3-mavzu. Tabiatshunoslikni o‘qitish tamoyillari va qonuniyati. Boshlangich sinf o‘quvchilarida tabiatshunoslikka oid tasavvur vatushunchalarni shakllanti-rishning metodik asoslari. Reja: 1.Didaktik tamoyillari to’g’risida tushuncha.
2.O’qitish tamoyillarilari va qonuniyat pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi, o’qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog’liqligi.
3. O’quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli o’qitishni uyg’unlashtirish.
Hozirgi zamon pedagogikasida o’qituvchining faoliyati hamda o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri aniq didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Tabiatshunoslikni o’qitish fani quyidagi didaktik tamoyillarga amal qiladi.
1. O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili. Maktab tabiatshunoslik kursi tabiatshunoslik fanining turli sohalarining qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialning bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik’yoshdagi maktab o’quvchilari tabiat to’g’risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar, keyin esa murakkabrog’i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.
O’qitishning muntazamliligi, ya’ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar (bu boshlang’ich sinflardagi o’qitish uchun xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar)ni; 3) mehnat ta’limi va ijtimo’y foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bog’lanishni nazarda tutadi.
Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o’quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek, mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o’quv materialining tushunarli bo’lishi bilan belgilanadi.
Chunonchi: 1) maktab tabiatshunoslik kursi jonsiz tabiatdagi o’simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni;
jonajon o’lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini;
Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o’rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, tabiatshunoslik, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena bo’yicha oddiy (elementar) ma’lumotlami beradi.
6-11-sinflarda biologiya fani o’rganilishidan oldin 4-sinfda tabiatshunoslik fani o’tiladi, u 1-4-sinflarda atrof olamning jism va hodisalari bilan tanishtirishga tayanadi. 5-6-sinflardagi botanika va 7-8-sinflardagi zoologiya dasturlari jonsiz tabiat to’g’risidagi boshlang’ich bilimlar asosida tuziladi.
O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. Uzoq vaqtlar boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o’quv predmeti sifatida o’qitishga yetarli darajada e’tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlanib kelindi, goho predmetli darslar va izohli o’qish bilan almashtirildi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o’qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o’Ikashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang’ich sinflardagi tabiatshunoslik ta’limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, tabiatshunoslik fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi.
Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik tamoyili hozirgi zamon fanida qat’iy qaror topgan tamoyillami o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlami tanlab olish kerak. O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to’g’ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O’quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo’lishi kerak, bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiatshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida o’qishga qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlash, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni. yechishga undaydi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash. Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilami amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu ularning o’zlashtirish sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta’limi va o’quvchilami amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakterini o’quv predmetining mazmuni taqozo qiladi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, tabiatda bahor mavzusi (3-sinf) ni o’rganish bo’yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta’sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma’qul.
Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga jamoa xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar, shuningdek, g’o’za, poliz ekinlari, g’alla ekinlari, sezgi organlari, yurak va qon mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlarning o’tkazilishi yordam berishi mumkin. O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish) ishlarini, shuningdek, o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini, manzarali gul o’sim]iklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlaming ta’sirini o’rganishni, hosildorligini oshirish bo’yicha tajribalar o’tkazishni mehnat darslari bilan bog’lab olib borish nazariy bilimlarni amaliyot bilan aloqasini yaxshilash imkonini beradi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda o’quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday obyekt va tajribalarni tanlash kerakki, bunda ular nazariy tamoyillarni tasdiqlasin va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi, uning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi nazariy bilimlarning chuqurlashishi, shuningdek, amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, sayohatlar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimo’y-foydali mehnatdan foydalanish mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning ongliiigi va ijodiy faoUigi tamoyili. O’quvchilaming ongliiigi va ijodiy fao’ligi tamoyili: 1) o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini; 2) o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; 3) o’qishning ijodiy xarakterda bo’lishini; 4) bilimlarni amaliyotda ongli qo’llashni va ularni ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o’qituvchiga taalluqlidir, u o’quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshi bajarishga qiziqish uyg’otishi kerak.
O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli o’quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o’tkazilgan kuzatishlami tavsiflash va o’qituvchi taklif qilgan mavzu bo’yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik tamoyili. Ko’rgazmalilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilaming bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak.
Tabiatshunoslik bo’yicha dastuming organizmlar hayotini tabiiy sharo’tlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar o’tkazishga imkon beruvchi metodlarning qo’llanilishini, ya’ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ко’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir. Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakkurning, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ulami oddiy tadqiqotlar olib borishga o’rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, o’zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mustahkamligini ta’minlaydi. Tabiat jismlari va hodisalari yuzasidan olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib olishga va o’zlashtirilganlarni mustahkamlashga, o’qituvchi rahbarligida tabiat hodisalari o’rtasidagi chuqur bog’lanishlarni aniqlashga, jismlar to’g’risidagi fikrlar bilan ko’rishganlarini taqqoslashga imkon beradi. So’z bilan qabul qilish, so’z bilan tasavvur etish o’rtasida puxta bog’lanishlarning vujudga kelishi o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida o’qit.uvchi hikoya qilib berganlarning va ular to’g’risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi. Bilimlarni puxta o’zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan o’quv hamda ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O’quvchilar bilimining puxta bo’lishi o’qituvchining ko’rsatib o’tilgan tamoyillardan o’quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog’liq. Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun, avvalo, o’quv yili boshlanishida ilgari o’tilgan materialni yangi bilimlarning о’zlashtirilishi ongli bo’lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko’proq bog’liq bo’lgan bo’imlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni o’zlashtirishning birinchi bosqichida o’qituvchi o’quvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va o’zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak. Chunonchi, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi (4-sinf) mavzusini o’rganishda o’quvchilar avval o’lkadagi tabiiy sharo’tning turli-tumanligi, keyin har bir zona bilan tanishadilar. Bu yangi fanlar kiritib borish imkoniyatini beradi, ular yordamida har bir zonaga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlar, jumladan, o’simlik va hayvonot dunyosi aniqlanib, o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faoliashtiruvchi qo’shimcha ma’lumotlar berib boriladi. Puxta bilimlarga erishishda ularni o’quvchilarning faol fikr yuritishlari asosida munlazamlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O’quvchilar yangi bilimlarni, ilgari o’rganilgan material bilan bog’lab, chuqurroq o’zlashtiradilar. O’qitishning individuallashtirish tamoyili. Olrta ta’lim tizimini isloh qilish sharo’tida bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o’quvchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o’zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Biroq o’qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o’zlashtirish darajasi bir xil bo’lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to’g’ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o’xshashligi bo’lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun o’zining individual xususiyatlari; 1) diqqatning rivojlanishi; 2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 3) predmetga munosabati; 4) ko’rgazmali va og’zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi; o’quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; 6) tabiat to’g’risidagi bilimlarining sifati, og’zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o’ziga xosdir.
O’qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o’quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojiantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o’rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak. O’qituvchining o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u do’m o’quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o’rganib boradi. O’quvchilarning qanday o’zlashtirayotganligidan qat’i nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Darsni o’zlashtirishga qiynalayotganlarga o’z vaqtida qo’shimcha yordam ko’rsatish zarur. O’qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) o’quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, o’rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak. O’quvchilarga individual yondashishga asoslangan o’qitish jarayoni o’quv materialining muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, axloqiy me’yorlarni singdiradi. Tabiatshunoslikni o’qitishning o’kashunoslik tamoyili. Maktab o’lkashunosligining vazifasi o’quvchilar tomonidan ta’lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi hududini har tomonlama o’rganishdir. O’lkashunoslik hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi. O’lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog’liq, chunki o’z o’lkasini bilish O’quvchilarga uni muhofaza qilish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga imkon beradi. O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari taslikil qilinish shakllari bo’yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin. Faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin. O’lkashunoslik tamoyili nazariy tabiatshunoslik kursining O’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga uzviy ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi, o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy maTumotlarni darslar uchun tanlab olishi kerak. O’lkashunoslik tamoyili tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik tamoyillardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi. Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun, o’quvchilarning ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilishlarida foydalanadi. O’lkashunoslik tamoyilidan muntazam ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’tadil, ya’ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning oqimi rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va hokazolar) bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» bo’lmay, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma’lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak. O’quv o’kashunosligini o’lkani o’rganish bo’yicha faqat yurish va to’garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam kuzatishlar bilan, o’rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xushhavo joylarini tekshirish bilan hamda o’z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog’lash kerak bo’ladi. Darslardagi umumlashtirish o’rganiladigan dastur mavzulari bilan bog’liq holda borishi lozim. O’lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u o’quvchilarga tanish bo’lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasavvurlar asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish imkoniyatini beradi. Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir. O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo,anhor kabi suv havzalari, ko’chatzorlar borligini, ularni ifloslanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlarga g’amxo’rlik qilish lozim. Qimmatli tabiat obyektlarining ta’rifmi tuzish va ularni qo’riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo’lgan jismlarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta’sirini o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok etish lozim. O’lkashunoslik tamoyilini o’quv-tarbiya ishlarida faqat maktab o’lkashunoslik burchagida mahalliy materiallami izchil ravishda to’plab borgan sharo’tdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o’lkashunoslik kuzatishlari, boshlang’ich sinfda o’quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to’planib boradi va bu xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o’rganishda kerak bo’ladigan asosiy tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo’lib xizmat qiladi. Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, o’quvchilarni tabiatni kuzatishga o’rgatish, ularda mehnat ko’nikmalari va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ana shu muhim talablami bajarish, avvalo, tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshirish, avvalo, o’quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to’g’ri tashkil qila olishdadir. O’quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to’g’risida aniq tasavvurlar hosil qilish, o’rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog’lash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya’ni tabiatshunoslik fanlarini о’rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o’rnatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo’llarini qo’llash, o’quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog’lab tushuntirish lozim. Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, shuningdek, tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga o’d elementar tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik darslarida eng muhim tushunchalarni ajratib tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta’minlaydi. Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir. Chunonchi, «o’simliklar» tushunchasiga barcha o’simliklar uchun umumiy bo’lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o’sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi, ya’ni tirik organizm hisoblanadi. Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak.