Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə1/2
tarix24.09.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#147732
  1   2
1 Ekologiya 1-seminar uchun


Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar


Reja:

  1. Tabiat, jamiyat va inson. Tabiat va jamiyat munosabatlari evolyutsiyasi.

  2. Insonning ijtimoiy biologik mohiyati, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning nazariy asoslari.

  3. Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning tarixi.

  4. O'zbekistonda tabiatdan foydalanish tarixi


1. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiayatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi.
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib brogan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga olib keldi. Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib brogan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi. Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antripogen moddda va energuya almashinuvi, ya’ni xom-ashyolarni tabiatdan ortig‘I bilan olinishi va zararli chiqindi holiday atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rovijlanishida biogen, antropogen va texnogen bosqichlar ajratiladi.
2. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik shahar, sanoat markazlari, alohida tumanlarda mahalliy, Orolbo‘yi, Chernobilda mintaqaviy ekologik tang vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi, kislotali yomg‘irlar, cho‘llashish, Dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar umumsayyoraviy muammolar hisoblanadi. Yer yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko‘payishi global ekologik inqiroz havfining real ekanligi ko‘rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik muammolarni hal etish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa ekologik inqiroz muqarrardir.
Ekologiya deganda organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini o‘rganadigan biologik fan tushuniladi. Shuning bilan birga ekologiya deganda inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammolarini o‘rgatishga alohida ilmiy yondashish (ekologik ) ham tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish deganda hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni musaffo holiday saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalgam oshiriladigan mahalliy, davlat va halqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari mazmun va maqsadga ega bo‘lgan tushunchalardir. Ekologiya tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish, atrif tabiiy muhitni muhofaza qilish tushunchalari tabiatni muhofaza qilish tushunchasiga ma’nodoshdir.

Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin