Kuzatuvchi hujayralar. Yo'ldosh hujayralar yoki kuzatuvchi hujayralar elaksimon naylar bo'ylab joylashgan yirik yadroli parenxima hujayralaridan Iboratdir. Bu hujayralar ko'p miqdorda ribosomalar va mitoxondriyalar tutishi bilan ham xarakterlanadi. Ayrim hollarda ushbu mitoxondriyalar to'plamini mitoxondriyalar retikulumi ham deb ataladi. Ushbu hujayralarning devorlarini ko'p sonli plazmodesmalar bilan teshib o'tgandir. Shuning uchun ham floemaning kuzatuvchi hujayralarini teshib o'tgan plazmodesmalarning soni, barg mezofili hujayralarinikiga nisbatan 3-10 marotaba ko'pdir. Masalan, yasen barglari barcha mezofil hujayralaridagi plazmodesmalarning umumiy soni 800-3000 dona bo'lsa, yo'ldosh-hujayralar uchun bu ko'rsatkich 8-30 baravar ko'pdir. Yo'ldosh-hujayralar hujayra devorining boshqa bir o'ziga xos tomoni bu ularda plazmalemma hisobiga juda ko'p Inbirintlar hosil qilganligidir. Bu esa o'z navbatida ular yuzasining keng bo'lishiga olib keladi.