Tabiiy boyliklar



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#88480
  1   2   3
2-sinf tabiiy fan tabiiy boyliklar



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Kitob tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-IDUMning boshlang’ich sinf o’qituvchisi MIRZAYEVA SABOHATning 2-sinflar uchun tabiiy fandan
TABIIY BOYLIKLAR mavzusida tayyorlagan bir soatlik



KITOB 2022-2023-O’QUV YILI
MAVZU: TABIIY BOYLIKLAR.


Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga tabiiy boyliklarga kiruvchi yerosti va yer yuzasi boyliklari, foydali qazilmalar haqida tushuncha berish va olgan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatni sevishga, tabiiy boyliklarni asrab avaylashga va ularni muhofaza qilishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning yangi mavzudan olgan bilim va malakalarini hayotga tatbiq etishni rivojlantirish.
Fanga oid umumiy kompetensiyalar
O’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini oshirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. O’zbekiston tabiiy boyliklari haqida bilib oladilar.

DARSNING REJASI:



1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqalari

2 daqiqa

3

O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni bayoni

15 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

6

Baholash

2 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

1 daqiqa



DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI:

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich
Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshiriladi.

Og’zaki

3

2-bosqich
Ma’naviyat daqiqalari

Dars shiori tanlanadi. O’quvchilarni baholash tartibi

Og’zaki

2

3-bosqich
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

O’tilgan mavzu so’raladi. Uyga vazifa tekshiriladi.

Og’zaki
Klaster”

10

4-bosqich
Yangi mavzuni bayoni

1. O’quvchilarga tabiiy boyliklar haqida tushuncha berish.
2. Yer osti va yer usti boyliklarini tushuntirish.
3. Foydali qazilmalar haqida ma’lumot berish.



Og’zaki
Izlanish


Muammoli izlanish



15

5-bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun ”Klaster” usulda ”Kungaboqar” o’yini orqali yakunlash.

Og’zaki
Klaster” ko’rsatish

12

6-bosqich
O’quvchilar bilimini baholash

O’quvchilarni darsga ishtirokini hisobga olib”Eng, eng, eng” o’yini orqali baholash

Og’zaki

2

7-bosqich
Uyga vazifa berish

Uyga vazifa berish. Darsni yakunlash.

Og’zaki

1




Dars shiori:
Tabiiy boyliklarni asrash – barchaning burchi
Maqsadimiz:
A’lo o’qib Vatanga munosib farzand bo’lish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
A) salomlashish;
B) davomadni aniqlash;
D) sinf tozaligini kuzatish.
Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi.
Dars uslubi: Noan’anaviy, Aqliy hujum, “Klaster”, “Kungaboqar”, “Eng, eng, eng” o’yinlari.
Dars jihozi: Slayd, mavzuga oid rasmlar, 2-sinf tabiiy fan darsligi.
O’qituvchi: Aziz bolajonlar, hozir darsimiz qaysi dars?
O’quvchi: Hozir darsimiz tabiiy fan darsi.
O’qituvchi: Bolajonlar, siz yangi fan tabiiy fan orqali nimalarni o’rgandingiz va nimalarni o’rganmoqdasiz?
O’quvchi: Endi bizda ham ilg’or mamlakatlar kabi yangi fan o’qitilyapti.
O’quvchi: Kimyo, fizika, biologiya, geografiya, astronomiya fanlarini o’zaro bog’liqlikda o’rganamiz va bu bizlarga atrof olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini shakllantiradi.
O’quvchi: Olamni bir butunlikda tasavvur etamiz.
O’qituvchi: Mustaqilligizni 31 yilligini qaysi shior ostida nishonladik?
O’quvchi: Mustaqillikning 31 yilligini “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nishonladik.
O’qituvchi: O’quvchilar yaqinda biz qaysi buyuk allomalarning tavallud ayyomlarini nishonladik?
O’quvchi: Yaqinda biz buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy va shoh va shoir Z.M.Boburning tavallud ayyomlarini nishonladik.
Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir”.
Islom Karimov
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”


Shoir , adolatli podshoh hamda tabiat shaydosi bo’lgan. U Hindistonda podshohlik qilgan davrida tabiatni asrash, ardoqlash maqsadida bog’lar yaratadi.



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin