Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘SIMLIKLARNI RIVOJLANISH BOSQICHLARI



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə94/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

4.O‘SIMLIKLARNI RIVOJLANISH BOSQICHLARI
O‘simliklarning hayotiy sikli (ontogenezi) tuxum hujayraning urug‘lanishi va zigotaning hosil bo‘lishidan boshlanadi va to tabiiy o‘lishigacha davom etib, mustaqil rivojlanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Hayot sikliniig boshlanishi asosan vegetativ organlarning o‘sish jarayonlari bilan tavsiflanadi. Keyin voyaga etish, ko‘payish, oxirida qarish va o‘lish bilan yakunlanadi. Umuman, bu siklning asosini o‘sish va rivojlanish tashkil etadi. O‘simlikning o‘sishi asosan uning massasi oshishidan va poya, barg, ildiz kabi vegetativ organlarning takror vujudga kelishidan iborat bo‘ladi. Bu organlarning asosiy vazifasi o‘simliklarda organik moddalar to‘plash va reproduktiv organlar hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratishdir. Rivojlanish jarayonida esa o‘simliklar tanasida birin ketin kechadigan sifatiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Oliy o‘simliklarning hayot siklini to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin: 1) embrional; 2) yuvenil (yoshlik); 3) reproduktiv (voyaga etish va ko‘payish); 4) qarilik (yoki tabiiy o‘lim).
EMBRIONAL BOSQICH. Ontogenezning embrional bosqichi zigotadan boshlab to urug‘ning pishishigacha bo‘lgan davrda murtakning rivojlanish jaryonlarini o‘z ichiga oladi. Barcha yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘lanish jarayoni oldidan changlanish bo‘ladi. YA’ni changlar onalik tumshuqchasiga tushadi va tumshuqchadan ajralib chiqqan tomchi eritmada bo‘rtgan changning o‘sishi boshlanadi. Bu vaqtda changning sirtqi po‘sti (ekzina) yoriladi. Ichki po‘sti (intina) esa uzun naychaga aylanib pastga qarab cho‘ziladi va ustuncha bo‘ylab tugunchaga borib etadi. Chang naychasi urug‘ kurtakchasi yoki murtak xaltachasiga etgach
ochiladi va undagi ikkita spermaniig bitasi tuxum hujayra yadrosi bilan, ikkinchisi esa murtak xaltacha ning ikkilamchi yadrosi bilan qo‘shilib urug‘lanadi (bu hodisa yirik sitolog olim S.T.Navashin tomonidan ochilgan). Urug‘langan hujayralarning bo‘linish jarayoni boshlanadi. Ayni vaqtda urug‘ kurtakchasida va gulning boshqa bo‘lakchalarida bir qancha boshqa o‘zgarishlar ham yuz beradi. Urug‘ kurtak pardalari o‘sib urug‘ qobig‘ini tuguncha devorchalari esa o‘sib meva qavatini hosil qiladi. Meva qavatini hosil qilishda ko‘pincha gul tagligi ham qisman ishtirok etadi. Gulniig boshqa qismlari to‘kilnb ketadi. Urug‘lanish jarayoni tugagandan keyin zigotada RNKning sintezi tezlashadi na to‘plana boshlaydi. Endaspermning rivojlanishi uchun ISK va sitokinin kerak bo‘ladi. Ular urug‘ning nutsellus qismidan oqib keladi. Bu oqim doimiy xususiyatga ega. Murtaknikg rivojlanishi bilan bir qatorda hujayralarda ISKning konsentratsiyasi ham oshib boradi va sitokininlar to‘xtovsiz oqib kelaveradi. Urug‘ murtaginiig rivojlanishi va differensiatsiyasi birin-ketin borib, bir necha guruh dastlabki organlarni hosil qiluvchi hujayralar shakllanadi (poya, ildiz, urug‘ bargchalar) va prokambiy paydo bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda urug‘da zaxira moddalar ham to‘plana boshlaydi. Bu moddalar urug‘ga asosan suvda yaxshi eriydigan birikmalar (shakarlar, aminokislotalar, yog‘ kislotalari) holida oqib keladi va u yerda suvda butunlay erimaydigan birikmalar (kraxmal, yog‘lar, oqsillar) holatida to‘planadi. Shunday qilib, urug‘da murtakning rivojlanish jarayonlari fitogormonlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Dastlab fitogormonlar endosperm va boshqa to‘qimalardan oqib kela boshlaydi, keyinchalik ular o‘zlari fitogormonlarni sintezlaydi va hatto auksinlarni atrofga ham chiqaradi. Pishgan urug‘larda esa bu jarayon to‘xtaydi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin