Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


-MAVZU: O`SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə83/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203
majmua

8-MAVZU: O`SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI


  1. Ksilemalardagi tashiluv

  2. Ksilema tashiluvining boshqarilishi

3. Floemalardagi tashiluv va uning mexanizmi

4. Floema elementlarining anatomik xususiyatlari

5. O`simlik funksiyalarining integratsiyasida moddalar transportining roli
O’tkazuvchi to’qimalar suv va unda erigan moddalarni o’simlik tanasi bo’ylab xiyla joyga utkazish (tashish) vazifasini bajaradi. O’simliklarda, asosan ikki xil moddalar harakat qilib turadi:


  1. ildizlar yordamida tuproqdan so’rib olinadigan mineral moddalarning suvdagi eritmasi

  2. o’simlikning tanasida hosil bo’ladigan organik moddalar. ya'ni uglevodlar, aminokislotalar

va boshqalarning suvdagi eritmasi. Birinchi xildagi moddalar oqimi (yuqoriga ko’tariluvchi oqim), asosan, ildizlardan poya va barglarga qarab yuradi va ksilema yoki yogochlik deb ataladigan o’simlik qismi orqali yuzaga chiqadi. Ikkinchi xil moddalar oqimi (pastga tushuvchi oqim) esa, odatda, barglardan poyaga, so’ng ildizga qarab yuradi va floema yoki lub bo’ylab o’tadi. Ksilema va floema vazifalariga yarasha, asosan, organning bo’ylama o’qiga qarab uzun tortgan hujayralar yoki hujayralar qatoridan tuzilgan, ularda teshik-teshik tusiqlar bor. Ishlab turgan eng muhim gistologik elementlarda protoplastlar yo butunlay bo’lmaydi (ksilemasida), yoki o’zgargan, ya'ni tamom o’tkazuvchan protoplazmasi (floemasida) bo’ladi.

O’simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kirishiga (tuban va yuksak, bir va ikki urug’pallali ) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o’t, buta yoki daraxt) bolishiga qarab turlicha tuzilgan bo’ladi.

Daraxtlar tanasini tuzilishi bir yillik o’to’simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq qiladi.

Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida ko’p qavatli tirik hujayralardan hosil bo’lgan po’st parenximasi (asosiy to’qima) joylashgan.

Po’st ostidagi qavat lub-(floema), undan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esa yog’ochlik (ksilema), uning o’rtasida o’zak joylashgan.

Yozning ikkinchi yarmidan tutning poyasi po’sti sirtida qo’ng’ir rangli yasmiqachalar xosil bo’ladi. Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu yasmiqchalar orqali nafas oladi.

Po’st asta sekin po’klasha boradi va po’stloq hosil qiladi. Po’kak qalinlashgan sari po’stloqdagi tirik hujayralar kamaya boradi.

Tanada va eski shoxlarda po’stloq qavati qalin bo’ladi. Qalin po’stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kassaliklar ta’siridan himoya qoladi. Tut novdasining po’stlog’i egiluvchan va pishiq bo’ladi. Uning pishiqligi lub tolalariga bog’liq. Bu tolalar hamma o’simliklarda ham bir xil rivojlangan bo’lmaydi. Tut daraxtida lub tolalari juda ko’p.



Lub tolalari kanop, zig’ir poyasida yaxshi rivojlangan bo’lib, ulardan ip, kanop tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to’qishda ishlatiladi. Lub tolalari orasida teshikli to’siqlar bilan bo’lingan.cho’ziq ingichka naychalar bo’ladi. Ular elaksimon naychalar deyiladi. Bu naychalar orqali bargdan o’simlikni boshqa organlariga organik moddalar o’tadi. Po’stloq shilinib olinsa, novdaning yog’ochlashgan oq rangli qismi qoladi. O’simlikalrning yog’ochlashgan bu qismi ularning turiga qarab qattiq (qayrag’och, zarang, saksovul, yulg’un, yong’oq, eman, o’rik), yumshoq (tol, terak, jiyda), og’ir va yengil bo’ladi. Yog’ochi qattiq daraxtlardan mebel va boshqa uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda foydalaniladi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin