Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O'simliklarni sugorishning fiziologik asoslari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə64/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203
majmua

5.O'simliklarni sugorishning fiziologik asoslari


Sun'iy sug'orish yuqori hosil olish garovidir. Suv taqchilligi qanday bo'lishdan qa'tiy nazar u o'simliklardagi fiziologik jarayonlarga ta'sir etadi. Sun'iy sug'orishni to'g'ri tashkil qilishda barcha ichki va tashqi omillar inobatga olinishi lozim hamda sug'orish soni, muddatlari va me'yorini aniq belgilash kerak.

O'simliklar vegetatsiyasi davomida lozim bo'lgan suv miqdori-sug'orish normasini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

E=aP+ΔW+M

E-umumiy suv miqdori, m3/ga; aP-o'simliklarning yogingarchilik hisobidan foydalanishi mumkin bo'lgan suv miqdori, m3/ga;

M-bir marta sug'orish normasi, m3/ga.

G’o'za uchun bu ko'rsatgich 3500-10000 m3/ga atrofida bo'lishi mumkin.

Bir marta sug'orish normasini quyidagi formuladan aniqlaymiz:

M=AN(VP-Vo)·100

M-bir marta sug'orish normasi, m3/ga; A-tuproqning hajmiy massasi, t/m3;

N-tuproqning namlanuvchi qatlami;

VP- tuproqning namlanuvchi qatlamidagi dala namlik sig'imi; Vo-sug'oriladigan dala tuprog'ining namligi, %.

Bir marta sug'orish normasi o'simliklarning o'sish fazasi va bu fazada suvni o'zlashtirish xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, g'o'zaning sug'orish normasi umumiy miqdorining 20-25% gullagungacha, 50-55% gullash fazasida va 15-20% ko'saklash va pishish fazasida beriladi.

Sug'orish muddatlarini belgilashda eng to'g'ri tavsiya o'simlikni fiziologik holatini aniqlash bo'yicha olingan ma'lumotlardir ya'ni barg hujayralarining so'rish kuchini aniqlash va unga qarab sug'orish muddatlarini belgilash lozimdir. G’o'za barglarining so'rish kuchi gullaguncha-12 atm. gullash fazasida-14 atm, ko'saklash va pishish fazasida 14-16 atm atrofida bo'ldi.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin