Marganesning birikmalari. Ikki valentli marganets birikmalari. Ikki valentli marganets tuzlari marganetsning suyultirilgan kislotalarda erishidan yoki marganetsning har xil tabbiy birikmalariga kislotalar ta’sir ettishidan hosil bo’ladi. Masalan, marganets (IV)-oksidga xlorid kislota ta’sir ettirib, xlorid ajratib olingandan keyin, qolgan eritmadan marganets (II)-xlorid MnCl2 och pushti kristallar holida kristallanadi. Ikki valentli marganetsning tuzlari qattiq holatda, odatda, pushti rangli bo’ladi; ularning eritmalari esa deyarli rangsiz.
Ikki valentli marganets tuzlari eritmalariga ishqorlar ta’sir ettirilsa, oq cho’kma – marganets (II)-gidroksid Mn(OH)2 hosil bo’ladi. Bu cho’kma kislotalarda oson eriydi, ammo ishqorlarda erimaydi, chunki marganets (II)-gidroksid faqat asoslik xossalariga ega. Bu cho’kma havoda tursa, tezda qorayib qoladi va oksidlanib, qo’ng’ir tusli marganets (IV)-gidroksid Mn(OH)4 ga aylanadi.
Marganets (II)-oksid MnO marganets oksidlari vodorod yordami bilan qaytarilganda yashil poroshok holida hosil bo’ladi.
Ishlatilish soxalari. Marganes, asosan, metallurgiya sanoatida ishlatiladi. Cho’yanni po’latga aylantirishda unga marganes qo’shilsa, cho’yandagi oltingugurt chiqib ketib, shlakka o’tadi. Agar marganes qo’shilmasa, oltingugurt po’latda qoladi po’latning mexanik xossalarini kuchli darajada pasaytirib yuboradi. Po’lat suyuqlantirib olishda toza marganetsdan emas, balki uning temir bilan hosil qilingan qotishmalari – ko’zgu cho’yan va ferromarganetsdan foydalaniladi. Temir rudalari bilan marganets rudalaridan iborat aralashma domna pechida ko’mir yordami bilan qaytarilganda ko’zgu cho’yan hosil bo’ladi, ko’zgu cho’yanda 10-25 % marganets mavjud. Tarkibida 80% gacha marganets bo’ladigan ferromarganets esa elektr pechlarida pirolyuzit va temir rudalaridan tayyorlanadi. Tarkibida 12-15% marganes bo’ladigan po’lat nihoyatda qattiq bo’lishi bilan birga, zarbga va ishqalanishga yaxshi chidaydi; bu po’lat maydalash mashinalari, temir yo’l relslarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Texnikada legirlangan (ya’ni boshqa metallar qo’shib suyultirilgan) po’latlar ham keng ishlatiladi, bunday po’latlarga, marganetsdan tashqari, qo’shimcha sifatida xrom bilan vanadiy ham aralashtiriladi. Elektrotexnikada manganin deb ataladigan qotishma katta ahamiyatga ega (bu qotishmada 83% mis, 13% marganets va 4% nikel bo’ladi); manganin simidan qarshilik g’altaklari tayyorlanadi, chunki bunday simning elektr o’tkazuvchanligi temperaturaning o’zgarishi bilan o’zgarmaydi desa bo’ladi. Olinishi. Olmaliq va Qizilqum konlarining mis va uran rudalari bilan bog’liq bo’lgan reniyning noyob zahiralari mavjud. Toza reniyning olinishi. Metallik reniy quyidagicha olinadi: 1) ishqoriy metallar va ammoniyning perrenatli tuzlarini vodorod gazi bilan tiklab mayin reniy kukunlarini olish mumkin (sanoat usuli). Bu borada ammoniy perrenatdan reniy olish afzalroq, chunki bu tuz vodorod bilan tiklanganda hech qanday qattiq qoʻshimchalarsiz sof metall hosil qiladi: 2NH4 ReO4 + 7H2 → 2Re + 2NH3↑ + 8H2O↑; 2) reniy oksidlarini, oksigalidlarini va sulfidlarini vodorod bilan tiklab reniy olish mumkin: Re2O7 + 7H2 → 2Re + 7H2O↑ ReS2 + 2H2 → Re + 2H2S↑; 3) kaliy perrenat eritmasini sulfat kislota ishtirokida elektroliz qilish yoʻli bilan ham metallik reniy olish mumkin: 4KReO4 + 2H2SO4 → 4Re + 2K2 SO4 + 7O2↑ + 2H2O. Reniyning asosiy manbai molibdenit kontsentratlarini qayta ishlash jarayonida olingan sulfat kislota (yoki nitrat-sulfat kislota) eritmalari va mis eritish zavodlarining sulfat kislota sexlari elektrostatik choʻktirgichlarining yuvish kislotalari eritmalari hisoblanadi.
Reniy bir necha oksid hosil qiladi, reniy oksidlari ichida eng barqarori va reniy uchun eng harakterlisi perrenat angidrid Re2O7 bo’lin, u sariq tusli qattiq moddadir. Perrenat angidridning suv bilan o’zaro ta’siri natijasida perrenat kislota HReO4 ning rangsiz eritmasi hosil bo’ladi, perrenat kislota bir qator tuzlar – perrenatlar hosil qiladi. Perrenat kislota va perrenatlar oksidlash xossalariga ega emas, ular shu bilan permanganat kislota va uning tuzlaridan farq qiladi.
Tabiatda tarqalishi. Reniy eng tarqoq elementlar qatoriga kiradi va mustaqil minerallar hosil qilmaydi. Molibdenning ba’zi rudalarida va boshqa nodir minerallarda oz miqdorda reniy bo’ladi. Yer po’stlog’idagi reniyning umumiy miqdori og’irlik jihatidan 0,0000001% ni tashkil etadi. Reniy 1925-yildagina topilgan edi, ammo uning tabiatda borligini D.I.Mendeleyev 1871-yilda oldindan aytgan va unga ekamarganets deb nom bergan edi.
Reniy. Kimyoviy formulasi Re. Z=75. Atom og’irligi 186,207. Elektron konfiguratsiyasi 5d5 6s2
Bundan tashqari, reniy kalsiy molibdati choʻktirilgandan soʻng (molibdenli sanoat mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida) va ammoniy tetramolibdat choʻktirilgandan keyin qoldiq eritmalar tarkibidan ajratib olinadi. Bunday eritmalarda 0,01-0,04 g/l reniy va 0,2-2 g/l molibden mavjud boʻladi. Ishlatilish soxalari. Metall holidagi reniy qiyin suyuqlanadigan element bo’lganligidan, elektrotexnika sanoati uchun katta ahamiyatga ega: elektr lampalarining volfram tolalariga reniy qoplansa, ularning mustahkamligi oshadi va ular ko’pga chidaydigan bo’lib qoladi. Reniy platina bilan qorishtirilgan holda termoelementlar tayyorlash uchun ishlatiladi, termoelementlar nihoyatda aniq asboblar bo’lib, 1900*C gacha bo’lgan temperaturalarni o’lchash uchun yaraydi. Reniy qotishmalaridan avtoruchkalar po’lat perolarining uchlari, kompas strelkalarining tayanch uchlari va boshqa detallar tayyorlanadi, chunki ular nihoyatda qattiq, kam yeyiladigan va korroziyaga yaxshi chidaydigan bo’lishi kerak. Reniy turli-tuman kimyoviy protsesslarda katalizator sifatida ham ishlatiladi.
Xossalari. Erkin holdagi reniy sirtqi ko’rinishi jihatidan platinaga o’xshash, zichligi 20,5 k\sm3 ga, suyuqlanish temperaturasi 3170*C ga teng bo’lgan oq metalldir. Suyultirilgan xlorid kislota va suyuqlantirishdan sulfat kislota reniyga ta’sir ettirmaydi; nitrat kislota reniyni eritadi va uni oksidlab, perrenat kislota HReO4 ga aylantiradi. Texnetsiy