O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, bilimni o’zlashtirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llaydi (savollami takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko’rgazmaii qurollami aniqlaydi). Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkuming rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to’g’ri keladi. Taqqoslash — narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalaming belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: Faqat bir-biriga daxlli bo’lgan narsa va hodisalami, ya’ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut bo’lganlari (archa va qarag’ay, zarang va chinor)ni taqqoslash kerak.
Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi, taqqoslash faqat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasiga qarab ham bo’lishi mumkin.
Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlami qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalaming eng muhim belgilarini aniqlaydilar. Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma’noda juda qulay. Chunonchi, 3-sinfda «O’simlik va hayvonot olami» mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda — quruq tuproqda o’sadi? O’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda o’sayotgan qamish quruqda o’sayotganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor? Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi O’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin. Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor. Sintez bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak — poxolcho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi — don). Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlami aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llaydi. O’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolami osonlik bilan payqaydi. «Nima uchun?», «Nimaga?» savollariga javob talab qilib, o’qituvchi bolalami o’z fikrlarini asoslashga, o’z oldilariga savollar qo’yishga va ularga to’g’ri javob berish uchun harakat qilishga o’rgatadi. Nazorat savollari
Aniq misollarda o’qitishning muntazamlilik va izchillik, ilmiylik va tushunarlilik tamoyillarini tushuntiring.
«Tabiatshunoslik» darsligidagi mavzulami tahlil qiling. Undan nazariyaning amaliyot bilan bog’langanligi aks etgan materialni toping.
Tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarning puxta o’zlashtirilishi nimalarga bog’liqligini izohlab bering.
Maktabda tabiatshunoslik darslarini kuzatib, o’qituvchi qaysi didaktik tamoyillardan foydalanganini aniqlang va ular haqida ma’lumot bering.
O’qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo’lishini yozing.
Tabiatshunoslikni o’qitishda o’Ikashunoslik tamoyili qanday ahamiyatga ega ekanini izohlab bering.
Aniq misollar asosida nazariyani amaliyot bilan bog’lash haqida ma’lumotlar to’plang.
«Tabiatshunoslik» fanidan tutilgan daftarlarda o’lkashunoslik tamoyilini amalga oshirish yo’llari va boshqa tamoyillar bilan bog’liqligi haqida xulosa yozing.
Mavsumiylik va o’lkashunoslik tamoyillarining bir-biriga bog’lovchi xususiyatlarini tahlil qiling.
Innovatsiya va integratsiya jarayonining «Tabiatshunoslik» fanida tutgan o’mi haqida axborot tayyorlang.
Maktab atrofiga o’xshash joyga 3-yoki 4-sinf uchun o’lkashunoslik ekskursiyasi rejasini tuzing. Bunday tamoyillar tabiatshunoslikni o’qitishning asosiy tamoyillari hisoblanadi?
O’qitishda muntazamlilik deb nimani tushunasiz?
Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi nima bilan belgilanadi?
Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik tamoyilining mazmunini qanday tushunasiz?
O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili deb nimani tushunasiz?
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lashning ahamiyati nimada?
Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi qanday amalga oshiriladi?
O’quvchilaming ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili qanday vazifalarni o’z ichiga oladi?
O’quvchilarning ijodiy faolligi nimalarga bog’liq?
Ko’rgazmalilik tamoyilining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni qanday shakllarda bajarish mumkin?
Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish o’quvchilarning qanday faoliyatlarni amalga oshirishlarini ta’minlaydi?
Tabiatshunoslikni o’qitishda bilimlarni puxta o’zlashtirish tamoyili qanday ahamiyatga ega?
Tabiatshunoslik bo’vicha bilimlarning puxta o’zlashtirilishi nimalar bilan izohlanadi?
O’qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo’ladi?
Bolalaming individual xususiyatlarini o’rganish qanday ahamiyatga ega?
O’quvchilarga individual yondashish qanday faoliyatlarning rivojlanishini ta’minlaydi?
Individual yondashish deganda nimani tushunasiz?
Maktab olkashunosligining vazifasi nima?
O’lkashunoslik tamoyilining vazifasi nima?
O’lkashunoslik tamoyili qanday didaktik tamoyillardan foydalanish imkonini beradi?
Jonajon o’lkani o’rganish qanday tamoyil asosida olib boriladi?