Alfavit usuli. O‘tkazilish tartibi:
O‘qituvchi o‘quvchilarga alfavitdagi harflardan biri yozilgan
qog‘oz tarqadi. Har bir o‘quvchida boshqa-boshqa harflar bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi topshiriqni tushuntiradi va vaqt belgilaydi;
O‘quvchilar qo‘llaridagi qog‘ozda qaysi harf berilgan bo‘lsa
o‘sha harfga mavzuga mos so‘z topishlari va yozishlari kerak.;
O‘qituvchi vaqt tugagach ishni oladi va doskaga alfavit
tartibida osadi;
Topshiriq muhokama qilinib g‘olib o‘quvchi aniqlanadi.
Tabiatunoslik darslarida foydalanish mumkin bo‘lgan o‘yin,
mashqlar .
Bolachalar shoxchalarda
O‘yinning didaktik vazifasi.
Bir o‘simlikka tegishli qismlarni tanlash.
O‘yin harakatlari.
O‘z juftini qidirish.
O‘yinning sharti.
Faqat ruxsat berilgandan keyin o‘z juftini qidirish mumkin.
O‘yinning borishi.
Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruhdagilarga barg
(“shoxcha”lar), ikkinchi guruhdagilarga sabzavotlar (“bolacha”lar)
tarqatiladi. “Bolacha” lar, o‘z “shoxcha”laringizni topinglar!” deyilgandan
so‘ng. har kim o‘z juftini qidiradi, ya’ni juftdagi ikki bola qo‘lidagi
narsalar bir o‘simlikka tegishli bo‘ladigan holda turib olishlari kerak.
O‘yin to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘ynalganligi “sehrli darvoza”da
tekshiriladi. (O‘qituvchi va bir o‘quvchi yoki ikki o‘quvchi tekshiradi).
Bunda juftlar topshiriqni xato bajargan bo‘lsa, “Sehrli darvoza” yopiladi,
ya’ni ko‘tarib turilganqo‘llar pastga tushiriladi.. o‘yin takrorlanganda,
bolalar qo‘llaridagi burglar va mevlarni almashtiradilar.
“Bu qanday o‘simlik?” o‘yini Buyumni ta’riflash, shunga asosan uning nima ekanini topish.
O‘yin harakatlari.
O‘simliklar haqida topishmoqlar aytish va ularga javob topish.
O‘yinning sharti.
O‘simlikni kelishilgan izchillikda ta’riflash. Farq qiladigan belgilari
ta’riflangandan keyingina uning nomini aytish.
O‘yinning borishi.
O‘simliklar odatdagi joylarida turibdi. O‘qituvchi bolalarning biriga
o‘simliklardan birini tanlab, ta’riflashni aytadi. Bolalar bu ta’rifni eshitib,
ushbu o‘simlikning nomini aytishlari kerak.
“Nima qayerda yashaydi?” o‘yini O‘yinning didaktik vazifasi.
O‘simliklarni tuzilishiga ko‘ra guruhlarga ajratish.
O‘yin harakatlari.
Tulkidan qochish.
O‘yinning sharti.
Ruxsatdan keyin, yashirinish uchun joy qidirish.
Kerakli narsalar: tulki, quyon va olmaxon maskasi.
O‘yinning borishi.
O‘yin sayohatga chiqilganda olib boriladi. O‘qituvchi o‘yin sharti bilan
tanishtiradi: “sizlar quyon va olmaxonlar, yana biringiz tulki bo‘lasiz,
olmaxon va quyonlar yashirinishlari uchun o‘zlariga joy topishi kerak”. O‘yin vaqtida o‘qituvchi olmaxonlar daraxtlarga, quyonlar butalar
orasiga yashirinishlarini uqtiradi. Tulki tayinlanadi.
O‘qituvchining “tulki kelyapti” deb ovoz berganidan keyin olmaxonlar
daraxtlarga quyonlar butalarga qarab yuguradilar. Buni noto‘g‘ri
bajarganlarni tulki tutib oladi.
“Mevali savat” o‘yini Barcha o‘quvchilar stollarga o‘tirib oladilar. O‘qituvchi yoki biror
o‘yin boshlovchi 3 ishtirokchidan qaysi mevalarni yaxshi ko‘rishlarini
so‘rab bilib oladi. Va har bir o‘quvchiga shu mevalarning nomini beadi.
Har bir meva uchta kishini nomini bildirishi kerak. Keyin yetakchi
ushbu mevalardan birining nomini aytadi, shu nom ostidagilar joylarini
almashtiradilar. Joy yetmagan o‘quvchi o‘yinni davom ettiradi. Agar
yetakchi “Mevali salat” desa, hamma o‘z joyini o‘zgartirishi kerak.
O‘qin o‘quvchilar o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlashga, ularni
birlashtirishga xizmat qiladi.