Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


NAFAS OLISHNING PENTOZAFOSFAT SIKLI



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə86/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

NAFAS OLISHNING PENTOZAFOSFAT SIKLI. Bu sikl glyukoza-6-fosfatning bevosita oksidlanishi bilan boshlanadi. Bunda glyukoza-6-fosfatdan bir molekula CO2 ajralib chiqadi va besh uglerodli birikmalar-pentozalar hosil bo‘ladi. SHuning uchun ham bu yo‘l pentozafosfat (yoki apotomik) parchalanish deyiladi. Uni geksozomonofosfat sikli ham deb ataydilar. Bu yo‘l 1935-1938 yillarda O.Varburg, F.Dikkene, V.A.Engelgard va F.Lipman kabi olimlarning izlanishlari natijasida ochildi. YA’ni o‘simliklarda asosiy hisoblanadigan glikoliz va Krebs sikli bilan bir qatorda glyukozaning yana bir muhim yo‘l bilan oksidlanishi aniqlandi.
GLIOKSILAT SIKLI. Bu sikl 1957 yilda birinchi marta G.L.Korenberg va G.A.Krebs tomonidan bakteriyalar va mog‘or zamburug‘larida aniqlangan edi. Keyinchalik aniqlanishicha, u moyli o‘simliklarning unayotgan urug‘larida va zaxira yog‘lar, shakarlarga aylanishi kerak bo‘lgan organlarida sodir bo‘lar ekan. Glioqsilat sikli hujayradagi maxsus organoid glioksisomalarda sodir bo‘ladi. Mitoxondriyalarda, shuningdek, xayvon hujayralarida ham bu sikl bo‘lmaydi. Glioksilat sikli asosan moyli o‘simliklarning nafas olishidagi aerob bosqichida Krebs sikli o‘rnida sodir bo‘ladi. Chunki u Krebs siklining ma’lum miqdorda o‘zgargan yo‘lidir.


NAFAS OLISHGA ICHKI VA TASHQI SHAROITLARNING TA’SIRI.
Nafas olish tezligi o‘simliklarning turi, yoshi va yashash sharoitidagi omillar ta’siriga bog‘liq. Xatto bu tezlik bir o‘simlikning xar xil qismlarida turlicha sodir bo‘ladi. O‘simlik qancha yosh va modda almashinuv jarayoni qancha faol bo‘lsa, nafas olish ham shuncha kuchli bo‘ladi. O‘simlikning qarish jarayonida nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Pishib etilgan, quruq urug‘larda nafas olish tezligi juda past, unayotgan urug‘larda esa juda faol bo‘ladi. Masalan, tarkibida 10-12 foiz suvi bo‘lgan bir kilogramm arpa urug‘i bir kecha-kunduzda 0,3-0,4 mg CO2 ajratadi. To‘la bo‘rtgan va unayotgan urug‘larda esa nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bo‘ladi.Umuman, o‘simliklarning nafas olish tezligi ichki va tashqi omillar ta’siriga bog‘liq.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin