NAFAS OLISH VA BIJG‘ISHNING O‘ZARO ALOQASI.S.P.Kostichev (1910) ko‘rsatishi bo‘yicha, nafas olish va bijg‘ishlar bir xil jarayonlar bilan shakarlarning parchalanishidan boshlanadi. Keyinchalik nafas olish CO2 va suvning, bijg‘ish esa CO2va spirtning hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi.Nafas olish va bijg‘ish jarayonlari bir-biri bilan oraliq mahsulot pirouzum kislota orqali bog‘liqdir.Hozirda aerob xususiyatga ega bo‘lgan nafas olish jarayoni ikki bosqichdan iborat ekanligi tasdiqlandi. Birinchi, boshlang‘ich — anaerob nafas olish jarayonida murakkab organik moddalar (uglevodlar) oddiy organik moddalarga parchalanadi (pirouzum kislotasiga). Ikkinchi, asosiy—aerob sharoitda piruvat kislotasi karbonat angidrid va suvga parchalanadi. Bunda fermentlar tizimi ham faol ishtirok etadi.
FERMENTLAR TIZIMI. 0ksidlanish-qaytarilish reaksiyalari uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyat elektronlarning ko‘chishidir. Moddalar oksidlanganda tarkibidan elektron ajraladi, qaytarilganda esa elektron biriktirib oladi. Elektron ajratuvchi moddalar donor, qabul qiluvchi moddalar akseptor deyiladi. Donor bilan akseptor birgalikda oksidlanish - qaytarilish tizimini tashkil etadi. Bu reaksiyalarni boshqaruvchi fermentlar oksidoreduktazalar deyiladi. Fermentlarning donor va akseptor bilan aloqasini quyidagicha izohlash mumkin: Anaerob degidrogenazalar — elektronlarni kisloroddan tashqari oraliq akseptorlarga etkazib beradi. Bular ikki komponentli fermentlar, koferment NAD (nikotinamidadenindinukleotid) bo‘lishi mumkin. Oksiddanish natijasida NAD+ qaytarilgan NADN xolatga o‘tadi. Bu fermentlarga alkogoldegidrogenaza, laktatdegidrogenaza, malatdegidrogenaza va boshqalar kiradi.
ANAEROB NAFAS OLISH. Uglevodlarniig anaerob sharoitda parchalanishi glikoliz ham deb ataladi. Bu jarayonda juda kam miqdorda energiya ajralib chiqishi va oxirgi bosqich mahsuloti pirouzum kislotasi hosil bo‘ladi. Glikoliz anaerob nafas olish va bijg‘ish jarayonlarining boshlang‘ich bosqichidir. Glikolizning birinchi bosqichida glyukoza geksokinaza fermenti ishtirokida fosforlanadi va glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Buning uchun bir molekula ATF sarflanadi. Glyukoza- 6-fosfat fosfoglyukomutaza fermenti ishtirokida izomerlanib, fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Frukgoza -6- fosfat ikkinchi marta fosforlanib, fruktoza- 1,6-difosfosfatga aylanadi. Bu jarayonda fosfofruktokinaza fermenti ishtirok etadi va yana bir molekula ATF sarflanadi. Navbatdagi reaksiyada fruktoza- 1, 6-fosfat aldolaza fermenti ishtirokida 3-fosfoglitsirin aldegidi va fosfodioksiatseton parchalanadi. Fosfodioksiatseton osonlik bilan triozofosfatizomeraza fermenti ishtirokida 3-fosfoglitserin aldegidiga aylanadi. Bu yerda reaksiyalar ikkita uch uglerodli birikma hosil bo‘lishi bilanborganligi uchun bu yo‘l dixotomik oksidlanish ham deyiladi. Glikolizning ikkinchi bosqichi 3-fosfoglitserin aldegidining oksidlanib Z-fosfoglitserat kislotaga aylanishidan boshlanadi. Bu glikolizning asosiy reaksiyalaridan biri bo‘lib,unda trizafosfatdegidrogenaza ishtirok etadi. Bu fermentning faol qismini NAD tashkil qiladi. Reaksiyalarda ADF va fosfat kislota ishtirok etib, ATF hosil bo‘ladi. Reaksiya davomida hosil bo‘lgan atsilferment fosforolizga uchraydi va natijada makroergik karboksifosfatga ega bo‘lgan 1, 3 - difosfoglitserat kislota hosil bo‘ladi. 1, 3 - difosfoglitserat kislota ADF bilan qayta fosforlanib, ATF va 3- fosfoglitserat kislota hosil bo‘ladi.Glikolizning oxirgi bosqichida 3-fosfoglitserat kislota fosfoglitseramutaza fermenti ishtirokida izomerlanib, 2-fosfoglitserat kislotaga aylanadi va u bir molekula suvni ajratib, fosfopiruvat kislotaning enol shakliga aylanadi u reaksiyada enolaza fermenti ishtirok etadi. Fosfoenolpiruvat o‘z navbatida, piruvatkinaza fermenti ishtirokida ADF bilan reaksiyaga kirishib, ATF hosil bo‘ladi. Natijada nafas olishniig boshlang‘ich anaerob bosqichi pirouzum kislotaniig hosil bo‘lishi bilan tugadi. Bir molekula glyukozaning oksidlanishi natijasida ikki molekula pirouzum kislota hosil bo‘ladi. Bu reaksiyalar natijasida energiyaga boy bo‘lgan birikmalar: 4 molekula ATF va 2 molekula qaytarilgan NAD.N2 hosil bo‘ladi. NAD va NAD.N2 molekulalari tarkibida ham makroergik bog‘lar mavjud. Lekin glikolizning birinchi bosqichida ikki molekula ATF sarflanadi. SHuning uchun ham bu bosqichda ikki molekula samarali ATF ajraladi deb hisoblash mumkin. Har bir molekula NADN ning mitoxondriyalarda oksidlanishi natijasida ajralgan kimyoviy energiya ham uchta ATF ga teng. Demak, ikki molekula NADNning energiyasi ham 6 molekula ATF ga teng. SHunday qilib, glikoliz jarayonida ajralib chiqqan umumiy foydali energiya sakkiz molekula ATF ga teng bo‘ladi. Xar bir ATF ning energiyasi 10 kkal deb hisoblasak, u holda glikoliz jarayonida ajralib chiqqan energiyaning umumiy miqdori 80 kkal.ga teng bo‘ladi.