3. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqalarni olishdan tashqari, tabiatdan olayotgan ne’matlarning holatiga ahamiyat bera boshlagan. Kishilar tabiiy hodisa va jarayonlarning sabablarini, ular o‘rtasidagi aloqalarni aniqlamoqchi bo‘lgan, albatta. Ishlab chiqarish qurollarining ancha takomillashgan turlari – o]q-yoy, murakkabroq baliq ovlash asboblari, qadimgi aholining tabiatan o‘zi uchun zarur bo‘lgan narsalarni ko‘proq olishga va hayvonlarni kengroq maydonda tutishga, ov qilishga imkon beradi. Bularning hammasi qadimgi kishilar jamoasi yashagan joyning tezda buzilishi, ozuqa kamayishiga olib kelgan.insonlar o‘zlarining hayotlari uchunmuhim tabiiy zahiralarni himoya qilish yuzasidan ba’zi choralarni ko‘ra boshlagan. Qimmatli hayvonlar, ov qilinadigan va yeyishga yaroqli yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan joylar muqadda deb e’lon qilinib, bu yerlarda ov qilish va o‘simliklarni terish man etilgan.
Quldorlik jamiyatida ham tabiatni muhofaza qilish buyicha choralar ko‘rilgan. Chunki ibtidiy-sinfiy jamiyatning deyarli hammasida qurg‘ochchilik bo‘lib, yerlarni sug‘ormasdan yashab bo‘lmas edi. Yog‘och-taxtalarga ehtiyoj katta bo‘lgani uchun, ularda o‘rmon daraxtlarini qo‘riqlash haqida qonunlar vujudga kela boshlagan. Masalan, Vavilon podshosi Hammurappi eramizdan avvalgi 1792-1750 yillar, bundan qariyb 4 ming yil oldin har doim yog‘ochga muhtoj bo‘lganidan o‘rmonlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rgan.
Feodalizm davrida dehqonchilik yaroqli yerlarni tubdan kengaytirish maqsadida Yevropadagi mamlakatlarda yoppasiga o‘rmonlar kesib y6uboriladi. Buning ustiga kemalar qurish uchun ko‘p miqdorda chinor, eman va boshqa qimmatli daraxtlar kesilgan. Shuni aytish kifoyaki, bitta kema qurish uchun 4000 dona eman kerak bo‘lgan. O‘rta asrlar tarixida Ispaniyaning g‘arbiy floti uchun yarim million eman daraxti kesilgan. Ana shu davrdan buyon 400 yil o‘tgan bo‘lsa ham Ispaniya hozirgacha o‘rmon xo‘jaligini tiklab olgani yo‘q.
Shunga qaramasdan feodalizm davrida TMQ aniqroq shakl oldi. O‘z yerlarida ov hayvonlarini saqlashdan manfaatdor feodallar ularni qo‘riqlash uchun qonunlar chiqara boshladilar. Har qanday qonunni buzgan kishi jazolanar edi.
4. Ko‘p yillar davomida hom ashyo bazasi bo‘lib kelgan O‘zbekistonda tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga kelib qolgan. Yer osti boyliklarini isrofgarchilik o‘zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga tushgan. Suv, havo, tuproq ifloslangan. Obikor yerlarda eroziya, cho‘lga aylanish, sho‘r bosish jaroyonlari tezlashgan. Yirik sanoat markazlari, katta shaharlarda murakkab ekologik vaziyat kuzatilmoqda. Orol dengizi, Orolbuyi muammolari yana ko‘plab ekologik qurbonlarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonda turli hastaliklarning ko‘payishi va atrof muhitning ifloslanishi o‘rtasida bevosita bog‘lanishlar kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda atrof muhitning ifloshlanishi va uning oqibatlari o‘ziga hos xususiyatlarga ega. Issiq iqlim sharoitida havo, suv, tuproq sifatining buzilishi insonlar sog‘ligiga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda yirik shaharlar va sanoat markazlari tog‘ oldida, tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi tufayli atmosfera havosi va boshqa komonentlarning ifloslanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plab ishlatilishi atrof muhit ifloshlanishining ortishiga olib kelgan. Inson ta‘sirining kuchayishi natijasida O‘zbekistondagi o‘simlik va hayvon turlari kamayib, noyob tabiat go‘shalari buzilmoqda. Umumiy soni 26 milliondan oshgan O‘zbekiston aholisi har yili o‘rta hisobda 350-400 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday sharoitda aholini zarur yashash muhiti va barcha kerakli mahsulotlar bilan ta‘minlash dolzarb va eng ustivor masala bo‘lib qolmoqda.