T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/58
tarix01.02.2023
ölçüsü1 Mb.
#82270
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar:
kamtarlik, biznesmenlarga xos fazilatlar. 
Nazorat savollari: 
1. Kamtarlik – bu nima? 
2. Kamtar va madaniyatli biznesmenlarga qanday fazilatlar xos bo’ladi? 
3. Siz biladigan kamtar kishilarga qanday xususiyatlar xos? 
7. Biznes korxonalarida o’zaro munosabat qilish qoidalari
7.1. Bir–birlariga murojaat qilish shakllari
 
Xalqaro tajribada xizmat korxonalarida, shu jumladan biznes 
korxonalarida, xamkasblar bir–birlariga murojaat qilishda uning asosiy 
quyidagi shakllaridan foydalanishadi: “sen”, “siz” va neytral shaklidan. 
Lekin hamma mamlakatlarda ham murojaat qilishning barcha shakllaridan 
foydalanishavermaydi: ba’zilarda faqat bitta, ba’zilarida esa uchta shakli 
ham ishlatiladi. Masalan, Angliyada faqat bitta “sen” shaklidan, Polsha, 
Shvesiya va Fransiyada kattalarga va boshqalarga murojaat qilishda uning 
uchinchi neytral shakllaridan (pani, madam) ham foydalanishadi. 
Dunyoning qolgan aksariyat mamlakatlarida hamkasblar bir–birlariga 
murojaat qilishda uning faqat “sen” va “siz” shakllarini ishlatishadi. 
Bundan O’zbekiston xizmat korxonalarining xodimlari ham istisno emas. 
Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, aksariyat Yevropa 
mamlakatlarida, shu jumladan Rossiya Federasiyasida hamkasblar 
o’zlarining tengqurlariga yoshi kichiklarga va o’ziga yaqin kishilarga va 
yoshi, jinsidan qat’iy nazar, shu jumladan ota–onalariga, murojaat qilishda 
uning “sen” shaklidan foydalanishadi. Shuning uchun ham Yevropa 
mamlakatlarida murojaat qilishning “sen” shakli “siz” shakliga nisbatan 
keng tarqalgan. 
O’zbekistonda murojaat qilishning ikkala shakli ham ishlatilishiga 
qaramasdan uning “siz” shaklidan ko’proq foydalanishadi. O’zbekiston 
xizmat korxonalarida yoshi ulug’, obro’li, mansabdor hamda notanish 
kishilarga murojaat qilishda uning “siz” shaklidan keng qo’llaniladi. 


49 
Bundan tashqari shuni ta’kidlash kerakki, umuman Islom dini yosh 
bolalardan tashqari barcha tanish, o’ta yaqin va notanish kishilarga, 
ularning jinsi va yoshidan qat’iy nazar, “siz” deb murojaat qilishni taqozo 
qiladi; ayol kishilar esa hatto o’zidan 1 – 2 yosh erkaklarga, umuman 
erining barcha og’a–inilariga, hurmat yuzasidan hatto yosh bolalarga ham, 
“siz” deb murojaat qilishi kerak; ota–onalarga, tengqur va o’zidan katta 
notanish kishilarga “siz” deb murojaat qilmaslik o’ta hurmatsizlik, ya’ni 
surbetlik hisoblanadi. Umuman, O’zbekistonda mansabdor, obro’li 
kishilarga ularga qayerda va qachon murojaat qilinmasin, jinsi va 
yoshidan qat’iy nazar, “siz” deb murojaat qilishadi.
Respublika xizmat korxonalarida yevropacha etiket qoidalariga 
o’tishi natijasida hamkasb kishilarning bir–birlariga murojaat qilishida 
uning “sen” shakli o’zlaridan kichiklarga va tengqurlarga nisbatan keng 
qo’llanilib borilmoqda. 
Hozirgi vaqtda yevropacha etiket qoidalariga ko’ra xizmat 
korxonalari xodimlarining bir–birlariga nisbatan murojaat qilishning “siz” 
shaklidan “sen” shakliga o’tishning aniq bir belgisi yo’q. Lekin esdan 
chiqarmaslik kerakki, o’ziga yaqin kasbdoshlariga va tengqurlariga 
murojaat qilishning “siz” shaklidan “sen” shakliga o’tishni birinchi bo’lib 
yoshi kattalar o’zidan kichiklarga, rahbar xodimlar o’zlarining qo’lostida 
ishlaydigan tengqurlariga, ayol kishilar esa erkak kishilarga taklif qilishlari 
mumkin. Taklif qilishda ham juda ehtiyot bo’lish kerak, chunki taklif 
qabul qilinmasa, taklif qilgan kishi noqulay ahvolga tushib qolishi 
mumkin. Bundan tashqari yevropacha xalqaro etik qoidalarga ko’ra ruxsat 
so’ramasdan erkaklarga murojaat qilishning “siz” shaklidan “sen” shakliga 
o’tishga faqat ayol kishilarga huquq beriladi. 
Shu narsa esingizdan chiqmasinki, murojaat qilishning “siz” 
shaklidan “sen” shakliga o’tish juda ham oson. Lekin “siz” shakliga qayta 
o’tish madaniyatli biznesmen uchun juda ham ruhan qiyin bo’ladi. 
Shuning uchun ham orada bironta ko’ngilxiralik chiqsa ham xurmat qilib 
“siz” deb yurgan kishingizni, uni kamsitish yoki xo’rlash maqsadida, “sen” 
deyishga harakat qilmang, chunki “bu o’tar dunyo” deb bekorga 
aytilmagan, vaqt o’tadiyu, faqat o’rtada xafachilik qoladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin