Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Transpiratsiya jarayoniga ta’sir etuvchi tashqi faktorlar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə26/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

3.Transpiratsiya jarayoniga ta’sir etuvchi tashqi faktorlar.
O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim.Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv defitsitligi (taqchilligi) ro‘y beradi. Aksariyat hollarda taqchillik 5-10 foizga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi. CHunki asosan tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv taqchilligi odatdagi hodisa hisoblanadi. O‘simlik uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib qolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va o‘simliklarning suv muvozanati ancha kattiq buziladi. Bu Ayniqsa, sutkaning eng issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib qoladi. So‘ligan o‘simlik o‘z vaqtida suv bilan ta’minlansa, u yana (me’yoriy) turgor holiga qaytadi. O‘simliklar vaqtincha yoki uzoq vaqtgacha so‘lishi mumkin. Vaqtincha so‘lish havo juda issiq va quruq bo‘lganida ro‘y beradi. YA’ni suv muvozanati buziladi, lekin kechga tomon transpiratsiya pasayib qolishi bilan o‘simlikka o‘tadigan suv miqdori bilan undan chiqib ketadigan suv miqdori yana baravarlashadi va o‘simliklar o‘zlarining avvalgi holatiga qaytadi. Vaqtincha so‘lish o‘simlikka ko‘p zarar qilmasa ham hosilni kamaytiradi. CHunki bu paytda fotosintez va o‘sish to‘xtaydi.Tuproqda suv miqdori kamayganda esa so‘lish uzoq vaqtgacha davom etadi. Bunday xolatda hujayralardagi suv taqchilligi tezda tiklanmaydi,bandan o‘simlik qattiq zararlanadi. Keyingi yillarda transpiratsiya jarayonlariga sezilarli ta’sir etadigan uni pasaytiradigan ko‘plab moddalar ajratib olindi.Bunday xususiyatga ega bo‘lgan moddalar antitranspirantlar deyiladi. Hamma antitranspirantlar ikki guruhga bo‘linadi:1)og‘izchalarni yopilishini ta’minlaydigan moddalar; 2) barg ustida yupqa parda hosil qiluvchi moddalar. Og‘izchalarini yopilishini ta’minlaydigan moddalarga fenilmerkuratsetat,dodesenilsuksinat, absiz kislotasi kiradi.Bu moddalar o‘simlikka purkalganda og‘izchalarni tashkil qilgan hujayralarning turgori kamayadi va ular yopiladi. Ikkinchi guruh moddalarga polimyerlar polietilen, polipropilen,polistirol, polivinilxlorid kiradi. Bular barglarning ustida plyonka qavati hosil qiladi va natijada suv bug‘larining ajralib chiqishiga mexanik to‘siq hosil bo‘ladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin