Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Qurg'oqchilik sharoitida nafas olish jarayoni



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə116/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

Qurg'oqchilik sharoitida nafas olish jarayoni. Fotosintez jarayonidan farqli o'laroq oldin anchagina kuchayadi, so'ngra pasayadi. Bu holatga avval aytib o'tganimizdek qurg'oqchilikda ro'y beradigan polisaxaridlarning parchalanishidan hosil bo'ladigan qandlar miqdorining keskin oshib ketishi sabab bo'lishi mumkin. Chunki nafas olish jarayoni uning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan qandlarga chambarchas bog'liqdir.
O'simlikka suv yetishmasligi natijasida uning o'sishi to'xtaydi, ayniqsa barglar va poyalarning o'sishi juda sekinlashadi. Bu holat hujayralaming bo'linishining va ularni tuzilishini sekinlashishi natijasida ro'y beradi. Ildizlarning o'sishi esa kuchayadi. Masalan, makkajo'xori, har xil namlikdagi tuproqli idishlarda o'stirilganda ildiz to'qimalari soni va ildiz uzunligi tuproq namligiga teskari tartibda bo'lishi aniqlangan, yani makkajo'xori suvda o'stirilganda tuklar mutlaqo hosil bo'lmagan, tuproqda esa u qanchalik quruq bo'lsa, tuplar soni shunchalik ko'p bo'lgan. Agar tuproqda uzoq vaqt suv yetishmasa, ildizlarning o'sishi ham susayadi.
Shuningdek, ildizlarda po'kak hosil bo'lishi ro'y beradi va meristemadan chiqayotgan hujayralaming differensiyalashishi kuchayadi.


6.O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish
Madaniy o‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish dolzarb muammo bo‘lib, bu sohada ayrim ishlar mavjud. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi tashqi sharoit ta’sirida o‘zgaradi. I. I.Tumanovning izlanishlari ko‘rsatishicha, o‘simliklarga qurg‘oqchilik bilan ta’sir etish usuli tufayli ularning chidamliligini oshirish mumkin. Tumanov tekshirishlari bir marta suvsizlangan o‘simlik shundan keyingi suvsizlanishga ancha chidamli bo‘lib, ikkinchi marta suvsizlanish va so‘lish ularga ancha kuchsiz ta’sir qilganligini ko‘rsatadi. P.A.Genkel chiniqtirishni urug‘ning unayotgan paytida o‘tkazishni tavsiya etdi. Bu usul bo‘yicha urug‘ endigina unayotgan vaqtda bir martadan uch martagacha quritiladi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday ekishdan oldin chiniqtirish qurg‘oqchilik vaqtlarida bug‘doy xosilini sezilarli darajada oshiradi. Genkelning tushuntirishi bo‘yicha, organizm rivojlanishining dastlabki vaqtlarida kuchliroq chiniqadi.
O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirishda o‘g‘itlarni qo‘llash ham ma’lum ahamiyatga ega. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlarda kaliy, fosfor, qisman azot va ayrim mikroelementlar (bor, rux, mis, alyuminiy va boshqalar) ta’siridan o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi ancha oshganligi ko‘rsatilgan. Ammo azot ko‘proq qo‘llanilganda, aksincha, chidamlilik pasaygani ta’kidlanadi.
Qurg‘oqchilik ta’siriga nisbatan chidamli navlarni tanlash va ulardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Bunday navlar fermentlarning sintetik qobiliyati yuqori, bog‘langan suv miqdori ko‘p, hujayra shirasining konsentratsiyasi nisbatan yuqori, mustahkam pigmentlar tizimi, suvni saqlash qobiliyati kuchli va organik moddalarni to‘plash qobiliyati yuqoriligi bilan farq qiladi. Bu ko‘rsatkichlar qurg‘oqchilikka chidamlilikning fiziologik va biokimyoviy tabiatini tavsiflaydi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin