O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Tabiiy fanlar fakulteti
5420100 – Biologiya yo`nalishi 3-kurs talabasi
Toshmatova Guliruxsorning
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan
Irsiyat va muhit
mavzusida tayyorlagan
REFERATI
TAYYORLADI: Toshmatova Guliruxsor
QABUL QILDI:
Hosilova Ziyofat.
Qarshi – 2017
Mavzu: IRSIYАT VA MUHIT.
R е j a :
1. Irsiyat haqida tushuncha.
2. Mendel qonuni.
3. Irsiyatning tsitologik asoslari.
4. Irsiy kasalliklar.
5. Irsiyat va muhitning o‟zaro bog‟liqligi.
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri
organizmning rivojlanishini boshqarish yo‟llarini bilib olishdir.
Irsiyat organizmlarning o‟z belgi va xususiyatlarini nasldan-
naslga o‟tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmning belgi-
xususiyatlari nasldan-naslga o‟zgarmagan holda o‟tadi.
Organizm belgi-xususiyatlarining bir qancha avlodda turg‟un
saqlanib kelishi irsiyatning bir tomoni bo‟lib, ikkinchi tomoni
organizmlarning ontogenezida ma„lum moddalar almashinuvini
xarakterini va rivojlanish tipini ta„minlashdir. Bularning hammasi
irsiyat tufayli aniqlanadi. Har pir organizmning aniq rivojlanish
tartibi uning irsiyatn bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar
avlodida o‟zgarish vujudga kelgan bulur edi. (Masalan,
bug‟doydan arpa, tovuqdan o‟rdak).
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o‟zgaruvchanlikni
o‟rganadigan fanga genetika fani deyiladi. Zamonaviy
genetikaning vujudga kelgan vaqti 1805 yil hisoblanadi, shu yili
chex olimi Gregor Mendel bir va ikki belgisi jihatidan bir-biridan
fark, qiladigan nuxat navlarini chatishtirib, belgilarning irsiy yo‟l
bilan nasldan-naslga o‟tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli
sariq nuxatni oq gulli yashil nuxat bilan changlatadi. Qizil va oq
gulli o‟simliklar 3 : 1 nisbatda vedominant va retsessiv belgi
asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishlariga
zamondoshlari munosib baho bera olmadi. O‟z tajribalarida xuddi
shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan
Mendel tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini to‟la
tukis tasdiqladi. Shunday qilib, Mendel qonunlari tan olindi.
Barcha tirik organizm hujayralardan tuzilganligini 1665 yilda
R. Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilib hujayra
ta„limotining tug‟ilishiga olib keldi. U po‟kakdan yupqa
aralashma tayyorlab, mikroskop ostida kuzatganda mayda
katakchalarni ko‟rdi va ularga hujayralar deb nom berdi. Elektron
mikroskop kashf etilishi bilan hujayraning tarkibi va hujayradagi
moddalar almashinuvi o‟rganila boshlandi. Hujayralar sharsimon,
duksimon, prizmasimon shakllarda bo‟ladi. Har bir hujayra
tsitoplazmatik membrana, tsitoplazma, yadro va hujayra
organoidlaridan tashkil topgan. Hujayra organoidlariga maxsus
tuzilishga ega bo‟lgan va ma„lum funktsiyani bajaradigan
tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik tur, ribosomalar, Golji
apparati, mitoxondriyalar, lizosomalar va tsentrosomalar va h.
Hujayra membranasi hujayraning tashqi va ichki muxiti orasidagi
modda almashinuvini boshqaradi. Endoplazmatik to‟r turli
moddalarni tanlab Utkazish xususiyatiga ega. Ribosomalar
oksillar sintezida ishtirok etuvchi hujayra organoidlaridan biri
xisoblanadi. Mitoxondriyalar hujayrani energiya bilan taminlovchi
ko‟pgina ximiyaviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Lizosomalarda
oziq moddalarni parchalaydigan har xil fermentlar saklanadi.
Yadro atrofida joylashgan organoid hujayra markazi deb
nomlanadi. U hujayra bo‟linishida muxim rol o‟ynaydi.
Yadroning shakli, o‟lchami ko‟proq hujayraning shakli va
o‟lchamiga bog‟liq bo‟ladi. Yadro tarkibida xromosomalar
mavjud. Hujayra yadrosining bo‟linishida kuzatiladigan va yaxshi
bo‟yaladigan tanachalarni 1888 yilda nemis olimi V.Valdeyer
aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha
so‟z bo‟lib, "xromos" buyoq, rang "soma" tanacha degan ma„noni
bildiradi. Xromosomalar organizmning o‟ziga xos bo‟lgan barcha
biologik belgilarini irsiy yo‟l bilan nasldan-naslga o‟tkazadi. U
oqsillar va nuklein kislotalarining yirik molekulalaridan tashkil
topgan. Xromosomalar ipsimon yoki tayoqsimon shaklda bo‟lib,
uning soni turli o‟simlik, xayvon hujayralarida turlicha bo‟ladi.
Xromosomalar tanamizdagi barcha hujayralarda bo‟ladi. Dastlab
1956 yilda kursatib berilgandek odam hujayralarida 46 tadan
xromosoma bo‟ladi. Jinsiy, hujayralar boshqa hujayralardan farq
qilib, 23 tadan xromosoma tutadi. Erkak va ayol hujayralari bir-
biri bilan qo‟shilganda xromosomalarning soni 46 taga yetadi.
Hujayraning
bo‟linishi xromosomalarning ipsimon ikkita
tizilmaga ajralishidan boshlanadi. Xromosomalar ximiyaviy
tabiatining aniqlanishi bioximiyaning so‟nggi yillarda, qo‟lga
kiritgan
eng
katta
yutug‟i
bo‟ldi.
Xromosomalarning
dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalaridan
tashkil topganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda DNKda irsiy belgilar
informatsiyasining kodlari saqlanishi, ya„ni DNK orqali
hujayradan-hujayraga, organizmdan-organizmga irsiy axborot
o‟tkazilishi isbotlangan. DNK molekulasi qo‟shaloq spiral
strukturasiga ega. Buni 1953 yilda Uotson va Krik kursatib
berishdi. Ular shu kashfiyotlari uchun Nobel mukofoti olishdn.
RNK oqsil sintezida ishtirok etadi. Oksil sintezida 20
aminokislota ishtirok etib, ularning sintezlanishi 1,5 min. davom
etadi. Xromosomada yanada mayda zarralar, ya„ni oksil
molekulasining sintezini belgilab beradigan genlar bor. Gen
irsiyat birligidir. Genetika fanining eng katta yutugi DNK
molekulasidan gen ajratib olindi va sintez qilindn. Gen bir-biriga
yak.in bo‟lsa ular belgilab beradigan belgilarning naslda ipmoyon
bo‟lish extimoli shuncha katta bo‟ladi. Odamning jinsiy
hujayralarida xromosomalar soni 23 ta bo‟lib, diploid soni 46 ta,
ya„ni 22 juft autosomani (jinssiz xromosomani) va ikkita jinsiy
xromosomani o‟z ichiga oladi. Jinsiy xromosomalar urg‟ochi
hujayralarda XX, erkaklarda XU deb belgilanadi. Barcha tirik
hujayralar ko‟payish xususiyatiga ega. Tirik organizm ko‟payish
orqali o‟ziga o‟xshash organizmlarni hosil qiladi. 1871 yilda
student GAMM va olim LYeVYeNGUK erkak jinsiy suyuqligida
jinsiy hujayralar-spermatozoidlarni topdilar. Spermatozoid so‟zi
urug‟lik, jonivor degan ma„noni anglatadi. Spermatozoidlar jinsiy
bezlarda (urug‟donda) yetiladi. Urg‟ochi jinsiy hujayralar (tuxum
hujayralari) taraqqiyoti ovogoniy deyiladi. Erkak va urg‟ochi
jinsiy hujayralarning q.o‟shilishi urug‟lanish deyiladi. Urug‟lanish
natijasnda zigota undan embrion xosil bo‟ladi. Jinsiy hujayralar
bir-biridan kancha uzoq bo‟lsa, zigotada ichki karama-karshilik
paydo bo‟ladi, natijada zigota yaxshi rivojlanadi. Organizmning
o‟ziga meros qilib olgan belgilari genotip, organizmning
individual rivojlanishi protsessida shakllanib boradigan belgi va
xossalari fenotip deb nom oldi.
Jins organizmdagi belgi-xususiyatlar yig‟indisi bo‟lib, yangi
bug‟inlarning vujudga kelishini va irsiy belgilarning nasldan-
naslga o‟tishini ta„minlaydi. Erkak va urg‟ochi jinslarning
tug‟ilishi qadimdan kishilarda katta qiziqish uyg‟otib kelgan.
Biroq bu masala o‟tgan asrning boshlarida aniqlandi. Jins bu
erkak va urg‟ochi organizmlardagi jinsiy xromosomalarga bog‟liq.
Erkaklarda XY va ayollarda XX ga bog‟liq ekan. Tuxum
hujayradagi X xromosoma spermaning X xromosomasi bilan
urug‟lansa zigotada XX xromosomalar hosil bo‟ladi. Ulardan
urg‟ochi organizm rivojlanadi. Tuxum hujayra (X) spermaning
(Y) xromosomasi bilan urug‟lansa zigotada XY xromosomalar
hosil bo‟ladi. Ulardan erkak organizm rivojlanadi. Xromosomalar
1:1 qo‟shiladi, ya„ni 100 iiz chaqaloqqa 106 o‟g‟il chaqaloq
bolalikda 100:103, o‟spirinlikda 100:100, 50 yoshda 100:85
(erkak), 85 yoshda 100:50 (erkak) tugri keladi. Bunday bo‟lishiga
albatta biologik sabablardan tashqari sotsial sabablar ham ta„sir
ko‟rsatadi. Ba„zida bitta tuxum hujayradan otalangan egizaklar
rivojlanadi. Ba„zan bipa tuxum hujayra urniga 2, 3, 4 tuxum
hujayra bir vaqtning o‟zida urug‟lanadi. Bitta tuxum hujayraning
urug‟lanishdan paydo bo‟lgan egizaklar xamma vaqd bir jinsli
bo‟ladi va; bir-biriga "qo‟yib qo‟yganday" uxshaydi. Ikkita tuxum
hujayraning urug‟lanishidan paydo bo‟lgan egizaklar bir xil va xar
xil jinsli bo‟lib, ular bir-biriga uxshash bo‟lmaydi. Organizm
irsiyatini o‟rganmay turib, nasldan-naslga utuvchi kasalliklarning
oldini olish va davolash mumkin emas.
Tibbiyotda 1500 dan ortiq irsiy kasallik turlari mavjud. Nasl
kasalliklari
xromosomalarning
anomal yig‟indisi,
jinsiy
hujayralarning o‟zgarishi yoki mutatsiya ta„sirida paydo bo‟ladi.
Nasl Kasalliklariga xromosoma kasalliklari, modda almashinuvi
va immunitetning o‟zgarishiga aloqador, endokrin faoliyatiga
doir, nerv sistemasi va qonga aloqador kasalliklar kiradi. M-n
xromosoma kasalliklari jinsiy Xromosoma va autosomalarda ro‟y
bergan o‟zgarishlardan paydo bo‟ladi. Autosoma anomaliyasiga
Daun kasalligi kiradi (ularning kallasi kapa, beuxshov, ko‟zi
qiyiq, quloq suprasi kichik, tana bilan qo‟l-oyoq nomutanosib,
panjalar kalta, qo‟l jimjilog‟i kalta va qiyshiq bo‟ladi), yana
Shershevskiy- Terner sindromi ayollarda XX o‟rniga XO bo‟ladi,
bularda birlamchi jinsiy organlar uchramaydi. Agar uchta jinsin
xromosomalar kompleksi uchrasa, ayollarda jinsiy organlar
rivojlanmaydi (XXO). Erkaklarda XXY kompleks—uchrasa
ularda Klayfelter sindromi yuzaga chiqadi, bunda urug‟don kichik
bo‟lib, sperma rivojlanmaydi. Ba„zida kasalliklar X yoki U
xromosolariga birikkan bo‟ladi. M-n: erkaklarning oyok, panjalari
orasida parda bo‟ladi. Bu U xromosoma bilan bog‟liq X
xromosoma bilan bog‟liq bo‟lgan Dalton va gemofiliya
kasalliklari, bu kasallik qizlarda yashirin, o‟g‟illarida yuzaga
chiqadi. Modda almashinuviga bog‟liq kasalliklarga o‟t pigmenti
biliru bin miqdori qonda ortib ketadi va yaerv sistemasini
zaharlaydi aqliy va jismoniy rivojlanish orqada qoladi. Endokrin
sistemada gormonlar miqdorining o‟zgarishi tufayli paydo bo‟ladi.
M-n. buyrak usti bezi kasallanganda bolalar ovqat yemay,
emmaydi, to‟xtovsiz qusadi, ozib ketadi, qalqonsimon bez
kasalligiga gipoterioz, qandli diabet kasalligi kiradi. Qon
kasalligiga gemofiliya, leykoz. Nerv sistemasining kasalliklariga
nerv muskul sistemasi va miya zararlanishi, kasalliklari kiradi.
Tashqi faktorning salbiy ta„siri natijasida xar1 irsiy kasallik
yuzaga chiqadi {karlik, nurlanish - qon raki).
Shunday qilib, qadimda kishilarga jumboq bo‟lgan, jins bilan
bog‟liq irsiy kasalliklar va belgilarning nasldan-naslga o‟tishi
xromosoma tabiatini puxta o‟rganish asosida hal qilindi.
Nasldan-naslga o‟tadigan kasalliklarni rivojlantirmaslik uchun
bolalarni jismoniy sog‟lomlashtirish, ovqat sifatini yaxshilash,
chiniqtirish, yuqumli kasalliklardan saqlash, o‟ta charchashni
oldini olish masalalariga katta e„tibor berish kerak. Genetika
fanining
rivojlanishi
natijasida
nasldan-naslga
o‟tadigan
kasalliklarni vaqtida aniqlash va oldini olish mumkin bo‟ldi.
Hozircha tibbiyotda anomal gen va xromosomani davolash
usullari yo‟q. Irsiy kasalliklar organizmda xilma-xil xastaliklarni
paydo qiladi. Ular asosan kliniko-genetik usullar orqali
o‟rganpladi, ya„ni avlodlar shajarasi tuziladi.
Irsiy belgilar tashqi muxit ta„siriga juda chidamli. Organizm -
yashayotgan, muhit sharoitiga qarab, irsiy belgilarning sifati
o‟zgarishi mumkin. Irsiy belgilarning bu hil o‟zgarishi mutatsiya
deb ataladi. Mutatsiya lotincha so‟z bo‟lib, o‟zgarish, aylanish
degan ma„noni bildiradi va u irsiyatda hal qiluvchi rolni o‟ynaydi.
Mutatsiya- gen apparatida ro‟y bergan va laslday-naslga o‟tib
boradigan o‟zgarishdir. Vujuga kelgan yangi belgilar nasldan-
naslga o‟tadi va o‟z ajdodlaridan boshqacha bo‟ladigan yangi nasl
paydo bo‟ladi. Barcha organizmlar tashqi muhit sharoitiga
moslashadi. Xar xil organizmlar ma„lum tashki muxit sharoitiga
kunikma hosil qilgan. Shuning uchun fakat ma„lum sharoitda
yashashi va rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanish
protsessida-urug‟langan tuxum hujayradan to voyaga yetgunga
qadar tuxtovsiz genotipning nazorati ostida va tashqi sharoit
ta„sirida bo‟ladi. Mutatsiyadan tashqari darvinizmning asosiy
qonuni-tanlanish ham irsiyatga ta„sir ko‟rsatadi.
Xush, odam o‟ziga nimani meros qilib oladi? Odam uzining
butun "biofondini" meros qilib oladi, yani butun organizmini ko‟z,
sochini rangini, organlar shaklini, nerv sistemasini, sezgi
organlarini va b. meros qilib oladi, biroq bola tug‟ilganidan
boshlab u sotsial muhit shart-sharoitlarida usib, rivojlanib boradi,
biologik va sotsial omillarning o‟zaro ta„siri natijasida, o‟ziga xos
bo‟lgan shaxsiy xususiyatlarga ega bo‟lgan organizm shakllanadi.
Ular fenotipini belgilab beradi. Demak, irsiyat tashqi muhit
tasirida o‟zgaradi, lekin yo‟q bo‟lib ketmaydi.
Dostları ilə paylaş: |