Nazorat savollari 1.Al-Xorazmiyning fandagi xizmatlari nimalardan iborat?
2.Al-Xorazmiyning «Ziji al-Xorazmiy» kitobida nimalar o’rganilgan?
3.Xind-arab raqamlarini fanga kim birinchi bo’lib kiritgan?
4.Xorazmiyning astronomiya fanidagi yutuqlari nimalarda namoyon bo’ladi?
5.Tabiatshunoslik fanlarni o’rganishda Forobiyning xizmatlari nimalardan iborat?
2-mavzu. Tabiatshunoslik ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi. Boshlang‘ich maktab tabiatshunoslik fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari.
Reja: 1.Tabiatshunoslik o’qitishda o’quvchilarni ma’naviy, ahloqiy, aqliy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 2. Tabiatshunoslik o’qitishda o’quvchilarni ekologik, estetik, iqtisodiy, gigienik tarbiyalash 3. Tabiatshunoslik o’qitishda o’quvchilarni mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari. «Tabiatshunoslik» fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash, asrash, in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’lari bilan yaratish va ko’paytirishga chorlaydi.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:
o’zaro bog’liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish;
odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma’lumotlar berish;
ularni tabiatda kuzatishlar o’tkazish uquvi va ko’nikmalari bilan qurollantirish;
tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak.
Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvoflq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar, ko’rsatilgan vazifalar, tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o’quvchining gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharo’tlar yaratilishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga muruvvatli munosabatni, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga, tarbiyalovchi ta’lim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik boVicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettimdi.
O’quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir.
Shu munosabat bilan tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarda katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o’qitishda og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta’sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinfiarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, tabiatshunoslik fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari mehnatiga hurmat», «Maktaboldi maydonidagi ishlarga qatnashish», «Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari»; 2-sinfda «Kun tartibidagi mehnatning turlari», «Xona o’sirnliklarini parvarish qilish», «Qurilish,sanoat korxonalarida ishlovchi odamlarning kasblari», «Mavsumlar bo’yicha maktaboldi maydonidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)», «Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati», «Maktaboldi maydonida odamlar mehnati», «Foydali qazilmalarni olish»; 4-sinfda «Cho’llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati», «Yer osti boyliklari, suv, havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati» mavzularidir. Mehnat mavzusi o’quvchilaming kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Mantiqiy tafakkurni rivojiantirish. Tabiatshunoslik darslaridagi ta’lim va tarbiya jarayonida asosiy e’tibor o’quvchilar tomonidan dasturlarda mo’ljallangan bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishgagina emas, balki ularda idrok qilish qobiliyati, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga ham qaratilmog’i lozim. O’quvchilaming mantiqiy tafakkurini rivojiantirish bo’yicha ish dasturida belgilangan do’rada, dastur materialida, maktabning barcha ta’lim-tarbiya ishlari bilan bog’liq holda olib borilishi kerak.
O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish ularni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operatsiyalarni uquv bilan bajarishga o’rgatish, shuningdek, ularga oddiy tushunchalarni o’zlashtirish, o’z mulohazalarini bayon qilish va xulosalar chiqarishlariga yordam berish demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli bo’lsin, tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslansin. O’qitish jarayoni, agar u to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, shu paytning o’zida o’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilmog’i zarur.
Mantiqiy uslublar (taqqoslash, tahlil qilish va sintezlash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish)dan tabiatshunoslikni o’qitishda foydalanish, tushunchalar, mulohazalar, muhokamalar ustida ishlash — bularning hammasi pedagogik jarayonni boyitadi, uni yana ham mazmunliroq qiladi, o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishini kuchaytiradi. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish ustida olib boriladigan ishni maktab ta’limining birinchi qadamlaridan (1-2-sinflarda) atrofimizdagi olam bilan tanishtirish bo’yicha darslarda boshlang’ich tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish bilan boshlamoq va o’quvchilarning yosh xususiyatiga, shuningdek, o’qitishning mazmuni hamda metodlariga qarab, asta-sekin murakkablashtirib borish bilan butun ta’lim davomida olib bormoq kerak. Tabiatshunoslik darslarining har bir mavzusi o’ziga xosdir, lekin o’qitishda qo’llaniladigan mantiqiy fikrlash uslublari o’shanday qolaveradi, faqat ularning uyg’unlashishlari almashinadi, qo’llanish shakllari har xillashadi, mazmuni murakkablashadi yoki soddalashadi.
Tabiatshunoslik darslari o’quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumladan, tafakkurning rivojlanishi uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz inson tafakkurining, tafakkursiz tilning bo’lishi mumkin emas. O’quvchilar tabiat jismlarining nomlarini atab, ular to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok qiladilar va ularga o’z munosabatlarini ko’rsatadilar. O’quvchilaming nutqi ustida ish olib borish bilan bir vaqtda o’qituvchi ularning tafakkuri ustida ham ish olib boradi, o’quvchilar fikrining aniqligi, tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik darslarida ma’lum miqdordagi tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirish jarayonida muayyan fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqiy tafakkur rivoj topadi. Aqliy operatsiya (ish)lar tahlil qilish va sintezlash tufayli o’quvchida uning ongidagiga asoslanib, yangi fikrlar, tabiatshunoslik tasvirlari vujudga keladi. Bu mazmun jihatidan bir-biriga zid bo’lgan fikrlash operatsiyalari ajralmas birlikda bo’ladi.
O’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilish. Fikrlash faoliyati odamda tabiat bilan kurashda duch kelgan qiyinchiliklarni yengish usuli sifatida evolutsiya jarayonida vujudga kelgan. Darhaqiqat, har birimiz do’mo u yoki bu darajada qiyin holatga tushib turamiz, bunda odatdagi faoliyat usulimiz muvaffaqiyatni ta’minlamasligi mumkin. Amaliy yoki nazariy maqsadlarga erishish uchun yangi yechim axtarishga majbur qiladigan shunday holatlar muammoli vaziyat deb ataladi.
Muammoli vaziyat o’quvchilar tomonidan muayyan savolga javob berishni talab qiluvchi vazifa sifatida qabul qilinadi va anglab olinadi. Tafakkur uchun masalani anglab olish — bu go’yo faol fikrlash faoliyatining boshlanishiga signaldir. O’quvchida savolning tug’ilgani, uning tafakkur yuritayotganidir.
Masalani anglab olish vazifani hal qilishning birinchi bosqichidir. To’g’ri qo’yilgan masala — javobning yarmi, deb bekorga aytishmagan. Masalan, ushbu savol: Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? Bu savol to’g’ri va aniqdir.
Ikkinchi bosqichda masala shaitini, uni yechish uchun nima ma’lumligini aniqlash boradi. Ijodiy fikrlashni ichki qonuniyatlarini o’rganish uchun o’quvchilarga masala taklif qilish, ularni muammoli vaziyatga kiritish lozim. Muammoli vaziyatga bir nechta misollar keltiramiz.
«Bolalar yo’l yoqasida oyog’i singan kuchukchani ko’rib, to’xtab qolib o’yladilar:
kuchukchani uyga olib ketish, oyog’ini bog’lash va vrachga olib borish kerak;
bechora kuchukcha azoblanayotgan bo’Isa kerak, men bari bir unga hech qanday yordam bera olmayman, chunki u o’ladi;
d) u kasal bo’Isa kerak, unga yaqinlashish xavfli, undan kasallik yuqadi».
Yuqorida masala-savol va bir nechta muammoli vaziyat keltirilgan. O’quvchilar kerakli vaziyatni tanlab olib, masalani yechishlari, tanlagan variantlarining to’g’riligini isbotlashlari kerak. O’quvchilar tanlagan javoblarni isbotlash uchun ijodiy fikrlab mulohaza yuritadilar.
O’quvchilar hal qilishi zarur bo’lgan muammoli vaziyatli masalalardan bir nechta namuna keltiramiz. «O’rmonda dam olayotgan vaqtingda quruq xashakning asta-sekin yonayotganligini payqab qolding. Nima qilasan?»:
kattalar oldiga borib, bu haqda aytaman.
o’zim o’chiraman.
d) quruq xashak kerak emas, yonaversin.
«O’ynayotgan vaqtingda odamlar ko’p yuradigan yo’lakda ag’darilib yotgan qo’ng’izchani ko’rib qolding. Yo’lovchilar uni ezib o’tib ketishlari mumkin. Sen nima qilasan?»:
qo’ng’izchani gugurt qutichasiga solib tomosha qilaman.
qyog’im bilan ezib tashlayman, chunki u daraxtlarga zarar yetkazishi mumkin.
qo’ng’izchani olib daraxt shoxiga qo’yaman.
O’zi yana ag’darilib uchib ketishini kutaman va hokazolar.
Bu muammolarning barchasi o’quvchilaming fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega.
Tabiat — dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari o’quv materiali mazmunini yetkazishning yangi metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar yig’indisini faqat esda qoldirish bo’lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo’lgan munosabatda, odatlarda, ish yuritishda, xulq-atvorda namoyon bo’lishi kerak.
Bunda tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi birinchi o’ringa chiqariladi. O’quvchilami xalq xo’jaligi rejalari aks ettirilgan davlat qarorlari bilan tushunarli tarzda tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni osonlashtirish uchun ko’rgazmali materiallar, diafilmlar, markaziy va mahalliy davriy matbuot materiallari, kino va telefilmlarni (ularni o’qituvchi bilan biiga ko’rganlaridan keyin) muhokama qilish, mehnat faxriylari, mashhur paxtakorlar, chorvadorlar, ishlab chiqarish ilg’orlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, o’quvchilar bilan birga rasmiylashtirilgan illustratsiya va statistik ma’lumotlar, turli sohalarda (respublika, viloyat, tuman va shahar bo’yicha) erishilgan yutuqlar to’g’risidagi stendlardan keng ko’lamda foydalanish lozim.
Tabiatshunoslik vositasida amalga oshiriladigan kompleks tarbiya faqat darslardagina emas, balki o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida (ekskursiya, sinfdan tashqari mashg’ulot, maktaboldi maydonidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi.
Vatanparvarlik va baynalmilalchilikni tarbiyalash. Jamiyatimizda vatanparvarlik tarbiyasini baynalmilalchilik tarbiyasisiz tasavvur qilib bo’maydi. Buning uchun tabiat muhofazasi yetarli material beradi. Shunga ko’ra vatanparvarlik tarbiyasini atrof tabiatni o’rganishdan boshlash kerak. Bolalikdan yurakka singib ketgan jonajon o’lka tabiati ayni paytda «Vatan» atalmish keng tushunchaning tarkibiy elementi hamdir. O’lkashunoslik ishlari, maktab maydonchasidagi mehnat, ekskursiyalarda jonajon o’lkani o’rganish o’quvchilar xotirasida chuqur iz qoldiradi, o’z o’lkasiga muhabbatni mustahkamlaydi, uning boyliklarini qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish zarurligi to’g’risidagi tushunchani shakllantiradi. O’lka tabiati, uning boyliklari, xo’jalik xususiyatlari bilan tanishtirish o’quvchilarning sinfda olgan bilimlarini xalqimizning turmushi va mehnat faoliyati bilan bog’lashga yordam beradi. Masalan, foydali qazilmalarni muhofaza qilish va mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi mavzulari. (3-4-sinf -Tabiatshunosliк» darsliklari).
Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab liissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o’z ichiga olib murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bola esini taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon tabiatga muhabbat bilan birga jonajon o’lkaga ko’ngil qo’yish o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan bu hissiyot maktab yillarida shakllanib, boyiydi, bunga ma’lum darajada tabiatshunoslik yordam beradi, albatta, u tabiat go’zalligini qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaza qilishga, shuningdek, ko’paytirishga ham o’rgatadi.
Atrof-muhitga ongli munosabatni tarbiyalash uchun birinchi sinfdan boshlaboq atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda (tabiiy xarakterdagi maqola o’qilgandan keyin) bolalar oldiga amaliy vazifalar qo’yish zarur.
Ikkinchi sinfda shu predmet bo’yicha bilimlar do’rasi kengaytirilayotganda nazariy bilimlar, amaliy mashg’ulotlar (qishlovchi qushlarga yordam, yashil ko’chatlarni himoya qilish, erta gullovchi o\simliklarni qo’riqlash) bilan bog’lanadi.
Uchinchi sinfda tabiatdan foydalanish, uni muhofaza qilish borasida odamlar mehnatiga alohida e’tibor beriladi.
To’rtinchi sinfda tabiat muhofazasi bo’yicha bilimlar quyidagi tartibda muntazamlashadi: jonajon o’lka — Vatanimiz tabiati, insonning tabiatni qo’riqlashi. O’quvchilar tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish katta ahamiyatga ega ekanligi haqida dastlabki tushunchalarga ega bo’ladilar. Konstitutsiyada yozilgan tabiat muhofazasi to’g’risidagi modda mamlakatimizda tabiatni qo’i iqlash bo’yicha amalga oshirilayotgan siyosatning natijasi degan qarashlar singdirib boriladi. Bu siyosat tabiatni muhofaza etishga o’d dastlabki hujjatlar bilan uzviy bog’langan. Muhimi shundaki, tabiatshunoslik darslari o’quvchilarni tabiatga do’r bilimlar bilan boyitib, ularni Vatanimiz tabiati bilan faxrlanish tuyg’ularini mustahkamlaydi.
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash. Maktab o’quvchilarga O’zbekistondagi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari to’g’risida tasavvur berishi, jamiyat hayotida ro’y berayotgan jarayonlarning mohiyatini tushunib olishlariga yordam beruvchi bilim asoslarini shakllantirishi, kasbga yo’naltirishi, kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlashda zarur bo’ladigan, amaliy o’quv hamda ko’nikmalarni singdirishi kerak. Tabiatshunoslik darslarida, shuningdek, tirik tabiat burchagi, maktaboldi maydoni va boshqalarda amaliy ishlar bajarish vaqtida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari oddiy mehnat asboblarini ishlata olish, kuzatish va tajribalar o’tkazish bo’yicha amaliy o’quv hamda ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
O’quvchilar maktaboldi maydonchasida qishloq xo’jaligi ishlarini bajarib, dala va fermalarda kattalarga yordam berib, ta’lim-tarbiya maqsadida unumli mehnatga baholi qudrat kirishadilar. Ularda asta-sekin olingan bilimlarni amalda qo’llash, tabiat hodisalarini tushunish, qishloq xo’jaligida har xil amaliy ishlami bajarish uquvlari rivojlanadi. «Yashil nazoratchilar» qishloq xo’jaligi zararkunandalarining paydo bo’lishini kuzatish bo’yicha amaliy faoliyat yuritib, olgan bilimlarini to’ldiradi va kengaytiradi, o’quvchilarni tabiatga yanada yaqinlashtirib, unga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalaydi.
Amaliy faoliyat o’quvchilarda mehnatga muhabbatni, ongli intizomni, maqsadga erishishda astoydillikni, jamoada ishlash uquvi va boshqa foydali sifatlarni tarbiyalaydi.
Shunday qilib, umumiy ta’lim maktablari boshlang’ich sinflarining tabiatshunoslik darslarida ham o’quvchilarga har tomonlama tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bunday tarbiyadan maqsad yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni, estetik didni shakllantirish, ularni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash, tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga, mehnatga o’rgatishdan iborat.