Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə100/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

SITOKININLAR. Bu guruhga kirunchi fitogormoilar asosan hujayralarning bo‘linishini faollashtiradi. SHuning uchun ham ular sitokiniilar deb nom oldi. Ularni 1955 yilda birinchi marta K.Miller va F.Skug seld spermasidan ajratib oldilar. Bu birikmalar kristall holda ajratib olingandan keyin ular 6-furfurilaminopurin (ketin) ekanligi aniqlandi (С10Н9N5О). Keyinchalik kinetin tabiiy sitokinlar guruhiga kirmasligi aniqlandi. 1964 yilda Letam makkajo‘xorining xom donidan tabiiy sigokinin — zeatinni ajratib oldi:Tabiiy sitokininlar ildizda hosil bo‘lib, o‘simlik ksilema shirasining oqimi bilan yuqoriga ko‘tarilsdi. Sitokinninlar o‘simliklar hujayrasining bo‘linishini jadallashtirish bilan bir qatorda boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etdi. Ular o‘sishdan to‘xtagan va qari barglarda modda almashinuv jarayonini faollashtiradi, ya’ni tez qarishdan saqlaydi, sarg‘ayib qolgan barglarni qaytadan yashil rangga kiritish xususiyatiga ega (A.L.Kursanov, O.N.Kulaeva). Bularning ta’sirida barglarda - oqsil, nuklein kislotalari va xlorofilning miqdori ortadi. O.N.Kulaevaning (1982) ko‘rsatishicha, sitokinin ta’siridan hamma shakldagi RNKlarning sintezi tezlashadi. Ayniqsa, sitokininning spetsifik oqsillar (retseptor-oqsillar) bilan hosil qilgan kompleksi ta’siridan RNK-polimerazalar va yadrodagi xromatinlarning faolligi oshadi. O‘simlikning kinetin to‘plangan joylariga boshqa organlardan organik moddalarning oqib kelishi tezlashadi. Sitokininlarning ta’siri boshqa fitogormonlar bilan birgalikda kuchliroq bo‘ladi. Masalan, sitokininlar ishtirokida differensiallashgan hujayralar yana qaytadan bo‘linishi mumkin. Sitokininlarning K, Sa va N ionlar transportini faollashtiradi, degan ma’lumotlar ham bor.
ABSSIZINLAR. Bu birikmalar birinchi marta 1961 yilda V.Lyu va X.Karns tomonidan g‘o‘zaning pishgan ko‘saklaridan kristall holda ajratib olingan. Unga abssizin (inglizcha abscisson — ajralish, to‘kilish) deb nom berganlar, chunki bu moddalar barglarning to‘kilishini tezlashtiradi.
1963 yilda fransiyada o‘stiruvchi moddalar bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada abssizinlarning mavjudligi to‘la tasdiqlandi va shu yilning o‘zida abssiz kislotaning (ABK) molekulyar tuzilmasi aniqlandi. Abssiz kislota (ABK) o‘sishni to‘xtatuvchi tabiiy birikma bo‘lib, boshqa o‘sishni boshqaruvchi fitogormonlar (auksinlar, gibberellinlar va sitokininlar) kabi o‘simlikda hosil bo‘ladi. Butun tanaga tarqaladi va juda oz miqdorda ta’sir etadi. SHuning uchun ham abssiz kislotasi o‘sishni to‘xtatuvchi gormonlar deb atalgan (С15Н20О4). Abssizinlar fenolli ingibitorlarga nisbatan juda kuchsiz konsentratsiyalarda ham ta’sir etadi. Ular o‘simlikning o‘sishini susaytirishda, urug‘larning unishini to‘xtatishda, xom meva va barglarning to‘kilishida, gullarning kech hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Abssizinlar, ayniqsa, o‘simliklarning qariyotgan organlarida (barglarda, mevalarda, urug‘larda) ko‘p miqdorda to‘planadi. Ular nuklein kislotalar, ayniqsa, DNK, oqsillar, xlorofillning sintezini susaytiradi. Mevalarning pishishini, barglarning qarishini tezlashtiradi. O‘simliklarga noqulay sharoit omillari (ayniqsa, suv etmaganda) ta’sir etganda ABK tez to‘planadi va og‘izchalarning yopilishi, transpiratsiya tezligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Umuman, bu gormonlar (ABK) o‘stiruvchi moddalarning (auksinlar, sitokininlar va gibberellinlar) antagonistlari hisoblanadi.
ETILEN. Etilen ham o‘simliklarda hosil bo‘ladigan tabiiy birikmadir. Etilenning (СН2 = СН2) fiziologik ta’sirini birinchi marta 1901 yilda D.N.Nelyubov yozgan edi. Keyinchalik YU.V.Rakitin tabiiy etilenning o‘simliklardagi fiziologik ahamiyatini har tomonlama o‘rganib, u mevalarniig pishida ishtirok etadigan gormon, degan fikrni ilgari surdi. Etilen mevalarning pishishini, meva, barglarning to‘kilishini tezlashtiradi, poya hamda ildizlarniig o‘sishini to‘xtatadi. Hujayralarning bo‘linish va cho‘zilish fazalarini susaytiradi, umuman qarish jarayonini jadallashtiradi. Chunki u asosan qariyotgan barglarda va mevalarda ko‘p sintezlanadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin