4-Amaliy mashg‘ulot. Tabiatshunoslik darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish Reja: 1.Sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlarni qo‘llash metodikasi.
2.Ommaviy sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
3.Turli mavzulardagi bayram va tadbirlarni o‘tkazish senariysini tayyorlash.
Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o‘chirg‘ich, xarita, boshlang‘ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko‘rgazmalar.
Nazariy tushuncha.Tabiatunoslik darslariga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi: o‘quvchilarni tabiatdagi umumiy o‘zgarishlar to‘g‘risida, o‘z o‘lkasining tabiati to‘g‘risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to‘g‘risida, yerning shakli va relyefi to‘g‘risida, odam organizmi va uning salomatligini muxofaza qilish to‘g‘risida bilimlar bilan qurollantirish; botanika, jo‘g‘rofiya, yuqori sinflarda anatomiya bo‘yicha o‘quv materialini o‘zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish; o‘qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; tabiatunoslik o‘rganishda qiziqishni shakllantirish.
Tabiatunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mexnat, axloqiy, estetik va jismoniy birldigini ta’minlaydi. Ayniqsa tabiatunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material beradi.
“Klaster” usuli. Bu usul o‘quvchiga berilgan mavzu bo‘yicha erkin fikr yuritish imkonini yaratadi. Bu usulda o‘quvchi nimani o‘ylagan bo‘lsa, belgilangan vaqt tugagunga qadar shuni aytadi va yozadi. Bu sinfning har bir o‘quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasidagi aloqalarni yanada
mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. “Klaster” usuli yangi mavzuni
boshlashdan avval o‘quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo‘yicha oldin
egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o‘tilgan mavzuni
mustahkamlash uchun o‘tkaziladi.
“Mozaika” usuli
Mozaika ya’ni mayda bo‘laklardan yaxlit ko‘rinishni hosil qilish.
O‘yinning o‘tkazilish tartibi:
O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi;
O‘qituvchi o‘yin tartibi bilan tanishtiradi;
Har bir guruhga qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning
bo‘laklarga bo‘linib, alohida tarqatiladi;
Vaqt belgilanadi;
Belgilangan vaqt ichida bajarilgan ishlarning taqdimoti
o‘tkaziladi;
Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt
haqida gapirib beradilar.
“Issiq kartoshka” usuli.
O‘quvchilar aylana bo‘lib turib oladilar;
O‘qituvchi biror mavzuda so‘z aytadi va qo‘lidagi koptokni
bir o‘quvchiga otadi;
Koptokni ilib olgan o‘quvchi shu mavzuda so‘z aytib u ham
bir o‘quvchiga koptokni otadi;
O‘yinning sharti bo‘yicha so‘zlar takrorlanmasligi va koptok
ushlab turilmasligi kerak. Kimda kim shunday xatolikka yo‘l qo‘ysa
o‘yindan chiqqan hisoblanadi.
“To‘xtab o‘qish” usuli. O‘qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha marta
to‘xtab, o‘quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan
matnga tegishli bo‘lishi zarur. Yoki o‘quvchi matn o‘qish jarayonida
to‘xtatilib, nima haqida o‘qiganligi so‘raladi. Bu usul orqali
o‘quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari
shakllanadi.
“Zanjir” usuli. Xotirani mustahkamlash uchun o‘tkaziladigan usullardan biri
bo‘lib, o‘tkazilish tartibi:
O‘quvchilar diqqatlarini jamlab oladilar va o‘qituvchi
topshirig‘iga binoan tayyorlanib oladilar;
O‘qituvchi hayvonlardan birining nomini aytadi va boshqa
bir o‘quvchiga uni qaytarishini va o‘zi ham yana bir hayvon nomini
aytishini taklif qiladi;
Keyingi o‘quvchi ham avvalgi hayvonlar nomini yatadi va
o‘zi ham bir hayvon nomini qo‘shib aytadi;
Topshiriq shu tariqa davom etadi, qaysi o‘quvchi xotirasi pand
berib hayvon nomlarini unuqa zanjir o‘sha yerda uzilgan hisoblanadi.
Bu usul orqali o‘quvchilar xotirasi mustahkamlanadi hamda biror
mavzu bo‘yicha kengroq ma’lumotga ega bo‘ladilar hamda og‘zaki
nutq rivojlanadi.