Tabiatunoslik va uni o‘qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə24/37
tarix12.10.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#154242
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Tabiatshunoslik 4-kurs TO\'M majmua sirtqi

Bilimdon usuli.
(Bilaman bilishni xohlayman, bilib oldim)
Ushbu texnologiya yangi mavzuni jamoa bo‘lib fikrlab o‘zlashtirish,
yechimni topish, kerakli ma’lumotlarni tanlash, fikrlarni guruhlarga ajratish,
yangi o‘zlashtirilgan mavzuni umumlashtirishga o‘rgatadi.
 O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi;
 O‘qituvchi doskaga uch qatordan iborat jadval chizadi;
O‘qituvchi jadvalning har bir ustuniga “bilaman”, “bilishni
xohlayman”, “bilib oldim” kabi so‘zlarni yozib chiqadi va shu so‘zlar
tagiga mos ma’lumotlarni fikrlab, tanlab yozishni tushuntiradi;
 O‘qituvchi mavzuni e’lon qilib, o‘quvchilardan mavzu bo‘yicha
qanday ma’lumota ega ekanliklarini so‘raydi;
 O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar “Bilaman” nomli
qatorga yoziladi;
 O‘qituvchi o‘quvchilardan yangi mavzu yuzasidan qanday
ma’lumotlarni bilishni xohlashlarini so‘raydi;
 O‘quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar “Bilishni xohlayman”
nomli qatorga yoziladi;
 Har ikki qator bo‘yicha faoliyat yakunlangach o‘qituvchi yangi
mavzu bo‘yicha ma’lumotlar yozilgan matnlarni tarqatadi yoki mavzuni
tushuntiradi;
Matn bilan tanishilgach, o‘qituvchi o‘quvchilardan nimalarni
bilib olganliklarini so‘raydi;
 Yig‘ilgan ma’lumotlar “bilib oldim” nomli qatorga yozib
chiqiladi.
Debat usuli
O‘tkazilish tartibi:
 O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi;
 Bir guruh o‘quvchilar muhokama qilinadigan masalaga fikran
yondashadilar, ikkinchi guruh o‘quvchilari esa muhokama qilinayotgan
masalaga qarshi fikrlar bildiradilar.
 Doskaga ilingan vatman qog‘ozga tabliqa chiziladi, ikkita
jadvalga ajratiladi
 Ovoz beruvchi guruh tabliqaning bir tomoniga masala
yuzasidan fikrlarini bayon etadilar
 Tabliqaning ikkinchi tomoniga masala yuzasidan qarshi fikrlar
bayon etiladi.
Demak bu usul orqali o‘quvchilarning tanqidiy, mantiqiy, mustaqil
fikrlash ko‘nikma va malakalari rivojlanib, o‘z fikrlarini himoya qilishga,
bahs munozaraga kirishishga o‘rganadilar.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin