Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Barg transpiratsiya qiluvchi organ



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə25/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

2.Barg transpiratsiya qiluvchi organ.
Bargning plastinkasimon (keng) tuzilishi fotosintez va transpiratsiya jarayonlari uchun eng qulay sharoit yaratadi. Bargning asosiy qismi mezofilidir. U bir kator joylashgan epidermis hujayralari bilan qoplangan. Qoplovchi to‘qima odatda ikki qavatdan iborat: ustunsimon hujayralar bargning ustki epidermisining ostida va bulutsimon hujayralar bargning pastki qismida joylashgan. Ko‘pchilik o‘simliklarda og‘izchalar bargning pastki epidermisida joylashgan. Natijada bulutsimon hujayralar orasidagi kengroq bo‘shliklar suv almashinishi va bug‘lanishi uchun qulaylik tug‘diradi. Barg epidermisi aksariyat xholda kutikula qavati va tirik yoki o‘lik tukchalar bilan koplangan. Barglardagi transpiratsiya ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: 1) suvning barg tomirlaridan mezofillga o‘tishi; 2) mezofill hujayralarining devoridan bug‘langan suv hujayralararo bo‘shliqlarga va undan og‘izchalar yoki kutikula qavati orqali atmosferaga chiqishi.
Transpiratsiya asosan barg og‘izchalari orqali idora qilinadi, ya’ni transpiratsiya natijasida bug‘langan suvniig 95-97 foizi og‘izchalar va qolgan qismi kugikula orqali atmosferaga tarqaladi. Shuning uchun ham transpiratsiya jadalligi bargdagi og‘izchalarning soniga va ularning ochiq yoki yopiqligiga ham bog‘liq. Og‘izchalarning soni 1 m2 barg yuzasida 50-500 ta va undan ortiqroq ham bo‘lishi mumkin. Bu ko‘proq o‘simlik turlariga, navlariga va suv bilan taminlanish sharoitlariga bog‘liq. Og‘izchalar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Bunga xar xil omillar sabab. Eng muhimi suv bilan ta’minlashdir. Suv yetarli sharoitda og‘izchalari ochiladi va aksincha kamlikda yopiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning bargidagi og‘izchalar yorug‘likda ochilib qorong‘ilikda yopilishi ham mumkin.
Ko‘pchilik o‘simliklarning og‘izchalari tong otganda ochila boshlaydi, ertalabki soatlar ularning eng ko‘p ochilgan vaqti bo‘ladi. Tush vaqtlarida og‘izchalarning ochig‘ligi yoki toraya boshlashi o‘simliklarning suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Kechga tomon yopila boshlaydi. Havo juda issiq va quruq vaqtlarda kun bo‘yi yopiq turadi va ertalabgina qisqa muddatga ochiladi. Og‘izchalar holatining bir kecha-kunduzlik dinamikasiga qarab transpiratsiya jadalligi ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarish hamma o‘simliklarga xos, faqat ularning jadalliklarida farqi bor. Ko‘pchilik o‘simliklarda transpiratsiya jadalligi ertalabki soatlardan kunning o‘rta qismiga tomon ortib boradi va eng yuqori darajaga etadi, so‘ngra yana kuchsizlana boshlaydi. Bu ko‘pincha quyoshning o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan haroratning ortishi va og‘izchalarning xolatiga bog‘lik. Havo juda issiq va suv miqdori kamroq kunlarda transpiratsiya asosan ertalabki soatlarda va kechga tomon jadal borib, kunning o‘rta soatlarida juda past bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar o‘z navbatida o‘simlik turlariga ham bog‘liq.
Og‘izchalar yopiq vaqtda suv bug‘larining tashqariga chiqishi to‘xtaydi va hujayra oraliqlari namlik havoga to‘ladi. Natijada transpiratsiya jadalligi ham sekinlashib, to‘xtash holatiga yaqinlashadi. Bunday vaqtlarda kutikulyar transpiratsiyasigina davom etadi. U og‘izchalar orqali bo‘ladigan transpiratsiyadan 10-20 martagacha sekin. Kutikulyar transpiratsiyaning jadalligi kugikulaning qalinligiga ham bog‘liq, ya’ni kutikulasi juda yupqa bo‘lgan yosh barglarda kuchliroq, kutikula qavati qalinlashgan qariroq barglarda sekin bo‘ladi. Umuman, transpiratsiya o‘simliklar uchun zarur fiziologik jarayondir. Uning jadalligi juda ko‘p ichki va tashqi omillarga bog‘liq.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin