berib ko’rishiladi. O’zbekistonda qishloq joylarda nafaqat
tanishlar bilan, notanish kishilar bilan ham salomlashish etiketi qabul
qilingan, chunki qishloq joylarda ko’chalarda uchraydigan odamlarning
soni kam bo’ladi. Lekin notanish kishilar bilan salomlashishda qo’l berib
ko’rishish odatga aylanmagan. Shaharlarda hamma bilan salomlashishning
imkoniyati yo’q. Shuning uchun ham shaharlarda tanish–bilishlar, hamkor
va hamkasblar bilan salomlashish qabul qilingan.
Qo’l berib salomlashishda ham ma’lum bir etiket qoidalariga rioya
qilinishi lozim. Ular quyidagilardan iborat: salomlashayotgan kishilar
tabassum bilan bir–birlarining yuziga qarab, barmoqlar (qo’l uchi) bilan
emas, kaftlarini ushlab salomlashishlari kerak. qo’l kaftlarini ushlab
salomlashishda ham qo’lning uzatilish holatiga e’tibor berilishi shart,
chunki yevropacha etik qoidalarga ko’ra qo’l kafti polga nisbatan vertikal
holda uzatilsa, salomlashayotgan kishining siz bilan teng, agar
salomlashishda qo’lning kafti yuqoriga qaratilgan bo’lsa, uning sohibi
sizga bo’yso’nishga tayyor ekanligini bildiradi; agar siz bilan
salomlashayotgan kishilardan biri salomlashish uchun qo’lining kaftini
pastga qaratib uzatib, qo’lingizni qattiq qissa, salomlashayotgan kishining
men sendan ustunman va sen menga bo’yso’nishing kerak degan niyatini
bildiradi. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra ikki qo’l kaftlari ham yerga
nisbatan vertikal holatda alik olayotgan kishiga uzatilishi kerak.
Salomlashish va tanishish odamlar o’rtasidagi munosabatlarning
boshlanishi hisoblanib, ularning bir–birlariga bo’lgan hurmatini bildiradi.
Shuning uchun ham har bir holatda salomlashayotgan kishiga nisbatan
xushmuomalada yoqimli so’zlar orqali o’zlarining yaxshi niyatlarini
tilashadi. Masalan greklar “sog’ bo’ling”, arablar “senga tinchlik” ruslar
“salomat bo’ling” yoki “sog’ bo’ling”, hindular “hammasi yaxshi”,
o’zbeklar yoki tojiklar “assalomu–alaykum” kabi so’zlar orqali tilaklarini
tilashadi.
52
Katta lavozimdagi va jamiyatda nufuzli obro’ga ega bo’lgan tanish
kishilar bilan salomlashishda yevropacha etik qoidalari bo’yicha ularning
ismi–shariflarini tilga olib salomlashish tavsiya etiladi.
Bugungi kunda, ayniqsa yoshlar o’rtasida, salomlashishning “salyut”,
“salom” va yelkasiga qo’l bilan qoqib qo’yish kabi shakllari ham
ishlatiladi. Lekin ular etiket qoidalari statusiga ega emas va
salomlashishning jargon (qo’pol) shakli hisoblanadi. Shu sababli ham
o’zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmen ularni ishlatmaslikka
harakat qilishi kerak.
Bugungi kunda xizmat etiketi, shu jumladan biznes–etiket, doirasida
salomlashadigan va tanishadigan kishilarning jinsini, yoshini va lavozimini
hisobga oladigan qator etiket qoidalari shakllangan. Bu qoidalar, bundan
oldin ta’kidlanganidek, odamlarning bir–birlariga bo’lgan munosabatiga
va kayfiyatiga bog’liq bo’lmaydi.
Qo’l berib ko’rishish salomlashishning odamlar o’rtasida eng keng
tarqalgan usuli hisoblanadi. Salomlashishda qo’l berib ko’rishish nafaqat
ayol kishilar o’rtasida, ayol va erkaklarning bir–birlari bilan
uchrashuvlarida va hayrlashishlarida ham keng ko’llaniladi. Biznesmenlar
xizmat korxonasida qabul qilingan, ishdan keyin esa umumfuqarolk etiket
qoidalariga itoat qilishadi. Ushbu bandda biznesmenlarning salomlashish
bo’yicha faqat xizmat davrida rioya qilishlari kerak bo’lgan etiket
qoidalari ko’rib chiqiladi.
Xizmat korxonalarida shunday vaziyatlar bo’ladiki, bir jinsli, teng
yoshli va lavozimli ikki biznesmen uchrashganda birinchi bo’lib kim
salomlashish kerak degan savol ayniqsa yoshlar o’rtasida tez–tez tug’ilib
turadi. Amalda etiket qoidalariga ko’ra bunday vaziyatda kimning
madaniyat va tarbiyalangan darajasi yuqoriroq bo’lsa, u birinchi bo’lib
salomlashadi.
Korxonada ayol bilan erkak kishi uchrashganda birinchi bo’lib
salomni erkak kishi beradi. Lekin qo’l berib ko’rishish uchun birinchi
bo’lib ayol kishi qo’lini uzatgandan keyingina erkak kishi qo’lini berishi
kerak. Esingizda bo’lsinki, etiket qoidalariga ko’ra alik olgandan keyin
ayol kishi qo’lini cho’zmasligi ham mumkin. Ayol kishi qo’lini cho’zishda
qo’lqopini ham yechmasligi mumkin. Lekin erkak kishi ko’rishishda
qo’lqopini yechib ko’rishishi shart. Ayol kishining o’zidan yoshi ancha
katta yoki mansabi baland erkak kishilar bilan salomlashishida yoki
xayrlashishida erkak kishilar ham birinchi bo’lib qo’llarini uzatishlari
mumkin.
53
Agar xizmat korxonasida yoshi kichik xodim yoshi katta kishi bilan
uchrashganda birinchi bo’lib yosh kishi salom berishi, lekin ko’rishish
uchun esa birinchi bo’lib yoshi katta kishi qo’lini cho’zishi kerak. Erkak
kishilar bir–birlari bilan faqat qo’lqoplarini yechgan holda ko’rishishlari
shart.
Xizmat korxonalarida, shuningdek biznes korxonalarda, lavozimdor
ikki kishi uchrashib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda birinchi bo’lib
kichik lavozimdagi kishi slom berishi lozim. Lekin ko’rishish uchun
birinchi bo’lib katta lavozimdagi shaxs qo’lini o’zatishi kerak.
Xizmat davrida shunday vaziyatlar bo’ladiki, masalan, bir necha
hamkasb tanishlar korxona binosi koridorida yoki hovlisida biron narsa
bilan mashg’ul bo’lib to’planib turgan bo’lishlari mumkin. Agar shu kuni
siz ular bilan ko’rishmagan bo’lsangiz va ularning yonidan o’tishingiz
lozim bo’lsa, birinchi bo’lib siz salom berishingiz kerak, qo’l berib
ko’rishish uchun esa birinchi bo’lib alik olayotganlar qo’llarini
cho’zishlari mumkin. Lekin to’planib turganlar qo’llarini uzatishda ham
yoshi kattalik tamoyiliga amal qilishlari lozim.
Xizmat korxonalarida shunday vaziyatlar bo’ladiki, kimdir ishga
oldinroq, kimdir keyinroq (lekin ish vaqti boshlanguncha) kelishi mumkin.
Bunday vaziyatda oldin kelib o’tirganlarga keyin kirib kelayotgan xodim
birinchi bo’lib salom berishi shart. Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra
birinchi bo’lib ko’rishish uchun ikki tomon ham birdaniga qo’lini
cho’zishi mumkin. Albatta, hammadan oldin ma’naviy madaniyatli kishi
qo’lini cho’zadi.
Agar koridorda yoki korxona hovlisida shoshilib ketayotganingizda
sekin ketayotgan tanishlardan oldin o’tib ketishingiz mumkin. Lekin siz
birinchi bo’lib salom berishingiz lozim.
Kasbiy korxonalar xodimlarining ishlab chiqarishga (xizmatga)
nisbatan teng huquqli bo’lishi shuni taqozo qiladiki, xizmat korxonasida
ishlaydigan xodimlar ham, ularning rahbarlari ham teng huquqga ega. Shu
sababli ham etiket qoidalari ularning salomlashishda ham teng
huquqliligini yana bir bor tasdiqlaydi. Demak, kasbiy korxonalarda ayol
kishilar ham, rahbarlar ham xizmat korxonalarida birinchi bo’lib
salomlashish va ko’rishish uchun qo’lini uzatish huquqiga ega.
Madaniyatli va etiket qoidalarini yaxshi biladigan rahbar o’ziga
bo’yso’nadigan xodimlarning birinchi bo’lib salomlashishini ko’tib
turmasdan o’zi birinchi bo’lib salomlashishga harakat qilishi kerak.
etiketning bu qoidasi rahbarning ishga kelish vaqtidagi va o’z kabinetida
korxonada ishlaydiganlarni qabul qilishdagi salomlashishiga ham tegishli.
54
Rahbar kishi o’z kabinetida o’rnidan turib salom berishi yoki salomga alik
olishi kerak.
Xizmat korxonasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan
yana biri shundan iboratki, korxona rahbari xizmat yuzasidan faoliyat bilan
bog’liq masalalarni hal qilish uchun xodimlar majlisini tashkil qiladi.
Ba’zi bir vaqtlarda majlisga boshqa korxona va yuqori tashkilot xodimlari
taklif qilingan bo’lishlari ham mumkin. Ma’lumki, majlisni yoki bahsni
korxona rahbari boshqarib boradi va odatga ko’ra u majlisning
boshlanishidan oldin keladi. Rahbar xodim to’planib o’tirganlarning
barchasi bilan, ular bilan bugun ko’rishgan bo’lishlaridan qat’iy nazar,
majlisni boshlash uchun kelgandan keyin o’tirganlar bilan birinchi bo’lib
salomlashishi kerak. Salomlashda ham uning nazari zalda o’tirganlarning
faqat bittasiga yoki bir nechtasiga emas, hammaga qaratilgan bo’lishi
kerak. Bundan tashqari rahbar ishga kelishda yoki majlisni boshlashda
zalda o’tirgan xodimlarning o’rnidan turishini etiket qoidalari tavsiya
qilmaydi. Sharqona etiket qoidalari ham mansabdor kishilarning birinchi
bo’lib salomlashishini taqozo qiladi, lekin o’tirgan kishilar alik olishda
(bundan yig’ilishda o’tirganlar istisno) o’rnidan turishlari lozim.
Nufuzli biznes korxonalarida hamkorlar va bo’lajak hamkorlar
delegasiyalarini kutish-kuzatish tez–tez sodir bo’lib turadi. Bunday
hollarda korxona rahbari bir vaqtning o’zida birdaniga bir necha
dellegasiya rahbarlarini qabul qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda xonaga
oxirida kirgan delegasiya rahbari birinchi bo’lib salom berishi va salomga
alik olishda xonada o’tirgan delegasiya rahbarlari o’rinlaridan turib
o’zlarini tanishtirishlari kerak.
Biznesmenlar korxonada yoki uning hovlisida begona kishilarni
uchratganda ham ular bilan birinchi bo’lib salomlashishga harakat
qilishlari lozim.
Kasbiy korxonalarda, shu jumladan biznes korxonalarda, o’z
faoliyatini birinchi boshlayotganlarni va boshqa vaziyatlarda xodimlarni
bir–birlari bilan tanishtirishda ham ma’lum bir etiket qoidalariga rioya
qilinishi kerak. Korxonalarda shunday vaziyatlar bo’lishi mumkinki, erkak
va ayol kishilarni bir–birlari bilan tanishtirish zarur bo’lib qoladi. Bunday
hollarda birinchi bo’lib erkak kishi ayolga tanishtiriladi. Agar ayol kishi
o’tirgan bo’lsa, erkakni tanishtirishda o’rnidan turmasligi mumkin. Lekin
amaldagi etiket qoidalariga ko’ra o’tirgan ayol o’zidan yoshi katta ayol
kishi yoki yoshi ulug’ erkaklar bilan tanishtirishda o’rnidan turishi shart.
Amaldagi yevropacha etiket qoidalariga ko’ra hali 18 yoshga to’lmagan
55
qiz bolalar katta yoshdagi ayol yoki erkak kishilar bilan tanishtirishda
o’rnilaridan turib tanishishlari kerak.
Bir korxonada ishlaydigan har xil yoshdagi bir jinsli odamlar bir–
birlari bilan tanishishlarida birinchi bo’lib yoshi katta kishi o’zini
tanishtirishi va ko’rishishi uchun qo’lini o’zatishi lozim.
Ko’rsatilganlardan tashqari biznes va boshqa xizmat korxonalarida
shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, xodim va rahbar bir–birlari
bilan tanishtirilishlari lozim. Bunday hollarda avval xodim rahbarga, keyin
rahbar xodimga tanishtiriladi. Tanishtirishda ko’rishish uchun birinchi
bo’lib rahbar xodimga qo’lini uzatadi.
Agar ikki mansabdor kishi bir–birlari bilan tanishmoqchi bo’lsalar,
o’zini birinchi bo’lib katta, keyin esa kichik mansabdagi rahbar o’zini
tanishtiradi. Ko’rishish uchun ham birinchi bo’lib katta mansabdagi rahbar
qo’lini o’zatadi. Ikkita erkak kishini bir–birlari bilan tanishtirish kerak
bo’lsa, tanishtirishda ikkalasi ham o’rnidan turishlari kerak.
Ikkita ayol kishini bir–birlari bilan tanishtirishda ham avval yoshi
kichik yoshi katta yoki lavozimdagi ayol kishiga tanishtiriladi, chunki bir
xil jinsli kishilarni tanishtirishda ularning yoshi va martabasi hisobga
olinadi.
Agar bir yoshdagi va mansabdagi bir xil jinsli kishilarni bir–birlari
bilan tanishtirishda tanishtiruvchi kishi avval birinchi navbatda o’ziga
yaqin kishini tanishtiradi. Bu etik qoidadan ota–onalar bilan tanishtirish
istisno hisoblanadi, chunki boshqalarni, ularning jinsi, yoshi va
mansabidan qat’iy nazar, ota–ona bilan tanishtiradi.
Xonaga kirgan kishining u yerda turgan kishi bilan salomlashishida
birinchi bo’lib xonada turgan kishi o’zini tanishtiradi. Bundan oldin
ta’kidlanganidek, qabulxonaga kirgan delegasiya rahbarlarining u yerda
turgan delegasiya(lar) rahbar (lar)i bilan salomlashish davrida avval
xonada turganlar tanishtiriladi.
Shunday qilib, salomlashish va tanishish etiket qoidalariga itoat
qiladigan biznesmenlar imiji doimo yuqori bo’lsa, obro’si esa baland
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |