Tabiatunoslik va uni o‘qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/37
tarix12.10.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#154242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Tabiatshunoslik 4-kurs TO\'M majmua sirtqi

Ekspert guruhi raisi: ___________ PhD M.Qo‘ldasheva
A’zolar: ____________ M.Shermatova
____________ F.Husanova
Kafedra mudiri:____________ PhD., dots D.Muminova


MUNDARIJA:
1. Ma’ruza mashg‘ulotlari....................................................................
2. Amaliy mashg‘ulotlar........................................................................
3. Seminar mashg‘ulotlari.......................................................................
4. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari...........................................................
5. Glossariy.............................................................................................
6. Ilovalar................................................................................................
-namunaviy fan dasturi………………………….
- ishchi fan dasturi…………………………………………………..
- testlar…………………..…………………………………….…….
- baholash mezonlari…..………………………………………….…
7. O‘UMning elektron varianti……………………………………….
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
7-semestr uchun


1-mavzu. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi pedagogik fan. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi sohasidagi tadqiqot metodlari
REJA:
1. Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasining predmeti, maqsad, vazifalari. 2.Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasining pedagogika predmeti sifatida ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari;
3. Ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati

Xar bir fanning maqsad va vazifasi bo’lganidek tabiatshunoslik faning maqsad va vazifasi bizning qamrab turgan atrof olamni yaxshi bilishni uniga mehr-muhabbat ko’zi bilan qarashni talab etadi. Bu fanni o’qish davomida talabalar fan yutuqlari ularni zamonga bog’lash va ekologiya, yer, suv, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishadi va fanning qadimgi markazlari to’g’risida bilimga ega bo’ladi. Markaziy Osiyo, qadimgi Gresiya va Rimda yashagan olimlarning fikrlaridan bahramand bo’lishadi.


Insonni o’zi yashab turgan dunyoni bilish va o’rganish masalasi juda qadimdan qiziqtirib kelgan. Darhaqiqat, bizni o’rab turgan havo qatlami, oyog’imiz ostidagi yer, tirikligimiz asosi havo, butun borliqning hayot manbai Quyosh, Koinot, yulduz, o’simlik va hayvonot dunyosi juda ham qiziqarliligi bilan e’tiborni tortmay qolmaydi. Shu bois borliq olam va undagi tirik organizmlar, bu organizmlarning yashash tarzi, oziqlanish, ko’payish tartiblari, odamning paydo bo’lishi, atom molekulalari, hujayra, bir hujayrali organizmlar va ularning shaklanishi fanda alohida ahamiyatga ega.
XIX asrga kelib, fanning taraqqiyoti o’ta jadallashdi, u qator bo’limlarga, shuningdek, gumanitar va tabeiy fanlarga bo’lindi. Tabiatshunoslik fanlar barcha fanlarning boshlang’ich nuqtasi bo’lib, u dunyoning boshlanishidan hozirgacha bo’lgan jarayonlarni insonga bog’liq holda emas balki tabiatshunoslik ravishda rivojlanishini o’rgatadi.
“Tabiatshunoslik fan” fani ta’lim tizimida yangi fan bo’lib, qator tabiatshunoslik fanlarni o’z ichiga oladi.
Ushbu fan, ijtimoiy gumanitar sohalardagi talabalarga biz yashab turgan organik olam va tabiatning bir butunligining tirik organizmlar va jismlarning o’zaro bog’liqligini, aloqasini tabiatshunoslik fanlar vositasida o’rgatadi.
Gumanitar fanlarni tabiatshunoslik fanlarga bog’lab, yashab turgan dunyomizdagi bog’liqlikni talabalarga o’rgatish ularning tabiatshunoslik- ijtimoiy ongini boyitadi deb o’ylaymiz.
Hozirgi zamon tabiatshunoslik fanlarini o’rganishda nimalarga e’tibor qaratiladi? Ma’lumki bunda avvalo tabiatshunoslik, biologiya, botanika, ekologiya, astronomiya va boshqa fanlarni o’rganishga ahamiyat beriladi.
Ko’p qirrali bo’lgani uchun ham bu fandan dars berish o’qituvchidan katta bilim va izlanishni talab qiladi. Har bir mavzuni bayon qilishda ham, unga aloqador turli misol va nazariy tushunchalar, tajribalar hamda voqelikni yetkazishda ham tegishli sohalardagi buyuk olimlarning fikrlariga tayaniladi.
Ta’kidlash kerakki, hayotimizdagi ko’p narsalar ilmiy uslubga asoslangan. Turmush tarzimizda va ish faoliyatimizda bilib-bilmagan holda ilmga asoslanib yashaymiz. Qolaversa, faoliyatimizning ko’p tomonlari ilm bilan bog’liq. Har bir insonga tabiatshunoslik fanlar u yoki bu darajada kerak.
Bugungi talaba faqat ijtimoiy gumanitar fanlar bilan cheklanib qolmasligi kerak. aks holda dunyoning rivojlanishini va voqelikni ijtimoiy, falsafiy jihatdangina anglaydi. Dunyoviy fanlarni yaxshi o’rganish uchun gumanitar va tabiatshunoslik fanlarni bir-biriga bog’liq holda o’rganish lozim. Bu vazifani ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan-Tabiatshunoslik fan fani bajaradi. Bu fan tabiatshunoslik va gumanitar fanlarning bir-biri bilan chambarchas bog’liqligini, biz yashab turgan olamni o’rganishdagi, bilishdagi ahamiyatini, bu haqda umumiy tushuncha berish uchun xizmat qiladi.
Tabiatshunoslik fanlar yerda odamzot paydo bo’lishi bilan birga rivojlanib, katta yo’nalish hosil qildi. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik kerak-ki, bu fanlar insonlar ishtiroksiz ham rivojlana oladi.
Tabiatshunoslik fanlarning rivojlanishi texnika olamini juda katta yutuqlar bilan boyitdi. Ulkan samolyotlar, tezyurar, baquvvat suv osti atom kemalari yaratildi, kosmosni o’rganish, kosmosdan turib yer shari bo’ylab kuzatishlar olib borish, megadunyoni kuzatish yo’lga qo’yildi, oyga odamning qo’nishi va hokazolar shular jumlasidandir.
Ming yillar davomida tabiat va jamiyatni o’rganish bo’yicha bitta fan naturfalsafa fani mavjud bo’ldi. Natur-tabiat so’zini anglatsa, grekcha Phileo- sevaman va Sophia-donishmandlik ma’nosini bildiradi.
Tabiat-so’zi tabiatni yoki tabiat haqidagi fanni o’rganishni bildiradi. Bu so’zlar asosida “Naturfilosofiya” yoki “Tabiatfalsafasi” degan so’z bo’lib chiqadi.
Tabiatshunoslik-tabiatdagi turli hodisa va jarayonlarni obyektiv bilimlarning rivojlanishini va uni insonning ta’sir kuchi bilan tizimga soladi. Tabiatshunoslikda kuzatish, tajriba o’tkazish yordamida fanlarni o’rganadi, uning natijasi dunyoning tabiatshunoslik-ilmiy ko’rinishini ilmiy bilimlarni bir tizimga soladi.
Tabiatshunoslikning maqsadi-tabiatdagi hodisa va jarayonlarni, o’rganadi, tahlil qiladi va aniqlaydi.
Haqiqatni bilish uchun his qilishning ahamiyati va idrok qilish murakkab falsafiy savoldir.
Fanda haqiqiy deb hisoblangan narsalar yoki ma’lumotlar tajriba natijasida qayta ko’rib isbotlanadi.
Tabiatshunoslikning asosiy qoidalari tabiat iqlimini emperik kuzatuvdan o’tkazishdir.
Tabiatshunoslikni ongli ravishda organik va noorganikka bo’lamiz, aslida, tabiatdagi narsalar tirik va notirikka bo’linadi. Tabiatshunoslikda quyidagi zanjir hosil bo’ladi.
Fizika ximiya noorganik (notirik tabiat) organic (tirik tabiat) biologiya.
Tabiatdagi hodisalar quyidagi tartibda boradi: Astronomiya, Geologiya, Tabiatshunoslik, Biologiya.
Bu fanlar tabiatshunoslikning poydevori bo’lib hisoblanadi, ammo bugun yangi-yangi fan bo’g’imlari paydo bo’lmoqda, shunday yangi bo’g’im-psixologiya fani hisoblanadi, unda ko’pgina tushunchalar aql, ong bilan idrok etiladi.
Tabiatshunoslikning uchta bosh yo’nalishi bor.
Juda katta, kengni o’rganish
Juda kichkinani o’rganish
Juda murakkabni o’rganish
Juda kattani astronomiya fani o’rganadi, astronomik asboblar yordamida Borliqni o’rganib, bizni nima kutayapti, biz Borliq bilan birgamizmi yo’qmi va boshqa savollarga javob topishga xarakat qiladi.
Juda kichkinani fizika o’rganadi. Atomlar va zarralar dunyosi, tuzilishi, xodisalar, kuch, saqlanish qonuni va boshqalar.
Juda murakkabni biologiya fani o’rganadi, tirik xujayralar, kimyoviy elementlar, ko’p xujayralilar, genetika tafakkur tirik va atomlar dunyosidagi bog’lanish, kosmosning ta’siri va boshqalar.
“Tabiatshunoslik fan” fanini o’rganar ekanmiz, avvalo, u qanaqa fan, qachon va qanday paydo bo’lgan, uning tarixi, tarkibi va rivojlanish jarayoni qanday bormoqda, degan savollarga javob izlaymiz. Ustiga ustak bu jarayonda qadimgi zamon fani, o’rta asrlar fani, hozirgi zamon fani, Sharq va G’arb olimlarining fandagi xizmatlari, ijtimoiy, falsafiy va tabiatshunoslik qarashlari, borliqning va odamning paydo bo’lishiga oid bir-biriga zid fikrlarga duch kelamiz. O’qituvchi bunday paytda talabalarga bu boradagi ijobiy fikrlarini yetkazishi, ular orasida o’zaro qizg’in bahs olib borilishiga turtki berishi, uni asosli fikrlarga tayangan holda o’zi xulosalashi zarur.
Mashg’ulotlar davomida talabalarga, dastlabki ilm-fan xususida aniq fikrlar bayon etilgan “Avesto”ni va undagi ilmiy tushunchalar, yunon, grek va italiya olimlari, VIII asrdan boshlab Markaziy Osiyolik olimlar, Temur va temuriylar, Bobur va boburiylar davri, o’rta asrlarda Yevropa olimlari hamda XIX-XX asrlardagi fan darg’alari, ularning tabiatshunoslik fanlar rivojiga qo’shgan hissalari haqida ma’lumotlar beriladi.
Fanning vazifasi yashab turgan dunyomizda voqelik to’g’risidagi amaliy bilimlarni o’rganish, ushbu voqelikni kuzatish va bu jarayonda olingan natijalarni ilmiy jihatdan bir tizimga solishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanning maqsadi-amaliy fanlarda empirik kuzatishlar orqali inson tafakkuri doirasidagi bilimlarni o’rganish, aniq xulosalar chiqarish va ilmiy xulosalardan insonlarning ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash yo’lida foydalanish. Bu boradagi hamma ilmiy xulosalar insonning yaxshi yashashi, sog’lom va uzoq umr ko’rishi uchun xizmat qilishi lozim.
Fan o’rganadigan obyekt- bu boradagi izlanishlarning yo’nalishi hisoblanadi. Chunonchi, uning uchun tabiat, jamiyat, odamlar, texnika, madaniyat, ba’zan nisbiy tarzda fanning o’zi ham o’rganish obyekti bo’lishi mumkin.
O’rganishga ajratilgan obyektning alohida bir tomoni fanning predmeti sanaladi. Masalan tabiatning o’zi fizik, ekologik, astronomik, biologik nuqtai-nazardan o’rganish obyekti bo’lishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki bu fanlardan har birining o’rganish predmeti boshqa-boshqa. binobarin ulardan har birini tabiatning shu fanga xos tomonlarigina qiziqtiradi.
Barcha fanlar kabi “Tabiatshunoslik” fanining fanining rivojlanish jarayoni 6 bosqichga bo’linadi.
1-bosqich. Eramizgacha bo’lgan 8-6 asrlarni o’z ichiga oladi. “Tabiatshunoslik” fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan barcha fikrlarni inkor qilgan holda “Avesto” ma’lumotlariga asoslanib, “Avestoni” astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo’jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi bo’lib yozib qoldirilganini bilamiz. “Avesto” faqat diniy tushunchalar haqidagi bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari yozilgan manba hamdir.
Biz “Avesto” haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum bo’lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojlanishini Gretsiyadan boshlangan, deb ishonardik. Ammo Yer yuzi bo’ylab, ayniqsa Yevropada “Avesto”shunos olimlar paydo bo’lib, ular grek-yunon olimlari tabiatshunoslik fanlar haqida dastlabki ilmni “Avesto”dan ko’chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o’zlariniki qilib o’zlashtirib olganlarini yozib qoldirganidan so’ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga haqlimiz. Bu o’rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo’lgan IV asrdan emas, balki VIII- asrdan boshlangan. Hali bu borada ko’pgina fikrlar aytilishi aniq.
2-bosqich. Eramizgacha bo’lgan 5-1 asrlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, «Tabiatshunoslik» fani yoki dunyoviy fanlar haqidagi ilmiy tasavvur va kuzatishlar Gretsiyada rivojlandi. Grek olimlari «Tabiatshunoslik» faniga ilmiy asos soldilar. Eramizgacha bo’lgan IV asrda Aristotel, Platon Yevdoks, Knidskiy, Ptolomey dunyoning geomarkazini tuzdilar, Empedokl, sababsiz hech narcha hosil bo’lmasligini va hech narsa izsiz yo’qolib ketmasligini aytdi.
Levkinn, Demokrit, Epikur dunyoning atomlardan tuzilganligi haqida farazni bildirishdi. Pifagor dunyoning Sharsimon ekanligini, Eratosfen esa yerning radiusini aniqladi, Giparx yerdan Oygacha bo’lgan masofani o’lchadi. Aristarx Samosskiy, Eratosfen, Gipparx, Arximed va Ptolomeylar birinchi bo’lib yulduzlar bizdan juda olisda ekanligini ma’lum qilishdi, yerdan yulduzlargacha, yerdan qo’yoshgacha bo’lgan masofalarni o’lchashdi.
Ptolomey yerning dumaloqligini isbotlaydigan geografik karta tuzdi, Aristotel esa anatomiya, botanika, sistematika va hayvonlar embriologiyasini ilmiy asosladi.
Galen va Gippokrat kasalliklarning kelib chiqishini o’rgandi va kasalni emas, balki kasallikning kelib chiqishini davolash kerak, degan so’zni aytdi.
Dunyoda «Tabiatshunoslik» fanining rivojlanishiga turtki bo’lgan asarlar jumlasiga Yevklidning «Boshlanish»i va Ptolomeyning «Buyuk qurilish» kabilar kiradi.
Bu davrdagi olimlar tabiatshunoslik sohasida katta tajribalar olib borishmagan bo’lishsada, kuzatish va fikrlash asosida uni rivojlantirdilar.
Qadimgi Gretsiya insoniyatga ilm va fanning buyuk darg’alarini yetkazib berdi. Ularning kuzatishlar natijasida yozib qoldirgan ayrim durdona fikrlar hozirgacha ahamiyatini yo’qotgan emas. Oradan ming yillar o’tganiga qaramasdan ularning fikrlari odamlarning dunyoga bo’lgan munosabatida, ma’naviyat va madaniyatida alohida o’rin egalaydi. Tabiatshunoslikka u davrlarda kam e’tibor berilgan bo’lsa, hozir taraqqiyotni, tabiatni, odamlarni va jamiyatning quvvatini belgilaydigan kuchga aylandi.
3-bosqich. VIII va XII asrlarni o’z ichiga oladi. VIII asrlarga kelib, Sharqda takroran fanga e’tibor berila boshlandi.
«Tabiatshunoslik» rivojiga hissa qo’shgan ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. VIII-IX asrlarda bu ulug’ inson Markaziy Osiyo, Xitoy, Xindiston mamlakatlarining o’simliklar va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan o’simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Qomusiy olimlardan biri bo’lgan Al-Xorazmiy VIII-IX asrlarda yashadi. Xivada tug’ilgan bu olim, Bag’dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri sanaladi.
Xorazmiy tabiatshunoslik fanlardan, «Astronomiya» va «Tabiatshunoslik» fanlari rivojiga katta hisa qo’shgan, u «Algebra» fanining asoschisi. «Algebra» so’zi uning «Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila» risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog’dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan.
Abu Nasr Forobiy tabiatshunoslik, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag’ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.
Ahmad al-Farg’oniy sharqning IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalaridan biri bo’lib, matematika, astronomiya, tabiatshunoslik fanlarining asoschilaridan hisoblanadi, «Bayt ul hikma» ilmiy markazining tashkilotchilaridan biri.
Abu Ali Ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo’lib qolmasdan, matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.
Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika, tabiatshunoslik, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlardir.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sida Andijondan Hindistongacha bo’lgan joylarning tabiati, iqlimi, o’simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.
Ulug’bek Samarqandda ilmiy madrasa ochib, uning boshchiligida astronomiya fani rivojlandi, yulduz yilining uzunligi 365 kun, 6 soat, 10 minutu 8 sekundligini aniqladi. Texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniqlangan yulduz yili uzunligi bilan Ulug’bek aniqlangan bu muddat orasidagi bu farq bori-yo’g’i 1 minutu 2 sekunddir.
O’rta asrlarda Sharqda ilm-fan juda tezlik bilan rivojlandi. Sharq olimlari yunon olimlarining ilmiy asarlarini o’rgandilar va ularni o’z tillariga tarjima qildilar. O’rta asrda birinchi arab universitetlari va akademiyalari ochildi.
Evropa olimlari esa qadimgi grek olimlarining asarlari bilan arablarning tarjimalari orqali tanishdilar, xalos.
4-bosqich. XV va XVIII asrlarda Kopernik, Jordano Bruno, G.Galiley, I.Nyuton, I.V.Lomonosov, P.S. Pallas, A.G.Verner, S.Geyls, CH.Darvin, K.Volf, J.Lamark va boshqalar tomonidan tabiatshunoslikni o’rganish borasida inqilob yoki buyuk kashfiyotlar qilindi: ilmiy tarjribalar boshlandi, muomalaga «tabiatni o’rganuvchilar» atamasi kirib keldi. Bu olimlar tomonidan tabiatshunoslik fanlardan-ximiya, biologiya, fizika, geologiyaning birinchi tabiatshunoslik-ilmiy poydevoriga asos solindi. Tabiat haqidagi fanlarning empirik qonuniyatlari aniqlandi.
asrlarda Yevropa mamlakatlarida birinchi akademiyalar va keng qamrovda bilim beradigan universitetlar ochildi. Tabiatshunoslik fanlarga qiziqish doirasi juda kengaydi. Fan jamiyat rivojida o’ziga xos o’rin egalladi. Ammo texnik fanlarning rivojlanishi hali juda sust edi.
Bu davrlarda Yevropada tabiatshunoslik fanlar haqida dastlabki to’g’ri fikrlarni aytgan olimlar inkivizatorlar qahriga uchrab, ilmiy ishlari uchun joni bilan to’lov to’ladilar.
Tabiatshunoslik fanlar asrdan-asrga shu tarzda rivojlanib bordi.
5-bosqich. XIX asrga kelib, tabiatshunoslik fanlar har tomonlama taraqqiy etdi, endi yerda hayotning paydo bo’lishi, turlar, tabiatshunoslik tanlanish, o’simliklar sistematikasi haqida ilmiy asarlar yozildi, hujayra kashf qilindi, makon va zamon haqida klassik mexanikaga asoslanib asosiy fikrlar ishlab chiqildi. Ko’pgina ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilib, muayyan xulosalar olindi, olimlar ayrim kashfiyotlarni 2-mamlakatda bir-biridan bexabar tarzda kashf etdilar (Masalan Mendel va Morgan).
Tabiatshunoslik fanlarga qiziqish sekin-asta nihoyatda kuchayib bordi, barcha fanlar bo’yicha tabiatshunoslik fanlar bilan bog’liq holda izlanishlar olib borildi.
asrning ikkinchi yarmida dunyo mamlakatlaridagi fan namoyondalari bir-birlari bilan o’zaro bog’lanishib, o’z kashfiyotlarini o’rgana boshladilar. Shu tariqa o’zaro hamkorlik boshlandi. Halqaro kongresslar o’tkazilib, olamshumul nazariya va xulosalar birgalikda muhokama qilindi.
Bu davrdagi birinchi halqaro kongresslar kimyo fani bo’yicha 1860 yili Karlsrueda, tabiatshunoslik bo’yicha 1871 yili Antverpenda, geologiya bo’yicha 1878 yilda Parijda o’tkazildi. CH.Darvinning buyuk kashfiyotlariga ona bo’lgan XIX asr «Darvin asri» deb ham nomlanadi.
Fandagi samarali natijalar xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llanilaboshladi. Endi nazariyalardan amaliy tajribalarga tayangan holda xulosalar chiqarishga o’tildi. Bu borada kuzatishar olib boriladigan, laboratoriyalarga ega, texnik, biologik yo’nalishdagi universitetlar tashkil etildi. Hotin-qiz olimalarga ham amaliy fanlar bilan shug’ullanishlari uchun qator tajribalardan so’ng imkoniyat yaratildi (Sofiya Kovalevskaya, Mariya Kyuri).
asr tabiatshunosligida termodinamika va elektrodinamika, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni, turlararo tabiatshunoslik tanlanish qonuni, fotosintez, elektron va kvant nurlanishlar, galaktika va undagi yulduzlar, neptun planetasi, tirikdan tirik paydo bo’lishi kabi nazariyalar kashf etildi.
Elektrlarning davriy tuzilishi, atom va molekula, moddalar tuzilishining kimyoviy nazariyasi asoslari, fizik-kimyo, organik va anorganik moddalarning asosi birligi aniqlandi.
Bu asrda dunyoning hozirgi ko’rinishiga to’liq ta’rif berildi, geoxronologik shkala ishlab chiqildi, tuproqshunoslik fan sifatida dunyoga keldi, dunyo tuproqlarining to’liq ta’rifi o’rganib chiqildi.
Hujayra kashf etildi va hujayrashunoslik fan sifatida yuzaga keldi, genetika fanining ilmiy asosi shakllandi, tashqi muhit va unda yashovchi tirik organizmlarning birligi asoslandi, asab tizimining butun organizmni boshqarishi isbotlandi. Selektsiya, fiziologiya, o’simlikshunoslik, mikrobiologiya va boshqalar rivojlanib, fan sifatida to’liq shakllandi.
XIX asr boshlarida birinchi avtomobil yaratildi, parovoz, paroxod yaratildi, temir yo’llar, shu asrning ikkinchi yarmida hatto, metroyo’llari qurilib ishga tushirildi. Insoniyat uchun eng zarur bo’lgan elektr toki ham, birinchi yozuv mashinkasi, telegraf orqali uzatish, telefon va boshqalar ham shu asr olimlarining izlanishlari mahsulidir.
asrni tabiatshunoslik rivojlanishida burilish yasalgan asr deb atash mumkin.
5-bosqich. Fan va texnika eng rivojlangan bu asrda tabiatshunoslik fanlar soni ko’paydi, dunyo haqidagi fikrlarimiz o’zgarib, oydinlashdi. Eng muhim mavzu- dunyoning paydo bo’lishi haqida butun Yer yuzi olimlari ma’lum bir fikrga keldilar. O’simliklar va hayvonlarning kelib chiqish markazlari aniqlandi, biotexnologiya, sinergitika, kibernitika fan sifatida shakllandi. Tabiatdagi voqealarning yo’nalishsiz va aniq qonunlarsiz o’z holigacha rivojlanishi, dunyoning paydo bo’lishidagi global evolyutsiyaning aniqlanishi kabi qonuniyatlar ilmiy jihatdan amaliy fanlarda aksini topdi.
6-bosqich. XX asrni to’liq ishonch bilan fan va texnika asri, deb atay olamiz. Bu asrda fan va texnika yo’nalishlarida birgalikda kashfiyotlar qilindi, izlanishlar olib borildi. Tabiatshunoslik fanlari qator texnik asbob- uskunalar yordamida aniq natijalarga erishdi. Tabiatshunoslik fanlar laboratoriyasi radioteleskop, kompyuter texnikasi, elektron mikrokoplar va eng aniq asboblar bilan jihozlandi. Bularning hamasi tabiatshunoslik fanlarni zamon talabiga mos ravishda ravojlanishiga yordam beradi.

O’rta Osiyo allomalarning tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga qo’shgan xissasi.


Talabalar bu mavzuni o’qib biz ajdodlarimizni jaxon sivilizatsiyasiga qo’shgan yutuqlarini batafsil bilib olishadi. Ayniqsa, matematika, falsafa, meditsinadagi jaxon shumul yangiliklar va fanni markazi o’lkamizda bo’lganligi yanada talabalarda qiziqish uyg’otsa ajab emas.
Yurtimizda ilm va fan VIII-XII asrlarda Movaraunahrda takroran rivojlandi va dunyo ilmi rivojiga hissa qo’shgan o’lmas allomalarni berdi. Bu olimu-fozillar tabiatshunoslik fanlar bo’yicha Sharq va G’arb uchun qator yirik asarlar qoldirdi.
Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy Barcha davrlarning buyuk matematigi, astronomi va geografi bo’lgan vatandoshimiz Muhammad al- (783-850) Xorazmiy tabiatshunoslik fanlar rivojiga katta hissa qo’shgan. VIII-IX asrlarda tabiatshunoslik fanlarning Markaziy Osiyoda rivojlantirishidagi sa’y-harakati bilan barcha olimlarga yo’lboshchi bo’lgan al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari dunyo matematikasi tarixida yangi-yangi sahifalarni ochdi. Hatto «Algebra» so’zi uning dunyo tillariga tarjima qilingan «Al-kitob al-muxtasar fi xisob al-jabr va-al muqobala» nomli asaridan olingan. U matematika faniga asoschi sifatida al-Xorazmiy yoki «algoritm» nomi bilan o’ziga tengsiz haykal qo’yib ketdi.
J.Sarton yozishicha, hamma davrlarning eng buyuk olimi, Al-Xorazmiy bir qator tabiatshunoslik fanlarga asos solgan, ularni rivojlantirish uchun ko’plab asarlar yozgan bu olimning xayoti to’liq aks etgan biron-bir asar bizgacha yetib kelmagan.
Al-Xorazmiyning dunyo faniga qo’shgan eng katta hissasi astronomiyaga oid «Ziji al-Xorazmiy» kitobidir. G’arb va Sharq mamlakatlari astronomiya sohasidagi ilmni o’rganishda dastlab shu kitobdan asrlar davomida foydalanishdi. Tarixdan ma’lumki, «Avesto» yozilgan davrlarda ham Xorazmda bir qator fanlar qatori astronomiya yaxshi rivojlangan edi.
Tabiatshunoslikga oid asarni birinchi bo’lib yozgan Al-Xorazmiyning «Ziji al- Xorazmiy», «Al-kitob, al-muxtasar fi xisob al-jabr va-al muqobala» va «Al- jam vaqt-tafriq bi-hisob al-hind» asarlari XII asrdayoq Ispaniyaning arablar poytaxti bo’lgan Toledoda Batlik Adelyard, Kremonadalik Xerardo, ingliz Robert Chesterlar tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan. Ushbu tarjimalar tufayli, ular Yevropada, yaratilganidan 300 yil o’tgach ham qator tabiatshunoslik fanlar, astronomiya, tabiatshunoslik, matematika, tibbiy fanlari asosini, Al-Xorazmiy ilmi va fani tashkil etdi.
1126 yil Batlik Adelyar (1090-1160) Xorazmiy «Zij»ning (Ma’mun ziji) arab-ispan olimi Majritiy tomonidan qayta ishlangan nusxasini lotin tiliga tarjima qildi.
Hozirgi raqamlar, oldin Osiyo va Sharq mamlakatlarida ishlatilgan raqamlar ham ilk bor Xorazmiy tomonidan qo’llanildi. Uning «Astronomiya san’atiga kirish» kitobi tarjimasidan so’ng bu raqamlardan Yevropa ham foydalana boshladi. F.Sulaymonova ma’lumotlariga ko’ra, Xorazmiy asarlarini shu jumladan«Al-jabr»ni Kremonadalik Xerardo va Robert Chesterlar lotin tiliga tarjima qildilar. Bu kitob Yevropada o’sha davrlarda matematika bo’yicha asosiy darslik hisoblangan.
X asrda rim papasi Silvester alohida buyruq bilan Xorazmiy raqamlarini Yevropada joriy qildi.
Biz bugungi kunda foydalanadigan xind-arab raqamlari «algoritm» yoki lotinchaga o’girilganda «algorism» Al-Xorazmiy nomi bilan dunyo mamlakatlariga tarqaldi.
Al-Xorazmiy asarlarining Yevropaga tarqalishi natijasida matematikaga oid o’nlik pozitsion hisoblash tizimi va hind raqamlari qo’llanila boshlandi. Ma’lumki, ular qo’llanilishi jihatidan rim sonlariga qaraganda juda qulay edi. Al-Xorazmiyning yillar davomida asarlari osonlashtirilib, qayta-qayta nashr etildi. Shu tariqa Yevropada tabiatshunoslik fanlarning yangi sahifalari ochildi. Bunga sevilyalik Xuanning «Algorozmiyning arifmetika amali haqida kitob»i (XII), ispaniyalik Savasordaning «O’lchashlar haqida kitob»i (tax. 1070-1136 y), Jordan Nemorariyning (XI-XII) «Algorizmning tushuntirishi», frantsuz matematigi Aleksandr de Vildening (XII-XIII) «Algorizm haqida she’r» risolasi, ingliz Jon Galifaksning (XIII) «Oddiy algorozm» asarlari sabab bo’ldi. Ular Yevropada qayta-qayta nashr etilganligi Xorazmiy asarlari bu hududda darslik sifatida qo’llanilganini ko’rsatadi.
Al-Xorazmiy faqat matematik olimgina emas, balki astronomiya sohasining ham buyuk kashfiyotchisidir. U Xorazmda «Avesto» davridagi astronomiya asoslarini ham o’zlashtirib, «Zij» kitobini yaratdi. Dunyoda bu sohada ilk bor yozilgan bu asari orqali u quyosh, oy, besh sayyora va sokin yulduzlar yer atrofida aylanadi, degan ta’limotga asos soluvchilardan biri bo’ldi.
Al-Xorazmiy Ptolomey ta’limotini arab tiliga tarjima qiluvchilardan xisoblanadi. Aslida Ptolomey bu ta’lumotlarning ko’pchiligini Xorazmiy yurtidan keltirilgan «Avesto» yozuvlaridan tarjima qilib olgan edi. Tarixni qarang-a, haqiqatni kech bo’lsayam tiklaydi.
Al-Xorazmiy ma’lumotiga ko’ra, «astronomiya fanida o’n osmon bor, yer birinchi kurra, osmonda sayyoralarning yetti osmoni bor, to’qqizinchi osmon sokin yulduzlar osmoni., o’ninchisi-notekis bo’lgan oliy osmon».
Buyuk olim «Zij» kitobini taxminan 840 yillarda yaratgan, asl tarjimasi bizga yetib kelmagan. Batlik Adelyardning lotinchaga tarjima qilgan nusxasi hozir ham bor. Al-Xorazmiyning «Kitob-az-zij al-sind hind» (yoki «Ma’mun ziji») kitobi astronomiyada alohida ahamiyatga ega.
Al-Xorazmiy, al-Farg’oniy bilan birgalikda yer aylanasining uzunligini o’lchaydilar. Uzunlikni topish uchun ikki shahar oraliqlarini so’ngra har ikkala shaharda qutb yulduzining ufqdan balandligini o’lchab, burchaklar ayirmasini aniqlagach, 10 li yoy uchun 111815 metr bo’lib chiqadi. Topilgan natijani 360 ga ko’paytirib, yer aylanasining uzunligini aniqlaydilar. Zamonaviy texnikalar yordamida aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra bu uzunlik 111938 metr. Ko’rinib turibdiki, oradagi farq 1 foizga yoki 123 metrga teng. Bu juda katta xato emas.
Al-Xorazmiyning «Zij» asari faqat astronomiya sohasidagina emas, balki tabiatshunoslik sohasidagi birinchi asarlardan ham hisoblanadi. Unda o’sha davrdagi 2402 ta geografik joy shaharlar, dengizlar, orollar, daryolarning joylashish koordinatlari keltirilib ularning iqlimlariga ham ta’rif berilgan.
Xorazmiy quruqlikni yetti qismga bo’lib, tabiatshunoslik faniga, shuningdek, iqlim nazariyasiga asos soldi.
Buyuk olim aniq fanlarning yana biri astrologiya -tabobat sohasida ham izlanishlar olib borgan. Astrologiya-ya’ni insonlar taqdirini yulduzlar harakati orqali aniqlash haqida ham birinchi bo’lib risola yozdi.
Astrologiya orqali tibbiyot matematika bilan bog’landi. O’sha davrda ispan tilidan kirib kelgan «al-xebristika» so’zi ham matematik, ham shifokor degan ma’noni bildiradi. Oliming bu sohadagi asari «Kitob al-amal bi-al asturlob» Parij kutubxonasida hozir ham saqdanmoqda.
Sharqning buyuk allomalaridan yana biri Ahmad al-Farg’oniy (797-865) bo’lib, tug’ilgan yili noma’lum, taxminan 861-865 yillarda Misrda vafot etgan. Astronomiya, matematika va tabiatshunoslik sohalarida katta izlanishlar olib borgan. Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur. Farg’onada tug’ilgan ilm olish uchun Bag’dod va Damashq shahriga kelgan. Dastlab 829 yili «Bayt al-Hikma» qoshida ta’lim olgan. 832 yilda Damashqda rasadxona qurdirgan, Rasadxona qurilishida o’zi jonbozlik ko’rsatgan. Rasadxonada yillar davomida olib borgan ilmiy ishlari natijasida «Al-mamunning tekshirilgan jadvallari» nomi bilan kitob tuzgan. Faylasuf al-Kindiy bilan birga geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa, optikaga oid ilmiy ishlar olib borgan.
Al-Farg’oniyning birinchi mustaqil risolasi «Astronomiyaga kirish»dir. Ushbu asarida u o’zigacha faoliyat yuritgan astronomlarning ishlarini tartibga soldi, bu ishlarni tushunarliroq tarzda yozma bayon etdi, ulardagi kamchiliklarni tanqid qildi. Bu asari bilan al-Farg’oniy yetuk astronom ekanligini isbotladi.
Al-Farg’oniy mashhur allomalar do’stlari al-Xorazmiy, al-Javhariy, Muso o’g’illari bilan birgalikda matematika, astronomiya, musiqa va mexanikani o’rgandi.
Al-Farg’oniyning qator ilmiy asarlari, «Asturlobdan foydalanish haqida kitob», «Oy, Yer ustida yoki uning ostida ekanida vaqtni aniqlash haqida risola», «Etti iqlimni aniqlash», «Quyosh soatni yasash haqida», al-Xorazmiy «Ziji»ni tushuntirish kabi risollari bizga yetib kelgan.
Al-Farg’oniy eng muhim hisoblangan «Asturlob yasash haqida» asarida sferaning biror nuqtasidan shu nuqtaga qarama-qarshi S nuqtasidan shu nuqtaga qarama-qarshi S’ nuqtadagi sferaga urinma bo’lgan a tekislikka proektsiyaning quyidagi xossalarini o’rganadi:
Sferada yotgan aylanalar, a tekislikka aylanalar ko’rinishida yoki aylanalar sfera markazidan o’tsa, to’g’ri chiziq ko’rinishida proektsiyalanadi.
Sferada yotgan egri chiziqlar orasidagi burchaklar streografik proektsiyada a tekislikka proektsiyalangan egri chiziqlar orasidagi burchakka teng bo’ladi.
Sfera S va S’ nuqtalardan o’tgan diametr atrofida bo’lganda a tekislikka ham, S’ nuqta atrofida xuddi mana shu burchakka buriladi.
Ammo undan avval yashagan olimlar bu xossalarning isbotini keltirmaydi. Farg’oniy «Asturlob yasash haqida» kitobida bu xossalarning isbotini ham keltirgan.
Farg’oniy yaxshigina muhandis ham bo’lgan. U 861 yili Nil daryosidagi Ravzo orolida Nilning suvini o’lchaydigan asbob o’rnatgan, bu asbobni ta’mirlagan.
Olimning astronomiya sohasidagi buyuk asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» (Kitob al-harakat as-samoviy va javomi’ ilm an- nujum) XII asrdayoq Yevropada lotin tiliga ikki marta, XIII asrda esa boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilinib tarqatilgan. Ana shu kitob tarjimasi unga Yevropada «Alfraganus» nomini berilishiga sabab bo’ldi. «Samoviy harakatlar va umumiy ilmu nujum» kitobi Yevropada asrlar davomida astronomiya bo’yicha asosiy darslik bo’ldi. 1669 yilda golland matematigi va arabshunos olimi Yakob Golius al-Farg’oniy asarlarining yangi lotincha tarjimasini yaratgandan so’ng Yevropada olimning dovrug’i yanada oshdi. Mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiya fanidan ma’ruzalarni al-Farg’oniy asarlari asosida o’qigan.
Al-Farg’oniyning bizgacha 8 asari yetib kelgan. Ular orasida quyidagilar bor:
«Astronomiya asoslari haqida kitob»;
«Asturlob yasash haqida kitob» (qo’lyozmasi Berlin, London, Parij, Mashhad va Tehron kutubxonalarida saqdanmoqda);
«Asturlob bilan amal qilish haqida kitob» (yagona qo’lyozmasi Hindistonda Rampur saqlanmoqda);
«Al-Farg’oniy jadvallari»-(qo’lyozmasi Hindistonda Patna);
«Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» (qo’lyozmalari G ota va Kohirada saqlanadi) va boshqalar.
Al-Farg’oniyning iqlimlar nazariyasi bayon qilingan geografik asari juda muhimdir. Unda olim mamlakatlar, shaharlar va daryolarning bir xil geografik nomini keltirgan. Iqlimlarni ta’riflaganda al-Xorazmiyning iqlim haqidagi asaridan foydalangan. Ammo mamlakatlarni ta’riflashda muayyan o’zgarishlar yoki o’ziga xosliklar uchraydi. Al-Xorazmiy o’z ishlarida Ptolomey uslubiga asoslansa, al-Farg’oniy hindlar uslubiga asoslanadi va ta’rifni eng sharqiy chekkadan boshlaydi. Iqlimlar ta’rifida 3,4,5,6 va 7-iqlimlarning ta’rifi e’tiborga loyiq. Ma’lumki, bu iqlimlar bayoni berilgan boblarda Markaziy Osiyo va unga tutash yerlar-shaharlar ta’riflanadi.
Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, so’ng Hind mamlakatidan va Qobul va Kermon viloyatlaridan o’tadi.
To’rtinchi iqlim yana Sharqdan boshlanadi, Tibet, Xurosandan o’tadi. Bu iqlimda Xo’jand, Usrushona, Farg’ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Xirot, Amuya, Marvarrud, Marv, Saraxs, Tus, Nishopur shaharlariga bordi. U keyin Jurjon, Kumis, Tabariston, Demovand, Kazvin, Daylam, Ray va Isfaxonga o’tdi.
Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, so’ng Xurosanning shimoli, Toroz, Navokat, (Navkat) Xorazm, Isfijon (Sayram), O’tror, Ozarboyjon, Armaniston, Barda’a, Nashava shaharlarini qamraydi.
Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Yajuj mamlakati (hozirgi Mo’g’ulistonning sharqi va Xitoyning shimoliy-sharqiy hududi) Hazar mamlakatlari, shimoliy Kavkaz, Quyi Volga bo’yi, Jurjon, Kaspiy dengizining o’rtasidan kesib o’tib, Rum mamlakatigacha yetadi.
Ettinchi iqlim Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanib, turkiy mamlakatlardan (Markaziy Osiyo), keyin Jurjon dengizining shimolidan, so’ng Rum dengizi (Qora dengiz)ni kesib, saqlablar (Slavyan) mamlakatlaridan o’tib, Atlantikada tugaydi.
Al-Farg’oniy osmon jismlarini kattaliklari bo’yicha quyidagicha taqsimladi: birinchi o’rinda qo’yosh, ikkinchi o’rinda o’n beshta katta turg’un yulduzlar, uchinchi o’rinda Merkuriy, to’rtinchi o’rinda Saturn, beshinchi o’rinda tartib bo’yicha qolgan turg’un yulduzlar, oltinchi Mars, yettinchi Yer, sakkizinchi Zuhro, to’qqizinchi Oy, o’ninchi Merkuriy turadi.
Yulduzlarning ko’rinmas jism diametrini qo’yosh diametri bilan solishtirib, o’lchab chiqadi. Bu o’rinda olim katta yulduzlar va kichik yulduzlar diametrini alohida hisoblaydi.
Shuningdek, sayyoralarning G’arbdan sharqqa harakatini o’rganadi. Quyoshning botishi va chiqishi bo’yicha G’arb va Sharqdagi farqni, shuningdek, yulduzlar harakatini qo’yosh va oyga bog’lab o’rganadi.
Quyosh tutilishi haqida ham ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltiradi. Quyosh tutilishi u oy bilan birlashganda yoki oy qo’yosh bilan yerning o’rtasiga tushib qolganda ro’y berishini, tutilish, sabablari va oy hamda quyoshning tutilish muddatlari orasidagi vaqtni asoslab beradi.
Olim yoritgichlarni o’lchash va har bir yoritgichning Yer o’lchoviga nisbatan miqdori haqida ham ilmiy izlanishlar olib bordi. Osmondagi turg’un yulduzlar sonini aniqlab, ularni kattaliklari bo’yicha ta’riflab, sinflarga bo’ldi. Ular orasidan eng katta o’n beshta yulduzning osmondagi turish holatini aniqladi.
Al-Farg’oniy osmonda harakatlanuvchi beshta yoritgichning o’z sferasidagi uzunlik bo’yicha harakatlarini ta’riflab berdi va harakatlanuvchi beshta yoritgichning eptsiklidagi harakati oy sferasidagi harakatlarga teskari, o’z sferalarining ba’zilaridagi harakatlar bir-biriga teskari ekanligini aniqladi.
Asli ismi Abu-Nasr Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon (876-950) fan olamida Forobiy nomi bilan mashhur. U dunyo faniga ham ijtimoiy-falsafiy, ham amaliy-tabiatshunoslik yo’nalishda ulkan hissa qo’shdi. O’z davridagi barcha
fanlarni yaxshi bilganligi va ularni rivojlantirganligi uchun uning nomiga «Muallim as-soniy»- «Ikkinchi muallim» (Aristotel birinchi muallim) yoki «Sharq Arastusi» nomlari bilan shuhrat qozondi.
Al-Forobiy Sirdaryo bo’yidagi Forob-O’tror qishlog’ida tug’ildi. Oilasi turkiy qabiladan edi. Ilmga nihoyatda chanqoq yosh Al-Forobiy dastlab ma’lumotni o’z yurtida, keyin, Samarqand, Buxoro va Shoshda oldi. Keyinchalik ilm markazi Bag’dodga keldi. Bu yerda barcha sohani jiddiy o’rganadi. Ma’lumotlarga ko’ra, buyuk olim o’z davridagi 70 dan ortiq tilni bilgan. U juda oddiy turmush kechirgan: Damashqda bir bog’da qorovullik qilib ilm bilan shug’ullangan. Umrining oxirida yana Damashqqa qaytib, shu yerda vafot etadi va «Bog’as-sag’ir» qabristoniga dafn qilingan.
Olim umri davomida 160 dan ziyod asar yaratgan. U falsafa, matematika, logika (mantiq), tabiatshunoslik, astronomiya, huquqshunoslik, tibbiyot, kimyo, filologiya, musiqa nazariyasi bilan shug’ullanadi.
Qomusiy olimning asarlari yo’nalishiga qarab ikki guruhga bo’linib o’rganiladi:
Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar.
Ilm-fanning turli sohalariga oid mavzularda yozilgan asarlar.
Dunyo fanining rivojlanishida Al-Forobiyning buyuk xizmatlaridan biri shundaki, u antik davr olimlari Platon, Aristotel, Evklid, Ptolomey, Porfiylarning asarlarini arab tiliga tarjima qildi, ularga sharhlar yozadi. Aristotelning barcha asarini tarjima qildi, ularning murakkab joylarini soddalashtirib, tabiat ilmining rivojiga hissa qo’shdi. Shuningdek Aristotel asarlarining targ’ibotchisi ham bo’ldi. Al-Forobiy faylasufning mantiqqa oid «Birinchi analitika», «Topika», «Kategoriyalar», «Metafizika», «Sofistika», «Poetika», Ptolomeyning «Almagest», Yevklid «Geometriya»sining ba’zi boblariga, Porfiriyning «Isagatika» nomli asariga sharhlar yozdi. Bunda olim yunoncha so’zlar, ilmiy atamalarni tushunish oson bo’lishi uchun ularga ma’no jihatidan muvofiq keluvchi bir necha arab so’zlarini ham keltirdi.
Al-Forobiyning ilmiy asarlarini M.Xayrullaev mazmuniga qarab 7 ta guruhga bo’ldi:
Falsafaning umumiy masalalariga, ya’ni ilm-fanning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va barcha sohalariga bag’ishlangan asarlar: «Masalalar manbai», «Qonunlar haqida kitob», «Falak harakatining doimiyligi haqida» va boshqalar.
Insonning bilish faoliyatiga oid falsafiy tomonlarga bag’ishlangan, bilish shakllari, bosqichlari va usullari haqidagi risolalar. Mantiqning turli muammolariga doir asarlar: «Kattalarning aqli haqida so’z», «Yoshlarning aqli haqida kitob», «Mantiq haqida kitob», «Isbot kitobi», «Sillogizm shartlari kitobi» va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Falsafa va tabiatshunoslik fanlarning fan sifatida mazmuni va mavzulari haqidagi asarlari. Ularga «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Falsafa» tushunchasining ma’nosi haqida so’z», «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida kitob», «Falsafaga izohlar» va boshqalar kiradi.
Moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini o’rganishga bag’ishlangan yoki matematika fanlari-arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqaga oid asarlar: «Hajm va miqdor haqida so’z», «Fazo geometriyasiga kirish haqida qisqartma kitob», «Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola», «Musiqa haqida katta kitob» va boshqalar.
Modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini o’rganuvchi, ya’ni tabiatshunoslik fanlar fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiyaga bag’ishlangan asarlar: «Fizika usullari haqida kitob», «Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola», «Inson a’zolari haqida risola», «Hayvon a’zolari haqida risola» va boshqalar.
Tilshunoslik, she’riyat, notiqdik san’ati va xattotlikka oid asarlar: «SHe’r va qofiyalar haqida so’z», «Ritorika haqida so’z», «Lug’atlar haqida so’z», «Xattotlik haqida kitob» va boshqa asarlar.
Ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq- tarbiyaga bag’ishlangan, huquqshunoslik, etika, pedagogikaga oid asarlar: «Baxt- saodatga erishuv yo’lidagi risola», «Shaharni boshqarish», «Fozil odamlar shahri», «Urush va tinch turmush haqida kitob», «Fazilatli xulqlar» va boshqalar.
Al-Forobiyning tabiatshunoslik-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning kelib chiqishi haqida qarashlar», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarlarida to’liq yoritilgan. Ularda o’sha davrlarda shakllangan 30 dan ortiq fanning ta’rifi berilgan, ahamiyati qayd etilgan.
O’z davrida Al-Forobiy birinchi bo’lib tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning vazifalarini aniqdagan. Uning fikricha, matematika, tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqdini bilimlar bilan boyitish uchun xizmat qilsa, grammatika, mantiq, she’riyat kabi ilmlar fanlardan to’g’ri foydalanish, bilimlarni boshqalarga tushuntirish yoki aqdiy tarbiya uchun xizmat qiladi, siyosat, axloq, ta’lim tarbiyaga oid bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi va ijtimoiy hayotga doir qoidalarni o’rgatadi.
Al-Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida» nomli asarida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiatshunoslik aloqalarni, bulut va yomg’irlar paydo bo’lishining qo’yosh issiqligi ta’sirida bug’lanishga bog’liqligini, oy tutilishiga yer, qo’yosh bilan oy o’rtasiga tushib qolishi sababligini ko’rsatib o’tgan. Al- kimyochilarni tanqid qilib, kimyo fanini alohida fan deb qaragan.
Insonning sog’ligi hamma vaqt tashqi muhit ta’siriga bog’liqligiga e’tibor qaragan. Uning tibbiyot haqida fikrlari buyuk olim Ibn Sinoning shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan.
Al-Forobiyning borliq haqidagi ta’limotiga ko’ra, mavjudot 4 unsurdan- tuproq, suv, havo va olovdan tashkil topgan. «Ilm», «bilish» va «aql» tushunchalariga Forobiy juda chuqur ma’no bergan yoki ilm olishga katta e’tibor qaratgan. Uning fikricha, ilm o’rganishni, ruhiy qobiliyatlarni miya boshqaradi, yurak barcha organlarni qon bilan ta’minlovchi markazdir.
Olimning «Ilm va san’atning fazilatlari» asarida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga qarab borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Al-Forobiy moddalar va organik dunyo evolyutsiyasi haqida bundan 1000 yillar burun hozirgi zamon tabiatshunoslik fani haqida birinchi ilmiy fikrlarni yozib qoldirgan buyuk tabiatshunos olimdir.
Al-Forobiyning «Musiqa haqida katta kitob» nomli ko’p jildlik asari ham fanda o’ziga xos o’rin tutadi. Olim unda musiqa nazariyasiga oid qimmatli fikrlarni bayon etadi. Tovushlarning paydo bo’lishiga faqat ta’rif beribgina qolmay balki kuylar garmoniyasining matematik jihatlarini ham talqin qiladi, bayon etilayotgan mavzuga doir turli jadvallar, geometriya qoidasi asosida murakkab chizmalar tasvirini keltiradi.
Buyuk olim o’zi yashab o’tgan davrdagi barcha ijtimoiy va tabiatshunoslik fanlarning rivojiga ulkan xissa qo’shgan fidoyi inson edi.
Abbos al-Javhariy Bu olim al-Ma’mun davrida Bag’dod va Damashqda IX asrning birinchi yashab xizmat qilgan. Astronom va matematik al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy Forob shahri (hozirgi Gavhartepa)da tug’ilgan.
Al-Javhariy astronomiya va astronomik hisoblar bo’yicha mohir mutaxassis bo’lgan va astronomik asbob-uskunalardan ham juda mohirona foydalangan. U xalifa al-Ma’mun bilan yaxshi aloqada bo’lib, Ma’munning ta’sirida katta astronomik kuzatishlar olib borgan. Quyosh va oy o’rnini aniqlagan va o’z «Zij»ini yaratgan al-Javhariy quyidagi asarlarni yozgan: «Zij kitobi», «Evklid kitobiga sharh», «Evklidning «Negizlar» asari birinchi kitobiga qo’shimcha shakllar».
Al-Javhariy al-Ma’munning topshirig’i bilan yozilgan «Al-Ma’munning tekshirilgan ziji»ni mualliflaridan biridir.
Al-Javhariy Damashq shahridagi kuzatishlari evaziga astronomiyadan tashqari matematikada ham katta kashfiyotlar qildi.
Javhariy parallel chiziqlar haqida bosh qotiradi va burchak ichida joylashgan har qanday nuqtadan burchakning ikki tarafini birlashtiruvchi chiziq chizish mumkin, degan xulosaga keldi. Uning tabiatshunoslik bo’yicha bebaho asarlaridan biri «Quyoshning yer markazidan uzoqligini aniqlash» bo’lib, hozir yagona nusxasi Bayrutda saqlanayapti.
Al-Javhariyning ijodi kam o’rganilgan.

Peshvolardan olg’a o’tdim shaxd ila,


Men g’avvosu ilm bo’ldi ummonim;
Ilm-bahsga mendek ruju qo’ygan yo’q,
Menga tengni yaratmadi davronim.
Hinddan so’ra, Mashriq aro qadrimni,
Mag’rib meni o’qir, yo’qdir armonim.
Bo’lsa hamki odamlari g’ayridin
Tan oldilar zo’r shuhratu, zo’r shonim...

Abu Rayxon Beruniy (973-1048) O’rta asrlardagi Sharqning qomusiy olimlaridan, buyuk mutafakkirlardan biri Abdurahmon Muhammad ibn Ahmad Beruniy hisoblanadi. O’zi yashagan davrdagi ilm-fanning barcha sohalari-astronomiya, matematika, tabiatshunoslik, tarix, geodeziya, minerologiya, farmokoognoziya, falsafa, filologiyaning rivoji uchun uzluksiz mehnat qilgan.


Al-Xorazmiy va al-Beruniylar jahon fanining rivojiga ta’sir qilgan asarlar yaratgan ma’lum sohalar bo’yicha o’ziga xos Xorazm ilmiy maktabini vujudga keltirgan. Beruniy shu maktabning yorqin namoyondasi bo’lib qolmasdan, balki Urganchdagi «Bayt-ul hikma» nomi bilan mashhur Ma’mun Akademiyasining tashkilotchisi ham bo’lgan.
Dunyo fani olamining eng buyuk arboblari orasida Beruniyga teng keladigan olimni topishga urinishlar ko’p bo’lgan. Uni ikkinchi Erotosfer, Ptolomey, hatto Renessans davrining buyuk rassomi va olimi, Leonardo da Vinchi deb yuritganlar. Aslida Leonardo da Vinchini ikkinchi Beruniy deyish to’g’ri bo’lardi.
U 973 yil sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi, ilm-fanga juda erta qiziqdi, ona tilidan tashqari: arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon, yahudiy va sanskrit qadimgi hind tillarini o’rgandi. Olim, Xorazmiy buyuk asarlarini o’z ona tilida yozaolmaganidan hamisha afsuslangan. 990 yillarda Kot shahrida astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Birinchi katta asari- «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» olimga katta shuhrat keltirdi va u ilm-fanning hamma sohasiga birdek qiziqdi. Jurjondalik paytida astronomiya va netrologiya tarixiga oid 10 ta asar yozdi. «Geodeziya» asarini 1025 yilda yozib tugatdi.
«Hindiston» asarini 1030 yilda nihoyasiga yetkazdi. Haligacha Hindiston xaqida bu taxlit asar yozilmagan edi. Bu asar o’z davrida ham, hozir ham yuqori baholanadi, asar shoh asar deb ta’riflanadi. Darhaqiqat, u Sharqu-G’arbda tengi yo’q asardir.
Beruniy Ma’sud davrida astronomiyaga oid «Ma’sud qonuni» asarini yozdi. Bu asari uning matematika va astronomiya bo’yicha yaratilgan barcha asarlaridan ustun edi.
Olimning «Minerologiya» kitobi ham o’z davri uchun ilmiy qiymatiga ko’ra, tengsiz hisoblanadi.
Beruniyning ilmiy yetukligi shundaki, u inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi «sabablari sababini» aniqlashni ilm ahli oldiga qo’ydi. «Qadimgi tarixlarning eng qadimgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishi» deyilashi, odamlar o’rtasida tafovut borligi haqida so’zlar ekan u faqat tashqi farqni ko’radi. Odamlarning ichki tuzilishi va tashkil topishida farq yo’q. Aslida ham shunday-ku! Darvindan 1000 yillar burun odam va hayvon o’rtasida o’xshashlik borligini aytdi.
Keksalikda yozgan «Saydona» kitobi yoki «Farmakognoziya» tabiat va dorivor o’simliklar haqidagi ilmiy asarlardan biri hisoblanadi. Unda har bir o’simlikning arabcha nomidan tashqari forsiy, qadimiy forsiy, grek, suryoniy, hind tillaridagi nomlari ham berilgan, dorivor o’simliklardan birining o’rnini ikkinchisi bosishi va u qaysi ekanligi aniq ko’rsatilgan. Bu asarning muhimligi shundaki, unda olim o’zidan oldin o’tgan Sharq-G’arb olimlari (250 dan ziyod muallif)ning asarlaridan parchalar keltiradi. Hatto Misr malikasi Kleopatraning «al-Kitob al-Klubatra» asari haqida ma’lumot berib, undan 9 parcha keltiradi. Beruniy ibn Abi Usaybiaga suyangan holda ayollarning kasalliklarini davolash usullarini ham yozib qoldirgan.
Beruniy tabiatni qotib qolgan deb emas, balki doimo harakatda, o’zgaruvchan, deb biladi.
Olim milliy, irqiy va diniy tengsizlikni qoralaydi.
Xullas, Beruny o’z davrining eng buyuk mutafakkuri, falsafa va filologiyada ham poydevor yaratib qo’ygan barcha fanlarda o’zga xos o’rin tutuvchi allomadir. Uning astronomiya, minerologiya, matematika, farmokognoziya, tarix va boshqa sohalardagi ilmiy salohiyati o’zidan keyingi Sharq va G’arb olimlari asarlari orqali bevosita bo’lmasada, bilvosita dunyo tsivilizatsiyasi va ilmu fani rivojiga ta’sir o’tkazib keldi.
Tabiatshunoslik fanlarning rivojiga hissa qo’shgan yana bir Abu Ali ibn Sino buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino bo’lib, u o’z ilmi, (980-1037) mehnati evaziga Markaziy Osiyo halqlarini o’rta asrlardayoq dunyoga tanitdi.
Ibn Sino, 980 yil Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keldi, yoshligidan xotirasi kuchli, zehni o’tkir ilmga, mutolaaga o’ta moyil edi. 13 yoshidan boshlab matematika, mantiq, fikh, falsafa ilmlari bilan shug’ullana boshlaydi.
Yosh Ibn Sino, Abu Abdulox Notiliydan, falsafani, Hasan ibn Nux, al Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o’rganib, tabiblik faoliyatini boshlaydi. Olimning yutug’i shundaki, u o’zidan oldingi Sharq allomalari asarlari bilan bir qator yunon olimlari Aristotel, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor va boshqalarning ilmiy merosini jiddiy o’rganib chiqdi.
Ibn Sinoning hayoti juda og’ir o’tdi. Ilmiy ishlari o’sha davrga zid bo’lgani uchun bir shaharda uzoq qololmas, avval izzat-ikrom bilan kutib olinar, keyin qochib ketar edi. Ba’zan hatto qamoqqa ham tushardi. Xorazm, Xurosan, Eron, Nishopur, Jurjon, Xamadon, Ray, Isfaxon shaharlarida sarson- sargardonlikda umr kechirdi. Lekin olim tinimsiz ijod qilib, qisqa umri davomida 450 dan ziyod asar yozdi. Ammo shulardan bizga 160 tasi yetib kelgan, ko’pgina asarlari uning sarson-sargardon hayoti davomida yo’qolib ketgan. Masalan, 20 jildlik «Kitob ul-insof» Isfahondagi yong’inda butunlay kuyib ketgan.
Asarlari arab va fors tillarida yozilgan. Katta asarlaridan biri «Kitob ush-shifo» 22 jildlik bo’lib, 4 ta katta bo’limdan iborat. Unda mantiq, fizika, matematika va metafizikaga oid masalalar yoritilgan. «Kitob un-najot» ham 4 qismdan iborat bo’lib, mantiq, fizika, matematika va metafizikani o’z ichiga olgan.
Ibn Sino ilmiy asarlardan tashqari falsafiy mazmunli badiiy obrazlar yaratgan, ma’lum voqealarga asoslangan «Tayr qissasi», «Saloman va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon» nomli falsafiy qissalar ham yozgan.
Alloma o’z davridagi buyuk olimlari bilan bog’lanib turgan. Uning Beruniy va Ozarboyjon mutafakkiri Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashhur. Ibn Sino ijodida tabobat misli ko’rinmas yutuqdar bilan boyidi, tibbiyot fanining poydevori, qator fanlarning tamal toshi olim tomonidan qo’yildi va asoslandi. Uning qomusiy «Kitob al-qonun fit tabib» mustaqil 5 ta yirik katta asardan tashkil topgan bo’lib, har birida ma’lum bir soha ilmiy asoslangan.
Uning birinchi kitobida tibbiyotning nazariy asoslari, predmeti, vazifalari, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, sog’liqni saqlash usullari bayon etilgan. Uni hozirgi kundagi ichki kasalliklar propedevtikasi fani deb atash mumkin. Hullas, «Kitob al-qonun fit tabib» o’z ichiga olgan boshqa asarlar ham ahamiyat jihatidan yuqori turadi. Ularda tibbiyotning barcha sohalari bilan bog’liq masalalar qamrab olingan.
Ibn Sino tib ilmini ikki qismga, nazariy va amaliy qismlarga bo’ladi. Tibbiyot sohasidagi barcha ilmlarni to’plab, umumlashtiradi va ulardan ilmiy xulosalar chiqaradi.
«Qonun» kitobi hakimlar uchun 800 yillar davomida yagona qo’llanma, Sharqu-G’arbda hakimlar va talabalar uchun asarlar osha asosiy darslik bo’lib keldi.
«Kitob ush-shifo» asarida tibbiyot bilan bog’liq bo’lgan barcha fanlar: astronomiya, botanika, geologiya, mineralogiya, matematika va kimyoga oid qator ma’lumotlar keltirilgan. Ibn Sino tog’larning paydo bo’lishi, Yer yuzasining yillar osha o’zgarishi, zilzilga oid fikrlari bilan geologiya fani rivojiga hissa qo’shdi. Shuningdek, meteoritlar, vulqonlar haqida qimmatli fikrlar yozib qoldirdi.
Olim minerallarni 4 guruhga ajratadi: toshlar; metallar (eriydigan jism); oltingugurtli yonuvchi jismlar; tuzlar.
Olim alximiklarni tanqid qiladi, yangi astronomik asboblar yaratadi, botanikada o’simliklarning tabiatshunoslik xususiyatlarini va morfologiyasi hamda kimyoviy tarkibini o’rganadi.
Ibn Sino Forobiy asarlaridagi ilg’or falsafiy fikrlarni boyitib, yuqori bosqichga ko’tardi. Falsafaning vazifasiga mavjudotni -barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, o’zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o’tishini tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat printsiplarini asos qilib oladi.
Ibn Sino asarlari XII asrlardan boshlab, uning vafotidan sal keyinroq lotin tiliga tarjima qilina boshlandi. Birgina «Tib qonunlari» kitobi o’sha davrda lotin tilida 30 martadan ziyod nashr qilindi. «Kitob-ush-shifo» asarining ham tabiatshunoslik fanlarga oid, xususan, yerning tuzilishi, geologik jarayonlar, mineralogiya, metafizika to’g’risidagi qismlari lotinchada nashr qilindi.
Buyuk olim «Aqliy bilimlar tasnifi» asarida falsafiy bilimlarni ikki qismga bo’ladi: nazariy va amaliy bilimlar.
Nazariy qism esa o’z navbatida yana uchga bo’linadi: 1. oddiy darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik; 2. O’rta darajadagi ilm- matematika; 3. Oliy darajadagi ilm-metafizika.
Ibn-Sino tabiatshunoslik ilmlarini astrologiya, meditsina, al kimyo kabi bo’limlarga, matematikani arifmetika, geometriya, astronomiyaga musiqani esa yana 4 bo’limga bo’ladi. Xullas, ushbu asarida fanning 29 ta sohasini sanab o’tadi.
Olim olamdagi hamma narsaning yaratuvchisi xudo deb biladi, xudo hech narsaga bog’liq emas, qolgan narsalarning barchasini u paydo qiladi, deb tushuntiradi, xudo abadiy, uning oqibati- materiya ham abadiy, deb uqtiradi. Materiyaning eng sodda bo’laklarga bo’linmaydigan qismi to’rt unsur: havo, olov, suv, tuproq ekanligini ular turlicha birikib, murakkab moddiy narsalarni hosil qiladi va dastlab tog’u-toshlar, o’simliklar, hayvonlar va ularning yakuni o’laroq odam paydo bo’lganini ta’kidlaydi.
Ibn Sino o’z asarlarida tabiatga va tabiatshunoslik fanlarga katta e’tibor berdi, ilmiy tadqiqotlari, kuzatishlari bu fanlarning rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Shuningdek serqirra ijodi va boy ma’naviy, ilmiy merosi bilan jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi, Markaziy Osiyo va Sharq mamlakatlarida uyg’onish davrining asoschilaridan biri bo’lib qoldi. O’zi yashagan davrda podsholar, amaldorlar quvg’iniga uchragan bo’lsa ham, ilmu-fozillar davrasida «Shayx ur-Rais», «Olimlar boshlig’i», «Tabiblar podshosi» kabi ulug’ nomlar bilan e’zozlangan. Shuningdek, Sharq mualliflar haqiqatgo’y, rostgo’y ma’noda «Hujjat ul-haq», u yashagan, mamlakat, o’lkaning u tufayli obro’si oshganligi uchun «Sharif ul-mulk», donishmand, tadbirkor, vazir bo’lgani uchun «Hakim ul- vazir», «Al-Dastur» deb ham atalgan. Uyg’onish davrida qadimgi Yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolomey, Evklidlar bir qatorda turadi.
O’simliklarni sinflarga bo’lgan olim Karl Liney doimo yashil bo’lib turuvchi bir o’simlikni Ibn Sino nomiga bilan «Avitseniya» deb ataydi.
Olimning «Tib qonunlari» dunyoning barcha tillariga tarjima qilingan.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin