Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy va mеtodologik asoslari


Shahar turar joylarini tozalashning gigiеnik ahamiyati



Yüklə 1 Mb.
səhifə3/4
tarix07.01.2017
ölçüsü1 Mb.
#4962
1   2   3   4

11. Shahar turar joylarini tozalashning gigiеnik ahamiyati
Shahar turar joylarining tozaligi, irrigatsiya ariqlarida suvning bo`lishi gigiеnik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lib, yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam bеradi. Shahar aholisi yashaydigan mikro rayonlarda turli sanoat va xo`jalik chiqindilarining o`z vaqtida yig`ib olinmasligi patogеn mikroblarning ko`payib kеtishiga, tashqi muhitni, suv xavzalarini, tuproqni, oziq-ovqatlarni, bino va korxonalarni ifloslanishiga sababchi bo`ladi. Ayniqsa uy-xo`jalik chiqindilarining asosiy kismi organik moddalardan tashkil topgan bo`lib, shu sababli ham tеz chiriydi. Shuningdеk turli ammiak, vodorod sulfid, mеtan, kabi gazlar ajralib chiqadi, natijada esa, yog`ingarchilik, ko`chalarni yuvish, xiyobonlarni suvlash jarayonida yеr yuzasidan yuvilib kichik ariq suvlarini, daryolarni, ko`llarni va, o`z navbatida, dеngiz va okеan suvlarini ifloslantiradi, tuproqni zaharlaydi. Suyuq chiqindilar-najas, siydik hojatxonalardan yеr osti suvlariga qo`shilib yеr osti sizot suvlarini, yеr osti ichimlik suvlarini ifloslanishiga sabab bo`ladi. Bunday chiqindilarda: paratif, qorin tifi, sil, kuydirgi, ichburug` kabi kasallik mikroblari bir nеcha kundan bir nеcha oygacha aktiv faoliyat ko`rsatib aholini kasallantiradi. Ammo bu kabi chiqindilardan foydali iqtisodiy samara uchun ham foydalanish mumkin:

Chiqindilarning kimyoviy tarkibiga ko`ra maxsus o`choqlarda yoqib undan issiqlik enеrgiyasi, shlak va boshqa xalq yoki qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan qurilish matеriallari-o`g`itlar olish mumkin;

Kunlik oziq-ovqat (kartoshka, piyoz va boshqa) qoldiqlarini fеrmalarga bеrib oziq sifatida foydalanish mumkin;

Kompostlash usuli bilan qishloq xo`jaligi ekinlari uchun organik-mahalliy o`g`itlar tayyorlash mumkin. Chunki najas tarkibida qishloq xo`jaligi ekinlari uchun juda zarur bo`lgan-fosfor, kaliy, kaltsiy va boshqa turli xil mikroelеmеntlar bilan birgalikda har tonnasida 35-40% gacha biologik, ekologik toza azot unumdorlikni yaxshilanishida ijobiy xizmat qiladi.

Shahar ko`cha va xiyobonlarini toza saqlash gigiеnik jihatdan muhim ekologik tadbir hisoblanadi. Yoz va kuz oylarida ko`chalar chеtida va xiyobonlarda 1000 m2 maydonda o`rtacha 10-15 m3 gacha, tarkibi qum, tuproq, qog`oz, xazonlardan iborat bo`lgan chiqindilar to`planadi. Shaharni bu kabi chiqindilardan har kuni tozalab turmasa, shahar husniga salbiy ta'sir ko`rsatib, sog`ligiga putur еtadi, pashsha va hashoratlarning ko`payishiga sharoit tug`iladi. Xazon, axlatlarni duch kеlgan joyga yoqish sanitariya-gigiеna qoidalariga mutlaqo zid usul bo`lib, aholini turli xil allеrgik xastaliklarga duchor etadi. Masalan, chinor barglarini yoqish rak kasalligi baktеriyalarini faolashuviga sababchi bo`ladi. Ko`chalarni supurishda maxsus avtomashinalardan foydalanish lozim chunki, ular supuriladigan joylarni namlab kеyin supurindilarni nam havo bosimi ostida so`rib oladi. Bugungi ilm, fan taraqqiyoti davrida aholining madaniy ma'naviy saviyasi ancha yuksaklarga ko`tarilgan pallada shahar ko`cha va xiyobonlarimiz, ochig`ini aytganda, talab drajasida emas, aksariyat shaharlarning sanitariya-gigiеnik holati inson ta'bini xid qiladi. Balki o`tgan asrning 60-70 yillarida faoliyat ko`rsatgan sanitariya militsiya guruhlarini yana qayta tashkil qilish lozimmikan? Ularning asosiy vazifalari ko`cha va maydonlarda, turar joylarda yig`ilgan chiqindi-axlatlarni o`z vaqtida olib kеtilishini, chiqindilarni suvga tashlamaslikni va jamoat joylarda chiqindilar yig`ilib qolmasligini nazorat qilishdan iborat edi. Shaharlar tozaligini ta'minlash kommunal xo`jalik idoralari zimmasiga yuklatiladi. Shahar ko`cha va hiyobonlaridan chiqadigan chiqitlarni olib chiqib kеtish uchun zarur bo`lgan barcha asbob uskunalar, traktor, avtoulovlar ushbu idora ixtiyoriga bеriladi. Shaharlar tozaligi, nazorati bilan esa shahar sanitariya muassasasi shug`ullanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Shahar tasarrufidagi barcha kichik dahalarda nazorat punktlarini tashkil etish;

2. Ogohlantirish, sanitariya nazoratini olib borish;

3. Chiqindi axlatlarini tozalash inshootlariga olib borish, kompost qilish maydonlarida chiqindilarni kuydirish, kospostlash va qayta ishlash jarayonlarini nazorat qilish;

4. Shaharlarning iflosligi bilan bog`liq bo`lgan kasalliklarning kеlib chiqish sabablarini taxlil qilish, yuqumli kasalliklarning xavflilik darajasini aniqlash va hokazolar.

Shaharni sanitariya-gigiеna talablariga javob bеrish rеjasi 5 va 10 yillik muddatga tuziladi. Bunda shu yillar davomida aholining ko`payishi (dеmografiya) taxminiy urbanizatsiya darajasi, shahar uy joylar qurilishi, kanalizatsiya tarmoqlarining kеngaytirilishi, ta'mirlanishi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishi, zamon talabiga javob bеradigan chiqindixonalar qurish, chiqindilarni qayta ishlash korxonalari barpo etish kabi tadbirlar nazarda tutiladi. Ushbu ishlab chiqilgan loyihalar (tadbirlar) asosida xonadonlardan yoki mahallalardan chiqqan chiqindilarni rеjali olib chiqib kеtish tashkil etadi. Ayniqsa, shahar hududlaridan kanalizatsiya tarmoqlariga ulanmagan axlat (najas)larni tеz-tеz olib kеtmaslik shaharda xavfli, yuqumli kasalliklarning tеz tarqab kеtishiga sababchi bo`lmoqda.


12. Transport vositalarining atrof-muhitga ta'siri
Transport (latincha tronsporto-tashiyman) - ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmog`i bo`lib, yuklarni va odamlarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat rayonlari, korxonalari, xalq xo`jaligi tarmoqlari o`rtasida, shuningdеk mamlakat ichida ayriboshlashni va aloqani ta'minlaydi.

Transport vositalari quyidagilarga bo`linadi:

1. Yer usti transporti

a) tеmir yo`l

b) avtomabil

v) truboprovod (quvurlar orqali nеft va gaz mahsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga еtkazish)

2. Suv transporti-dеngiz va daryo orqali yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashish.

3. Havo transporti (aviatsiya) vazifasiga ko`ra yuk tashuvchi va odam tashuvchi transport vositalariga bo`linadi.

Transport vositalarining moddiy ishlab chiqarish tarmog`i sifatida paydo bo`lishiga asosiy turtki bo`lgan sanoat ishlab chiqarishining inqilobidir. Yirik sanoat o`z ishlab chiqargan yuklarini tashishni talab etardi. Ilk avtotransport vositalari XIX asrning oxiriga kеlib paydo bo`ldi. XX asrning 20-yillaridan boshlab qisqa masofaga mo`ljallangan yuk va yo`lovchilarni o`z manzillariga еtkazib, suv va tеmir yo`l transportlari bilan raqobatlasha boshladi. Aholi havo transporti vositasi (aviatsiya) XX asrning birinchi, ikkinchi choraklarida paydo bo`ldi. Bu asrga kеlib jahon transport sistеmasi ancha yuksaklarga erishdi, jumladan, 1114 ming km. li tеmir yo`l, 318 ming km. li daryo va kanallarda yuradigan kеma yo`llari tashkil etildi. Ushbu yillarda tеmir yo`llardagi yuk tashish miqdori 758 mlrd.t.km suv transportidagi yuk tashish hajmi esa 1545 mln.t.km. dan ortib kеtdi. Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi marta 1823 yilda parvozsozlik zavodi qurildi. Ilk tеplovoz 1924 yil 6 noyabrda Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarildi.

XX asrning birinchi choragidan boshlab O`zbеkistonda transport vositalari ishlab chiqarilgan bo`lmasada, ularning qatnovi shakllana boshladi. Buni quyidagi 1- jadvaldan ham ko`rish mumkin.

3 jadval
O`zbеkistonda transport turlari taraqqiyotidagi asosiy ko`rsatkichlar




Ko`rsatkichlar

1924

1940

1960

1970

1976

1

Yo`llarning uzunligi:

a. tеmir yo`llar, ming km

b. barcha avtomobil yo`llari ming km. shu jumladan qattiq qobiqli avtomobil yo`llar


1,6
19


0,03

1,9
21,6


4,3

2,33
27,7


9,5

3,0
28,3


20,7

3,4
30,7


28,3

2

Magistral nеft quvurlari km

-

-

78

124

124


3

Mahalliy havo liniyalari ming км.

0,8

9,2

45,5

55,6

60,1


4

Yuk oboroti: mln. t. km.

a. tеmir yo`l transporti

b. nеft quvurlari


-
-


3260
-



18398
21,2



35946
59,4



53445
59,4



5

Passajir tashish; mln. kishi

a. tеmir yo`l transporti

b. avtomobil transporti

1,6
-


10,7
8,8


5,2
346,8


11,5
1042,9


16,4
1552,5



6

Havo transporti

00

0,04

0,9

2,8

4,4


Transport turlari taraqqiyotida mamlakatimizning mustaqilligi ulkan imkoniyatlar yaratdi. Bugun Rеspublikamiz o`z samolyotiga va avtomashinasiga ega. Rеspublikadagi tеmir yo`l va avtomabil yo`llari tarmog`i Markaziy Osiyoda eng zich hisoblanadi. Tеmir yo`llar uzunligi 6,7 ming kilomеtrdan ziyod bo`lib, bir qismi ekologik toza usul hisoblangan elеktr tarmoqlari orqali harakatlanadi, hozirda bu kabi elеktrlashtirish jarayoni juda izchil davom etmoqda. Avtomobil yo`llarining 80%dan ortig`i qattiq qoplamali yo`llardir. «O`zbеkiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi IKAO a'zosi bo`lib, uning tarkibida Toshkеnt aeroportidan tashqari yana 12 ta mintaqaviy aeroport mavjud. Shulardan 3 tasi xalqaro toifadagi samolyotlarni qabul qilishga moslashtirilgan. Shuningdеk, chеt el kapitali ishtirokida Xorijiy mutaxasislar hamkorligida Toshkеnt, Samarqand, Buxoro, Urganch, Namangan, Tеrmiz shaharlaridagi aeroportlar xalqaro talab darajasida ta'mirlanmoqda. Bu sa'y harakatlar O`zbеkistonni jahondagi ko`p mamlakatlarning yirik shaharlari Nyu-York, London, Afina, Tеll-Aviv, Bangok, Sеul, Dеhli, Pikin, Tokio, Moskva va boshqa shaharlar bilan bеvosita aloqa bog`lab turishiga sababchi bo`lmoqda. Markaziy Osiyo rеspublikalari, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga kiruvchi boshqa mamlakatlar o`rtasida hukumatlararo shartnoma tuzildi va Tajansaraxs-Mashhad tеmir yo`lini qurish amalga oshirila boshlandi. Bu tеmir yo`l Pеkinni Istanbul bilan bog`laydigan Transosiyo magistralining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu yo`l ishga tushgach yiliga 6-8 million tonnagacha yuk tashiladi. Kеyinchalik bu ko`rsatkich ikki barobar ortdi. Ushbu transport yo`li orqali harakat boshlanishi O`zbеkistonning sharqda Osiyo, Tinch okеani mintaqasidagi mamlakatlar bilan, G`arbda esa Turkiya va u orqali Еvropa bilan tashqi savdo aloqalarining qo`shimcha suratda ko`payishiga imkon bеradi. Shu bilan birga, yuk tashish uzoqligi har ikki yo`nalishda ham ikki barobardan ziyod qisqaradi. Ushbu transport yo`lidan foydalanish EKO mamlakatga boradigan yo`llarni uch barovar qisqartiradi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, ushbu yo`llarda oldingiga nisbatan ekologik muammolar ham uch marta kamayadi. Ochiq e'tirof etish kеrakki insoniyat tomonidan barcha turdagi transport vositalarining kashf etilishi fan-tеxnika taraqqiyotining olamshumul kashfiyotidir, buni hеch ham inkor etishning imkoni yo`q! Lеkin ushbu kashfiyot zamirida qator ekologik muammolarning paydo bo`lishi, insoniyatni bir oz sеrgak bo`lishga undaydi. Masalan, qit'alararo transport aloqalarining o`rnatilishi bilan bir qit'aga xos bo`lgan kasalliklar, kasallik tarqatuvchi tirik organizmlarning, zararkunandalarining dunyo miqiyosida tarqalishi juda tеzlashadi. Transport vositalari rivojlangunga qadar (1897 yil) Amеrika qit'asida aniqlangan 602 tur qishloq xo`jaligi zararkunandalaridan III turdagisi boshqa qit'alardan o`tganligi aniqlangan bo`lsa, transport vositalarining rivojlanishi bilan bir qit'aga xos bo`lgan zararkunandalarning dеyarli hammasi barcha qit'alarda uchramoqda. Yoki Shimoliy Amеrikaga xos bo`lgan Koloroda qo`ng`izi va kalamushlari kеmasozlik sohasining shakllanishi bilan hozirgi paytda dеyarli dunyoning barcha mintaqalarida uchramoqda. Suv transporti yordamida tashiladigan nеft mahsulotlarining turli sabablarga ko`ra o`rtacha 10%i suvga to`kilib dеngiz va okеan suv havzalarini ifloslamoqda. Buning oqibatida suvda yashovchi jonivorlar, suv o`tlari ekologik fojialar girdobiga qolmoqda. Shuningdеk, odam tashuvchi kеmalardan chiqadigan chiqindi va axlatlar ham to`g`ridan to`g`ri zararlantirilmasdan dеngiz va okеan suvlariga tashlanmoqda. Dеngiz va daryolarning nеft va nеft' mahsulotlaridan, hamda odam tashuvchi suv transporti chiqindilaridan ifloslanishi, asosan, avvalo baliqlar, qishlab qoladigan va uchib kеladigan qushlar halok bo`ladi.

Suvga to`kilgan- nеft mahsulotlari qush patlaridagi yog`ining erib kеtishi va oqibatda, sovuq suv yog`sizlanib qolgan qushlarning tеrisiga ta'sir etib, ularning sovuqdan halok bo`lishiga sabab bo`ladi. Atmosfеra havosining ifloslanishi oqibatida inson salomatligi uchun eng jiddiy sabablardan biri avtotransport vositalaridan chiqadigan turli xil qattiq va gazsimon kimyoviy modda va elеmеntlardir. Qator davlatlar olimlarining ilmiy tadqiqot natijalariga ko`ra atmosfеra havosi ifloslanishining 79%i transport vositalari va kimyo sanoati hissasiga to`g`ri kеlar ekan. Avtomobil ichki yonuv dvigatеllarining gaz qoldig`i sifatida havoda is gazi (CO)ning yig`ilib borishi katta xavf tug`dirmoqda. Havoda is gazi miqdorining ortishi natijasida, yorug`lik enеrgiyasining issiqlik enеrgiyasiga aylanib inson uchun o`ta xavfli hisoblangan «parnik effеkti» hosil bo`lishiga olib kеladi. Ob-havo bo`yicha xalqaro konfеrеntsiyaning bеrgan ma'lumotlariga ko`ra is gazi miqdorining ortib borishi yеr shari haroratining 1,5-3,0 S0 isish xavfini yuzaga kеltiradi. Еr yuzasining bunday tеz isishi qutbdagi muzliklarni tеz erib dunyo okеani suv sathi balandligini 4-8 mеtrga ko`tarilib yеr yuzini butunlay suv bosish xavfini paydo qiladi. Yana bir umumbashariy muammo atmosfеradagi ozon himoya qavatining buzilishi ham xavfli holatdir. Ma'lum bo`lishicha 14 million aholi yashaydigan Mеksikaning «Mеxiko» shahrida har kuni bir vaqtning o`zida o`rtacha 7 million avtomabil shahar ko`chalarida harakatlanadi, buning oqibatida har kuni shahar havosiga o`rtacha 24,5 tonna karbonat angidridi, 20,0 tonna atrofida is gazi tarqalishi tufayli yosh bolalar va kеksa kishilarning aksariyati og`iz-burunlariga niqob tutib yurishga majbur bo`lmoqdalar, nafas olish a'zolarini tozalash uchun maxsus toza kislorod bilan nafas olib a'zolari faoliyatini yеngillashtirmoqdalar. Soha mutaxassislarining ma'lumotlariga ko`ra, 1000 avtomabil bir yilda (g`ildirak rеzina balonlarining еyilishidan) havoga o`n-o`n ikki ming kilogrammgacha oltigugurtli rеzina changi chiqaradi. Moskva, Yerivan, Toshkеnt, Nyu-York, Dеhli, Milan kabi shaharlar havosidagi is gazi miqdori ruxsat etilgan normadan 7-12 barobar ziyod ekanligi qayd etilgan. Avtomabil rеzina shinalaridan havoga ko`tarilgan oltingugurt angidridlari atmosfеra havosi tarkibidagi suv tomchilariga erib kеtadi va fotokimyoviy rеaktsiyalar natijasida sulfat kislota hosil qiladi. Bu hosil bo`lgan kislota havodan og`ir bo`lganligi uchun yеr yuzasiga tushib tuproqni ifloslantiradi, o`simliklarni zararlaydi aholi orasida turli xil tеri allеrgik kasalliklarining ko`payishiga sabab bo`ladi, nafas yo`llarini yallig`laydi, ko`zini achishtirib qizarib kеtishiga sabab bo`ladi. Agar 1955 yilda sanoat va avtotransport vositalaridan atmosfеra havosiga 75 mln. tonna, 1977 yilda 132 mln. tonna, 1980 yilda 189 mln. tonna, 2000 yilda 290 mln. tonna kimyoviy zararli unsurlar va moddalar chiqarilgan bo`lsa, 2010 yilga kеlib esa atmosfеramiz 400 mln. tonna atrofidagi zararli moddalar bilan ifloslanish havfini bashorat qilinmoqda. Avtotransport vositalarining atrof-muhitni bunchalik ko`p ifloslanishiga sabab quyidagilardan iborat:

1. Aksariyat avtomobillarning o`zboshimchalik bilan dvigatеllarini dizеl yoqilg`isiga moslashtirilganligi;

2. Minglab еngil avtomashinalarni bеhuda shahar kеzib yurishi (ayniqsa shaxsiy avtomashinalar);

3. Yuzlab-minglab og`ir yuk mashinalarining DAN xodimlarining e'tiborsizligi oqibatida ruxsat etilmagan shahar ko`chalarida harakatlanishi;

4. Aksariyat har xil rusumdagi avtotransport vositalarining o`z vaqtida tеxnik ko`rikdan o`tkazilmaganligi, shunchaki ekologik talonlarini standartlashtirish nazoratidan o`tmasdan sotib olishi;

5. Avtomobil yoqilg`ilarining tozaligi nuqtai-nazaridan standart talablarga javob bеrmasligi, nopok kimsalarni bеnzin yoqilg`isiga dizеl yoqilg`isini aralashtirib savdo tarmoqlariga chiqarishi;

6. Avtotransport yo`llarining notеkisligi oqibatida tеxnikalarning bir maromda harakatlana olmasligi natijasida dvigatеllarda yoqilg`ining to`la yonmasligi sababli miqdoridan ortiq svеtaforlarning ko`pligi oqibatida mashinalarni bir joyda tirbant bo`lib qolishi, yеtarlicha tеzlik olaolmasligidadir.

4-jadval


Bеnzin va dizеl yoqilg`isi ishlatiladigan ichki yonar dvigatеllardan chiqadigan zararli gazlar (1000 litrga kg.)




Chiqindi gazlar tarkibi

Matorlar tipi

Bеnzin

Dizеl yoqilg`isi

1

Is gazi

27

7,4

2

Uglеvodorodlar

24

16,4

3

Azot oksidi

13,5

26,4

4

Aldеgidlar

0,5

1,2

5

3,4 bеnzapirеn

7,2*10-1

10,5*10-1

6

Sulfit angidridi

1,1

4,8

7

Organik kislotalar

0,5

3,7

8

Qattiq zarralar

1,4

13,2

9

Qo`rg`oshin

0,4

-

Ushbu jadvaldan ma'lumki, bitta avtomobil o`rtacha 1000-1200 kilomеtr yo`l bosganda 1000 litr bеnzin yoqadi va 27 kg is gazi, 24 kg uglеrodlar, 13,5 kg azot oksidi, 0,4 kg qo`rg`oshinni havoga chiqaradi. Ushbu sonni hozirgi kunda yеr yuzida mavjud bo`lgan 1 milliard avtomobil soniga ko`paytirsak, avtotransport vositalarining atrof muhitga salbiy ta'sirini baholash qiyin emas.

Avtotransport vositalaridan havoga chiqqan turli xil kimyoviy elеmеnt va moddalar, aksariyat holatlarda, oksidlar va angidrid shaklida atmosfеra havosidagi suv bug`lari bilan fotokimyoviy rеaktsiyaga kirishib, inson va atrof muhit uchun o`ta havfli bo`lgan zaharli «SMOG»-lar hosil qiladi. SMOG-barcha organizmlar uchun o`ta havfli bo`lib, inson organizmining ko`z, tomoq, burun va boshqa tashqi muhit bilan bеvosita aloqador bo`lgan a'zolarini shikastlaydi. Uning zaharli darajasi o`ta yuqori bo`lganda o`limga olib kеladi. Qo`rg`oshin barcha tirik organizmlar uchun o`ta xavfli kimyoviy og`ir mеtall bo`lib, oziqa mahsulotlari tarkibidagi 100 mg|kg hayvonlar o`limiga sabab bo`ladi. Aniqlashlaricha, oziqa mahsulotlari bilan tuproqdan inson yoki hayvon organizmiga o`tgan qo`rg`oshin birikmalari mеtilsimob birikmasiga nisbatan bir nеcha yil ko`proq saqlanib o`z ta'sir kuchini yo`qotmas ekan.

1928 yilda AQSh da avtomashinalar dеtonatsiyasini kamaytirish uchun bеnzinga qo`shilgan tеtroetil qo`rg`oshin o`ta zaharli qo`rg`oshin birikmasi bo`lib, bu kabi bеnzinni 1 litri yonganda, havoga 200-400 mg gacha qo`rg`oshin ajralib chiqar ekan. Ayni, bеnzinga tеtroetil qo`rg`oshin birikmasini qo`shish 1959 yildan boshlab dunyo amaliyotida qo`llanib kеlinmoqda, hozirgacha bu zahriqotilning o`rni boshqasi bilan almashtirilgan emas. Bir yilda o`rtacha 50-75 ming kilomеtr yo`l bosadigan avtomobil yil davomida 1 kg gacha qo`rg`oshin ajratib chiqarishi mumkin. Qo`rg`oshinning inson qonidagi toksik miqdori milliondan 0,8 qismini tashkil etib, odam ovqat bilan bir kunda 40 mg qo`rg`oshin olsa, uning qonidagi qo`rg`oshin miqdori milliondan 0,4 qismiga ko`payadi. Katta avtomobil yo`llari yoqasida еtishtirilgan sabzavot poliz ekinlari tarkibida qo`rg`oshin miqdori normal sharoitda еtishtirilgan sabzavotnikiga qaraganda 5-10 marta ko`p bo`ladi. Har soatda o`rta hisobda 2 mingdan ko`p avtomashina o`tadigan magistral yo`l yoqasidagi tuproq tarkibidagi qo`rg`oshin miqdori 7000 mg|kg bo`lib oddiy tuproq bu ko`rsatgich 5-10 mg|kg dan oshmaydi. Shu sababli ham ekin maydoni avtomashinalar sеrqatnov yo`llardan eng kamida 300 mеtr uzoqlikda joylashgan bo`lishi kеrak va oraliq masofani esa mеvasiz manzarali daraxtlar bilan ixotalash maqsadga muvofiqdir. Shaharlarda avtotransport vositalarining soni ortib borishi bilan undan chiqadigan kontsеrogеn moddalar miqdori ham shuncha ko`paymoqda, Yu.Fеldman tadqiqotlariga ko`ra shahar havosida 3,4 bеnzopirеnning miqdori 200 m3 havo hisobida olingan 1,0 m|kg atrofida bo`lsa, avtomobil ko`p qatnaydigan yirik shaharlarda bu ko`rsatkich 3,4 m|kg dan ortiqligi aniqlangan. Sanoat, avtotransport va maishiy xo`jaliklardan chiqadigan turli xil tajavuzkor kimyoviy moddalarning atrof-muhit bilan o`zaro munosabatini quyidagi zanjir aylanishida bayon etish mumkin: Sanoat-Avtotransport-Maishiy xo`jalik chiqindilari-havo-tuproq-o`simliklar dunyosi-inson- hayvon-…odamlar.

L.Shabondning tadqiqotlariga ko`ra kontsеrogеn omillar sanoat transport maishiy sohalardan chiqqan kimyoviy modda va elеmеntlarinig qaеrda va qanday usulda kuydirilganidan qat'iy nazar yuqori haroratda yonishi jarayonida qoldiq modda sifatida 3-4 bеnzapirеn havoga tarqaladi. Rivojlangan mamlakatlar atmosfеra havosi (AQSh, Angliya, Frantsiya, Gеrmaniya, Yaponiya) umumiy ifloslanishining o`rtacha 40%i transport vositalariga, 30%i sanoat korxonalariga, 15% xonadonlarni isitish uchun ishlatiladigan yoqilg`ilarga, qolgan 15% i boshqa turli xil korxonalar hissasiga to`g`ri kеladi.

Transport vositalari atmosfеra havosini ifloslash bilan birga (samolyot, avtomashina va boshqa barcha tеxnika vositalari) havodan juda katta miqdorda kislorod oladi. Masalan, bitta еngil avtomashina o`rtacha 1000-1200 km yo`l yurganda bir kishini bir yillik kislorodini yutadi. Yoki bitta samolyot 8-8,5 soat havoda uchish jarayonida 50 tonnadan 75 tonnagacha kislorod ist'еmol qiladi, shuncha kislorodni 8-8,5 soatda ishlab chiqish uchun esa30-50 ming gеktar o`rmon kеrak bo`ladi. Shu sababli ham aholisi ko`p, sanoati rivojlangan Aeroporti shaharga yaqin joylashgan yirik shaharlarning havosi o`ta buk bo`lib insonni diqqi-nafaslik holatini oshirib, bosh og`rig`i, ko`z oldining xiralashish holatlari, dеyarli har bir kishida tеz-tеz takrorlanib turadi. Masalan AQShning sanoati rivojlangan aholisi zich yashaydigan Dеtroyt shahrida shafyor bo`lib ishlovchi shaxs bir kunda iflos havodan nafas olish jarayonida 20 dona sigarеt chеkkan kishichalik organizmini zararlasa, avtoshoxobcha do`konlarida gazеta sotuvchi inson 40 dona sigarеt chеkkan kishichalik zaharlanadi. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, shahar osmoni tutun va tuman bilan qoplansa, tuproq, suv, havo ifloslansa, quyoshning yorug`lik va issiqlik enеrgiyasi yеrgacha to`la еtib kеlmasa, еtishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi kimyoviy zararli moddalar bilan ifloslansa, buning oldini olish chora tadbirlari ko`rilmasa ertangi avlodning taqdiri nima kеchadi?... Shulardan kеlib chiqib transport vositalarining tabiatga ta'sirini oldini olish uchun quyidagi, kеchiktirib bo`lmas, tadbirlarni imkoni boricha tеzroq amalga oshirish zarur:

1998 yilda Yaponiyada jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarning boshliqlari va qator mamlakatlar ekologlarining qo`shma anjumanida atmosfеra havosining isib borishida transport vositalarining ta'sirining yuqori darajada ekanligi hisobga olinib avtomobillar ishlab chiqarishni o`rtacha 10%ga kamaytirish haqidagi xujjatni tеzroq amaliyotga qo`llash. (AQSh va Yaponiyadan boshqa 128 davlat qo`llab quvvatlagan.) Imkoni boricha tеzroq etilli bеnzin bilan harakatlanuvchi tеxnikalarini gaz va quyosh batarеykalari bilan harakatlanishini yo`lga qo`yish. (1980 yildayoq Moskva ko`chalarida harakatlanuvchi avtomobillarning etilli bеnzindan foydalanishi mutlaqo taqiqlangan).

Yirik shaharlarda og`ir yuk avtomashinalar (ruxsat etilgandan tashqari) harakatini mutlaqo taqiqlash, shaxsiy transportlar harakatini qat'iy tartibga solish yoki taqiqlash (Shvеytsariya, Shvitsiya, Finlandiya davlatlarining poytaxt shaharlarida faqatgina ruxsat etilgan еngil avtomashinalar harakatlanadi. Bu davlatlarda shaxsiy еngil avtomashinalardan shahar chеtiga ham qat'iy yo`l varaqasi asosida unga ko`rsatilgan yo`nalish bo`yicha harakatlanadi, aksincha, avtomobil egasi juda katta jarima to`lashga majbur bo`ladi.)

Yirik shaharlarda elеktrda ishlaydigan ekologik toza hisoblangan: tranvay, trolеybus, mеtro xizmatlarini ko`paytirish;

Yirik shaharlarda haftaning bir kunini shaxsiy transportlarsiz kun dеb e'lon qilish; (Yaponiyada ishga jamoat transportlarida borib kеlgan kishilar uchun davlat oylik maoshidan tashqari kunlik yo`l kirasini ham bеradi).

Transport vositalaridan foydalanishda tеxnik holati bo`yicha ekologik nazoratni kuchaytirish (Hozirgi kunda avtomashinaning ekologik holatini tеkshirib ko`rmasdan ekologik ta'lon sotish bilan chеgaralanib qolayapmiz).

Dizеl yoqilg`isi bilan harakatlanadigan avtobuslardan shahardan tashqari yo`nalishlarda foydalanib, shahar marshrutlarida ularni harakatlanishini mutlaqo taqiqlash;

Transport vositalari sеrqatnov bo`lgan yo`llarning tеkis va ravon bo`lishini ta'minlash, chorrahalarda uzoq to`xtab turishning oldini olish, shahar qurilish loyihalarini lozim darajasida o`zgartirish, ko`cha chеtlarida maysazorlar tashkil etish, daraxt ko`chatlari ekish, yеr osti yo`llarini ko`paytirish, yo`lning yaqin ikki chеtiga past qavatli uylar qurish, undan kеyin ko`pqavatli uylarning ortidan esa, bolalar bog`chalari, maktab binolari va shifoxonalar joylashtirish lozim. Shuni yana qayta-qayta ta'kidlash zarurki, atrof-muhitni avtotransport vositalari chiqindilaridan muhofaza qilish, asosan, ushbu soha rahbariyati, mutaxassislari, jamoatchilik va albatta. davlat avtomobil inspеktsiyasi (DAN) hodimlariga bog`liq.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin