Atom raqami
| |
43
| |
Ko’rinishi
|
Kulrang-jigarrang radiofaol
metall, kumushrang
|
Atom massasi
(molyar massasi)
|
97,9072m.a.b.(g/mol)
|
Atom radiusi
|
136 pm
|
Ionlanish energiyasi
(birinchi elektron)
|
702,2 (7,28) kJ/mol(eV)
|
Elektron konfiguratsiyasi
|
[Kr] 4d6 5s1
|
Atom xossasi
Kovalent radiusi
|
127 pm
|
Ion radiusi
|
(+7e)56 pm
|
Elektrmanfiyligi
|
1,9
|
Elektrod potensioali
|
0
|
Oksidlanish darajasi
|
-1 dan +7 gacha; eng barqarori +7
|
Kimyoviy xossalari
Zichlik
|
11,5 g/sm3
|
Solishtirma issiqligi
|
0,243 J/(K*mol)
|
Issiqlik o’tkazuvchanlik
|
50,6 Vt/(m*K)
|
Erish harorati
|
2445K
|
Erish issiqligi
|
23,8 kJ/mol
|
Qaynash harorati
|
5150 K
|
Qaynash issiqligi
|
585 kJ/mol
|
Molar hajm
|
8,5 sm3/mol
|
Termodinamik xossalari
Elektr jihatdan
Elektr jihatdan
|
O’tkazuvchan
|
Magnit ta’sir qiluvchi hajm
|
0,0003933
|
Solishtirma magnitlik ta’siri
|
0,0000000342 m3*kg(-1)
|
Molyar magnit ta’sirchanligi
|
0,000000003352 m3*mol(-1)
|
Elektrlanuvchanligi
|
1,9
|
Valentligi
|
7
|
Elektron energiyasi
|
53 kJ*m(-1)
|
Radiaktivlik
|
+
|
Yadroning samarali ta’sir
koeffitsienti
|
22
|
Modda holati
|
Qattiq
|
Agar kaliy permanganatning sulfat kislota qo’shilgan eritmasiga kaliy sulfid K2SO3 aralashtirilsa, suyuqlik deyarli rangsiz bo’lib qoladi, chunki ikki valentli marganetsning bu vaqtda hosil bo’ladigan tuzi och pushti ranglidir.
Sodir bo’ladigan reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
2KMnO4 + 5K2SO3+ 3H2SO4 = 2MnSO4 + 6K2SO4 + 3H2O
yoki ionli shaklda yozilsa, quyidagicha bo’ladi:
2MnO4’ + 5SO3” + 6H* = 2Mn** + 5SO4” + 3H2O
+VII +II
2 | Mn + 5e (darajasi -) = Mn
+IV +VI
5 | S – 2e (darajasi -) = S
Yetti valentli marganets kaliy permanganat bilan oksidlanganda qaytarilib, yoki to’rt valentli marganetsga aylanadi (bunda qaytarilish mahsuloti marganets qo’sh oksid bo’ladi) yoki ikki valentli marganetsga aylanadi (bu vaqtda ikki valentli marganets tuzlari hosil bo’ladi). Oksidlash harakteri bu protsessning qanday muhitda olib borilayotganiga bogliq bo’ladi. Kislotali muhitda yetti valentli marganets ikki valentli marganetsgacha, neytral yoki ishqoriy muhitda to’rt valentli marganetsgacha qaytariladi. Bu ikkala holni kaliy permanganat bilan sulfid kislota tuzlari orasida bo’ladigan reaksiyalarni kislotali eritmada ham, neytral eritmada ham amalga oshirish yo’li bilan yaqqol ko’rsatish mumkin.
Agar manganatning yashil eritmasi ochiq (havoda) qoldirilsa, uning rangi sekin asta o’zgaradi; eritma yashil tusdan ko’k tusga va nihoyat gunafsha (binafsha) tusga kiradi. Eritma rangining o’zgarishiga sabab shundayki, manganatlar suvda eritilganda o’z-o’zidan permanganatlarga, ya’ni permanganate kislota HMnO4 tuzlariga aylanadi, shu bilan bir vaqtda, marganets (IV)-oksid ham hosil bo’ladi.
Sodir bo’ladigan reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
3K2MnO4 + 2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH
manganat permanganat
Yoki, ionli shaklida yozilsa, quyidagicha bo’ladi:
3MnO4” + 2H2O = 2MnO4 + MnO2 + 4OH’
+VI +VII
2 | Mn – e (darajasi -) = Mn
+VI +IV
| Mn + 2e (darajasi -) = Mn
Bu reaksiya bitta MnO4” ionini ikkita xuddi shundey bionni oksidlab, MnO4” ionlariga aylantiradi, o’zi esa qaytarilib marganets qo’sh oksid MnO4 hosil qiladi.
Manganatning permanganatga aylanish protsessi qaytar protsessdir. Shuning uchun, gidroksil ionlari ko’p bo’lgan sharoitda manganatning yashil eritmasi uzoq vaqt o’zgarmay turishi mumkin. Agar eritmaga gidroksil ionlari bog’lovchi kislota qo’shilsa, eritmaning yashil rangi bir ondayoq to’q qizil tusga kiradi.
Manganat eritmasiga kuchli oksidlovchilar, masalan, xlor ta’sir ettirilsa, marganetsning hammasi olti valentli holatdan yetti valentli holatga o’tadi va shunday qilib, manganat batamom permanganatga-permanganat kislota tuziga aylanadi:
2K2MnO4 + Cl2 = 2KMnO4 = 2KCl
Kaliy permanganat KMnO4, amaliy jihatdan olganda, permanganat kislotaning eng muhim tuzidir. Kaliy permanganat go’zal, to’q binafsha (qora tusga yaqin)prizmalar holida kristallanadi, bu kristallar suvda o’rtacha darajada eriydi. Kaliy permanganat eritmalari to’q qizil tusda, juda konsentrlangan eritmalari esa gunafsha rangda bo’ladi, gunafsha yus MnO4 ionlariga xosdir. Kaliy permanganat, yetti valentli marganetsning boshqa hamma birikmalari kabi, kuchli oksidlash xossalariga ega. Kaliy permanganat ko’pgina organik moddlarni oksidlaydi, ikki valentli temir tuzlarini uch valentli temir tuzlariga, sulfid kislotani oksidlab, sulfat kislotaga aylantiradi, xlorid kislotadan xlorni ajratib chiqaradi va h.
Yetti valentli marganets kaliy permanganat bilan oksidlanganda qaytarilib, yoki to’rt valentli marganetsga aylanadi (bunda qaytarilish mahsuloti marganets qo’sh oksid bo’ladi) yoki ikki valentli marganetsga aylanadi (bu vaqtda ikki valentli marganets tuzlari hosil bo’ladi). Oksidlash harakteri bu protsessning qanday muhitda olib borilayotganiga bogliq bo’ladi. Kislotali muhitda yetti valentli marganets ikki valentli marganetsgacha, neytral yoki ishqoriy muhitda to’rt valentli marganetsgacha qaytariladi. Bu ikkala holni kaliy permanganat bilan sulfid kislota tuzlari orasida bo’ladigan reaksiyalarni kislotali eritmada ham, neytral eritmada ham amalga oshirish yo’li bilan yaqqol ko’rsatish mumkin.
Ikki valentli marganets tuzlari eritmalariga ishqorlar ta’sir ettirilsa, oq cho’kma – marganets (II)-gidroksid Mn(OH)2 hosil bo’ladi. Bu cho’kma kislotalarda oson eriydi, ammo ishqorlarda erimaydi, chunki marganets (II)-gidroksid faqat asoslik xossalariga ega. Bu cho’kma havoda tursa, tezda qorayib qoladi va oksidlanib, qo’ng’ir tusli marganets (IV)-gidroksid Mn(OH)4 ga aylanadi.
Marganets (II)-oksid MnO marganets oksidlari vodorod yordami bilan qaytarilganda yashil poroshok holida hosil bo’ladi.
To’rt valentli marganets birikmalari.
Marganetsning eng barqaror birikmasi marganets (IV)- oksid MnO2 hisoblanadi. Marganetsning tuban birikmalari oksidlanganda ham, marganetsning yuqori birikmalari qaytarilganda ham marganets (IV)-oksid oson hosil bo’ladi. Marganets (IV)-oksid o’z harakteri jihatidan amfoter oksiddir. Ammo uning kislotalik xossalari ham, asoslik xossalari ham nihoyatda zaifdir, uning tegishli tuzlari juda beqaror bo’ladi.
Marganets (IV)-oksid birmuncha aktiv oksidlovchidir. Xlorid kislotadan xlor ajratib olishda, quruq galvanik elementlar tayyorlashda va h.larda oksidlovchi sifatida marganets (IV)-oksid ishlatiladi. To’rt valentli marganets tuzlari, masalan, MnCl4, Mn(SO4)2, juda barqarordir.
Olti valentli va yetti valentli marganets birikmalari.
Agar marganets (IV)=oksid potash va selitra (oksidlovchi) qo’shib suyuqlantirilsa, yashil tusli qotishma hosil bo’ladi, bu qotishma suvda erib, yashil tusli go’zal eritma hosil qiladi. Bu eritmadan kaliy manganat K2MnO4 ning to’q yashil kristallarini ajratib olish mumkin; kaliy manganat hatto eritmada ham nihoyatda beqaror bo’lgan manganat kislota H2MnO4 ning tuzidir.
Kaliy manganatning hosil bo’lishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
+IV +V +VI +III
MnO2 + K2CO3 + KNO3 = K2MnO4 + KNO2 + CO2
Mavzu: Marganes , texnetsiy va reniy ishlatilish sohalari va qo’llanilishi.
1. Tabiatda tarqalishi.
2. Olinishi.
3. Fizik xossalari.
4. Kimyoviy xossalari.
5. Birikmalari.
6. Ishlatilish soxalari.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
Reja:
Dostları ilə paylaş: |