a) Fazometr usuli. Bu usul YuK va PK chulg‘amining mos liniyaviy kuchlanishlari (yoki EYuK lari) orasidagi faza siljish burchagini fazometr () yordamida bevosita o‘lchashga asoslangan.
b) Voltmetr usuli. Bu usulda chulg‘amlarning liniyaviy kuchlanishlari (yoki EYuK lari) orasidagi siljish burchagi o‘lchanmaydi. Demak, u bilvosita usul bo‘lib, YK va PK chulg‘amlarning bir xil nomli uchlariaro kuchlanish (yoki EYuK) larni o‘lchashga asoslangan. Agar YY-0 ulanish guruhi tekshirilsa, YuK va PK chulg‘amlarning «A» va «a» uchlarini sim bilan ulab UBb va UCc kuchlanishlar o‘lchanadi. O‘lchangan kuchlanishlar quyidagi:
UVbUSsUab(kl–1) (3.1)
tenglamani qanoatlantirsa (bunda klUABUab – liniyaviy kuchlanishlarni transformatsiyalash koeffitsiyenti), ulanish guruhi YY – 0 ga mos keladi.
Boshqa guruhlar uchun esa quyidagi tenglamalar bo‘yicha tekshiriladi:
YY–6 guruh uchun– UBbUCcUab(kl 1), (3.2)
Y–11 guruh uchun–UBbUCcUab (3.3)
Y–5 guruh uchun– UBbUCcUab (3.4)
(24) tenglamalarda Uab va Uab – PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari.
Agar o‘lchangan kuchlanishlar keltirilgan formulalarni qanoatlantirmasa, demak, transformator chulg‘amlarining uchlari noto‘g‘ri belgilangan bo‘ladi.
с) Tajribaviy–grafik usuli. Transformatorning ulanish guruhini bu usulda aniqlash uchun YuK va PK chulg‘amlarning bir xil nomli (masalan, «A» va «a») qisqichlarini o‘zaro birlashtirib transformatorning YuK chulg‘amini simmetrik uch fazali kuchlanish manbaiga qo‘shilib, liniyaviy hamda UВb, UСс, UСb va UВс kuchlanishlari o‘lchanadi.
Olingan natijalar bo‘yicha tanlangan masshtabda YuK chulg‘amning liniyaviy kuchlanishlar teng tomonli uchburchagi quriladi. Bu uchburchakning B va C nuqtalaridan sirkul bilan UBb va UCb radiuslarida 2 ta yoy chizilsa, kesishgan nuqtalari ularning PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari uchburchagining «b» uchini hosil qiladi. Agar UCc va Ubc radiuslarida yoylar chizilsa, izlanayotgan uchburchakning «c» uchini beradi.
Sxemada «A» va «a» uchlar o‘zaro ulanganligidan ularning potensiallari bir xil bo‘ladi. Aniqlangan «a», «b», «c» nuqtalarni birlashtirib, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagi "abc" ni hosil qilamiz.
3.1-jadval
T/r
O‘lchangan qiymatlar
AB
Ab
Bb
Cb
Bc
cC
B
B
B
B
B
B
1
2
3
Agar yuqorida belgilangan qoidaga binoan YuK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining AB tomoni soatning 12 raqamiga yo‘naltirilsa, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining «ab» tomoni ulanish guruhini aniqlaydi.