Tabiatunoslik va uni o‘qitish metodikasi” fanidan



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə10/37
tarix12.10.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#154242
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Tabiatshunoslik 4-kurs TO\'M majmua sirtqi

3-sinfda

O’simliklar

O’simliktar

Qushlar

dala

park

bog’

kuzda

qishda

bahorda

kuzda

qishda

bahorda





























4-sinfda

Foydali qazilmalar

Qurilish

Yoqilg’i

Ma’danlar





















Tabiiy zonalarning xarakteristikasi

Nomi

Yuzasi

Qish va yozdagi harorati

O’simliklari

Hayvonlari

Aholining
mashg’uloti



















O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, bilimni o’zlashtirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llaydi (savollami takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko’rgazmaii qurollami aniqlaydi).
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkuming rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to’g’ri keladi.
Taqqoslash — narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalaming belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi.
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:

  1. Faqat bir-biriga daxlli bo’lgan narsa va hodisalami, ya’ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut bo’lganlari (archa va qarag’ay, zarang va chinor)ni taqqoslash kerak.

  2. Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi, taqqoslash faqat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasiga qarab ham bo’lishi mumkin.

  3. Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.

Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taq­qoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlami qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalaming eng muhim belgilarini aniqlaydilar.
Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma’noda juda qulay. Chunonchi, 3-sinfda «O’simlik va hayvonot olami» mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda — quruq tuproqda o’sadi? O’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda o’sayotgan qamish quruqda o’sayotganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor?
Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi O’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor.
Sintez bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak — poxolcho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi — don).
Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlami aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llaydi. O’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolami osonlik bilan payqaydi.
«Nima uchun?», «Nimaga?» savollariga javob talab qilib, o’qituvchi bolalami o’z fikrlarini asoslashga, o’z oldilariga savollar qo’yishga va ularga to’g’ri javob berish uchun harakat qilishga o’rgatadi.


Nazorat savollari



  1. 4-sinf «Tabiatshunoslik» fani dasturiga kirgan tabiatshunoslik tushunchalarining ro’yxatini tuzing.

  2. Matnda keltirilgan jadvallami aniq misollar bilan to’ldiring.

  3. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan tabiatshunoslik tushunchalarini solishtirma jadvalga yozib tahlil qiling.

  4. «Jonajon o’lka tabiati» tushunchasini shakllantirish sxemasini tasavvur orqali idrokdan tushunchaga qadar tuzing.

  5. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan o’quvchilarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan savollar ro’yxatini tuzing.

  6. 4-sinf tabiatshunoslik dasturlari va darsliklaridan biologik va geografik tushunchalarning jadvalini tuzing.

Nazorat savollari

  1. Tasavvur nima?

  2. Tushuncha nima?

  3. Tabiatshunoslik tushunchalarini qanday ta’riflaysiz?

  4. Umumiy oddiy tushunchalarni shakllantirishda oqituvchi nimaga koproq etibor qaratishi kerak?

  5. Yakka tushunchalar umumiy tushunchalardan qanday farqlanadi?

  6. Tabiatshunoslik tushunchalar! boshlang’ich sinflarda qanday shakllantiriladi?

  7. Tushunchalar hosil bo’lishi uchun qanday metodik sharo’tlarni zarur deb hisoblaysiz?

  8. Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutqning o’rni qanday?

  9. Taqqoslash nima?

  10. Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda qanday talablarga rioya qilish kerak?

  11. Mavhumlashtirish va konkretlashtirish tushunchalarini shakl­lantirish qanday ahamiyatga ega?

  12. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumlashtirishdan qanday foydalanish mumkin?

  13. O’quvchilarda mantiqiy fikmi shakllantirishda o’qituvchi qanday vazifalami bajarishi kerak?

  14. Tahlil nima?

  15. Sintez deganda nimani tushunasiz?

  16. Analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyatini qanday tushunasiz?

  17. Jadvallar va solishtirma jadvallar tabiatshunoslik tushunchalarini rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega? ,

  18. O’quvchilarda mantiqiy tafakkumi rivojlantirish qanday ahamiyatga ega?



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin