e) Floemaning bo’shalishi. Floemaning bo’shalishi uchun asosiy hol bu to’rsimon naylardagi gidrostatik bosimning oshishidir. Bundan tashqari jadal o’suvchi va zaxiralovchi organlarning floemadan assimilatlarni tortishi ham alohida o’rin to’tadi. Akseptor zona hujayralarning plazmolemmasida H+- pompalari ishlaydi. U bir tomondan to’rsimon ta’sir qilib apoplastning hujayra devorlaiga K+ ionlari va saxarozaning berilishini amalga oshirsa, ikkinchi tomondan kaliy inlari va saxarozaning akseptor to’qimalarining simplastiga o’tishini amalga oshiradi. Saxarozaning yutilishi pritonlar simporti bilan membrana tashuvchilar orqali amalga oshsa, kaliy ionlarining yutilishi elektrik gradiyent asosida bo’ladi.
Zaxiralovchi organlar hujayralarida, masalan, qand lavlagi ildiz mevalarida saxaroza vakuolalarida yig’iladi. Bunda apoplast orqali ionlari faol ko’chiriladi va bu hol saxarozaning tashiluviga yordam beradi deb faraz qilinadi. Vakuolalarga ionlarining yoki saxarozaning tashiluvi mexanizmi haqida aniq bir fikr yo’q.