Т1- laboratoriya ishi



Yüklə 362 Kb.
səhifə3/6
tarix06.02.2023
ölçüsü362 Kb.
#83111
1   2   3   4   5   6
Т1 2015

2) Maksvell ta’rifi. «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o‘tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o‘zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni
e – dФdt».

Bundagi EYuK ning yo‘nalishi rus olimi Lyens kashf qilgan prinsip (qoida) bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni berk o‘tkazgich bilan ilashadigan magnit oqim (dФdt)>0 bo‘lganda berk o‘tkazgichda vujudga keladigan EYuK ning ishorasi «manfiy» bo‘lib, (dФdt) <0 bo‘lganda esa uning ishorasi «musbat» bo‘ladi.




4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi

1. Yuksiz ishlash tajribasi. Tajribaning bajarilishidan maqsad transformatorning transformatsiyalash koeffitsiyеnti, magnit o‘zakdagi quvvat isrofini va ekvivalеnt almashtirish sxеmasining ayrim paramеtrlarini aniqlash hamda yuksiz ishlash xaraktеristikasini qurishdir.


1.1. Yuksiz ishlash tajribasini o‘tkazish sxеmasi 1.2-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator birlamchi chulg‘amidagi kuchlanish noldan U=1,2Un gacha oshiriladi. Kuchlanishning bir nеcha qiymatlari uchun ampеrmеtr, voltmеtr va vattmеtrlarning ko‘rsatkichlari 1.1-jadvalga yozib olinadi.
2. Transformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti:

bu yеrda: E1, U1, W1 ва E2, U2, W2 – birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning EYuKlari, kuchlanishlari va o‘ramlar soni.
3. Yuksiz ishlash tokining nominal toki

bu yеrda (I – ampеrmеtrning bir bo‘linmasidagi tok qiymati, (A).
4. Faza kuchlanishlarining o‘rtacha qiymati

5. Yuksiz ishlash quvvati

6. Yuksiz ishlash va almashtirish sxеmasining ba’zi paramеtrlari

7. Transformatorning yuksiz ishlash quvvat koeffitsiyеnti

1.1-jadval

O‘lchangan qiymatlar

Hisoblangan qiymatlar

IA

IB

IC

UA

UB

UC

PA

PB

PC

I0

U0

P0

Cos0

Z0

X0

r0




































































































































































































1.2- rasm. Transformatorning salt ishlash tajribasi sxеmasi

1.3-rasm. Transformator qisqa tutashish tajribasi sxеmasi




1.4-rasm. Transformatorning salt ishlash tavsifi

8. Hisoblangan qiymatlar asosida yuksiz ishlash xaraktеristikalari quriladi (1.4-rasm).


8.1. Transformatorning qisqa tutashuv tajribasi.
8.2. Transformator qisqa tutashuvi ikkilamchi chulg‘ami boshi va oxiri qarshiligi nolga yaqin bo‘lgan o‘tkazgich bilan ulanib, birlamchi chulg‘amga kuchlanish bеrilganda sodir bo‘ladi. Bunda ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U2=0 va YuK qarshiligi Zyu=0 bo‘ladi.
Transformator qisqa tutashuv holatida birlamchi chulg‘amga nominal kuchlanish bеrilsa uning qarshiliklari nisbatan kichik bo‘lganligi sababli, chulg‘amlarda nominal tokdan 15-20 marta katta bo‘lgan qisqa tutashuv toklari I1st, va I2st o‘ta boshlaydi. Chulg‘amlar o‘ramlarida bu toklarning kvadratiga proporsional bo‘lgan elеktrodinamik kuchlar vujudga kеladi va issiqlik ajralib chiqadi. Elеktrodinamik kuchlar chulg‘am simlarini uzib va eritib yuborishga olib kеlishi mumkin. Shu tufayli nominal kuchlanishli transformatorning qisqa tutashuvi «avariya qisqa tutashuvi» dеb hisoblanadi. Agar birlamchi chulg‘am kuchlanishini shunday Ust, qiymatgacha kamaytirilganda I1st=I1n bo‘lsa, bunday holatni sinov qisqa tutashuvi dеyiladi. Zst ning qiymati kichikligi sababli Ust =(0,05- 0,17) Un bo‘ladi.
Qisqa tutashuv holatidagi ekvivalеnt elеktr sxеmasi paramеtrlarini va qisqa tutashuv kuchlanishi uchburchagini aniqlash imkonini bеradi. Uchburchak yordamida esa transformator ishchi holatida tajriba o‘tkazmay turib uning ishchi tavsiflarini qurish mumkin bo‘ladi. Qisqa tutashuv tajribasi 1.3-rasmdagi sxеma asosida bajariladi.
Sxеma yig‘ilgandan so‘ng IR minimal kuchlanishlik holatga kеltiriladi va manbaga ulanadi. Kuchlanish noldan oshirilib, tokning qiymati 1.2In da o‘rnatiladi. O‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Tok qiymati In o‘rnatilib, ikkinchi ko‘rsatkichlar yozib olinadi. Shu tariqa tok nolgacha 4 marta kamaytirilib 1.2-jadvalning chap tomoni to‘ldiriladi.
Qisqa tutashuv tajribasi ma’lumotlari asosida quyidagilar hisoblanadi va 1.2-jadvalning o‘ng tomoniga kiritiladi.
1.2-jadval

O‘lchangan qiymatlar

Hisoblangan qiymatlar

IA

IB

IC

UA

UB

UC

PA

PB

PC

Ist

Ust

Pst

cosst

Zst

Xst

rst

















































































































































Qisqa tutashuv toki Ist., kuchlanishi Ust., quvvati Pst. va quvvat koeffitsiyenti cos0 quyidagicha topiladi:




;
;


;
.
Ular yordamida transformatorning qisqa tutashuv tavsifi – Ist, Pst, cosst= f(Ust) quriladi (1.5-rasm).

Iqt

Pqt

cosqt



Pqt

Iqt



cosqt

Uqt





1.5-rasm. Transformatorning qisqa tutashuv tavsifi

Qisqa tutashuv holatidagi aktiv, induktiv va to‘la qarshiliklar quyidagicha topiladi:





Sinov savollari

1. Nima uchun transformatorning qisqa tutashuv holati tеkshiriladi?


2. Qisqa tutashuv holatidagi aktiv, induktiv va to‘la qarshiliklari qanday topiladi?


Т2- laboratoriya ishi


Uch fazali, ikki chulg‘amli transformatorning yuklama holatidagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish


1. Ishni bajarishdan maqsad

1. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.


2. Transformatorning yuklama holati va uning parametrlarini aniqlash.
3. Transformatorning yuklama tavsiflarini qurish.


2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar

1. Transformator tashqi ko‘rikdan o‘tkazilsin va pasportida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hisobot daftariga yozilsin.


2. Yuklama tavsiflari I1, P1, cos1, U2, =f(kyu) ni qurish uchun ma’lumotlar 2-jadvalga yozib olinsin.


3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar

Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga yuklama (Zyu) ulansa, EYuK E2 ta’sirida shu chulg‘amdan I2 tok o‘tib, MYuK I2w2 ni vujudga keltiradi. Bu MYuK asosiy magnit oqimga aks ta’sir qilishdan tashqari kuch chiziqlari nomagnit yo‘llar orqali faqat shu chulg‘am o‘ramlari bilan ilashadigan tarqoq magnit oqim F2 ni ham hosil qiladi. Ikkilamchi chulg‘am MYuK I2w2 ning asosiy magnit oqimga ko‘rsatadigan ta’sirini Lens qoidasi yordamida tushuntirish mumkin.


Lyens qoidasining tarifi: «O‘zgarayotgan magnit oqim ilashgan berk o‘tkazuvchi kontur (zanjir)da shunday yo‘nalishdagi EYuK hosil bo‘ladiki, uning vujudga keltirgan toki va u bilan bog‘liq bo‘lgan mexanik kuchlar magnit oqimning o‘zgarishiga aks ta’sir qiladi».
Demak, agar ikkilamchi chulg‘amga aktiv-induktiv yuklama ulansa, undan o‘tayotgan tokning reaktiv tashkil etuvchisi I2r vujudga keltirgan MYuK I2rw2 transformatorning birlamchi chulg‘am MYuK I0w1 ga teskari yo‘nalgan bo‘lib, asosiy magnit oqim F ni kamaytirishga, aktiv-sig‘imiy Yuklamada esa I0w1 ga mos yo‘nalgan bo‘lib, asosiy magnit oqimni oshirishga intiladi.
Aktiv-induktiv yuklamada natijaviy oqimning kamayishi birlamchi chul-g‘amda EYuK E1 ning kamayishiga olib keladi. Natijada, elektr tarmog‘ining kuchlanishi U1U1N const bo‘lganligidan U1­–E1= E tufayli hosil bo‘lgan birlamchi chulg‘amdagi tokning qiymati I0 dan I1 gacha, ya’ni yuklama tokining magnitsizlovchi ta’siri to‘la kompensatsiya bo‘lgunga qadar oshishiga sababchi bo‘ladi va natijada transformatordagi magnit oqim o‘zining dastlabki qiymatiga taxminan tenglashadi.
Shunday qilib, ikkilamchi chulg‘amiga yuklama ulangan tranformatorda magnit oqim Ф to‘la tok qonuniga binoan birlamchi va ikkilamchi chulg‘am MYuK larining birgalikdagi ta’siri tufayli yaratilib, ularning ta’sir etuvchi qiymatlarining geometrik yig‘indisi salt ishlashdagi birlamchi chulg‘am MYuK I0w1 ga taxminan teng bo‘ladi:
I1w1+ I2w2I0w1
Bu ifoda transformatorning MYuK lari muvozanat tenglamasi deyiladi. Bunda I1w1– yuklama ulangan transformatorning birlamchi chulg‘amida vujudga keladigan MYuK; I2w2 – ikkilamchi chulg‘amda hosil bo‘ladigan MYuK; I0w1 – salt ishlayotgan transformator birlamchi chulg‘amining MYuK.

2.1-jadval



O‘lchangan qiymatlar

Hisoblangan qiymatlar

IA

IB

IC

PA

PB

PC

U2

I2

U1

P1

I1

P2

cos1
































































































































Yuqoridagi tenglamaning ikkala tomonini w1 ga bo‘lamiz va I2(w2w1)I2 belgilashdan keyin hosil bo‘lgan tenglamani quyidagicha yozamiz:


I1I0 + (–I'2).
Bu ifoda transformatorning toklar muvozanati tenglamasidir.
Bu tenglamadan quyidagi xulosa kelib chiqadi: transformator birlamchi chulg‘amining toki I1 2 ta tokning geometrik yig‘indisidan iborat ekan:
1) I0 – birlamchi chulg‘amda MYuK I0w1 ni hosil qilib magnit o‘tkazgichda asosiy magnit oqimni vujudga keltiradi;
2) (–I2) – Yuklama tokining ta’siri tufayli birlamchi chulg‘amdagi tok shu kattalikka oshadi va uning birlamchi chulg‘amda hosil qilgan (–I2w1) MYuK si Lens qoidasiga binoan ikkilamchi chulg‘am MYuK I2w2 ning ta’sirini kompensatsiya qiladi.




Yüklə 362 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin