f) Floemali tashiluvning boshqariluvi. Assimilatlarning mezofill hujayralari sitoplazmasida (donor) akseptor-organlar hujayralarga tashiluvi, masalan, ildizga tashiluvi o'z mexanizmlariga ega bo'lgan b qancha tashiluv tizimlarini o'z ichiga oladi. Masalan, donor darajasda bu xloroplastlarda fotosintez jadalligini boshqarish, triozofosfatlarning sitoplazmaga kirishi va ularning saxaroza sintezi uchun ishlatilishida Fotosintez shuningdek, assimilatlarning membranalar orqali faol tashiluvi uchun energiya manbayi bo'lib ham xizmat qiladi.
Floemali tashilish mexanizmida asosiy o'rinni floemaning boshlang'ich qismlarining bo'shalishi to’tadi. Ushbu floema hujayralarining bo'shalishi asosida fitogormonlar, xususan, auksin tufayli faollanuvchi H+-pompalarining ishi yotadi. Abstsizat kislotasi esa H+/K+ almashinuvni to'xtatadi. Avval aytib o'tganimizdek hujayralardagi ABK miqdori noqulay muhit omillari ta'sirida masalan suv yetishmasligida ortadi.
Floemali tashiluvning boshqarilishida yana bir asosiy hoi bu assimilatlarning foydalanilishi zonasidagi floemaning bo'shalish jadalligidir. ABK gormonining atroflicha ta'siri bo'shalish zonasidagi assimilatlarning berilishini yengillashtiradi.
Floemali tashiluvning boshqariluvi saxarozaning membrana tashuvchilari tufayli ham bo'lishi mumkin. Masalan, xloroplastlardagi jadal fotosintez jarayonining borishi tufayli to'rsimon naylarda assimilatlarning miqdori ortadi. Ushbu assimilatlardan foydalanuvchi organlar to'rsimon naylarida esa turgor bosimi ortadi va bu ikki hol qandlar tashuvchilari ishini ingibirlaydi.
Floema bo'ylab assimilatlar tashiluvining faollashishi o'tkazuvchi to’tamlar orqali elektrik impulsning o'tishi tufayli ham bo'lishi mumkin. Shuningdek, floemali tashiluv o'simlik organizmining yetarli miqdorda kaliy bilan ta'minlanganligi hamda haroratga ham bog'liqdir. Chunki assimilatlar harakatlanishining mexanizmi fermentlar va ion nasoslari ishiga tubdan bog'liqdir. Shuningdek, membranalar tashiluvida qatnashuvchi nasoslarning energiya bilan ta'minlanishi uchun kislorod ham zarurdir.
O'simlik bo'ylab moddalarning uzoq masofaga tashiluvi o'tkazuvchi to'qimalar bo'ylab amalga oshiriladi, Ksilema traxeidlari va naylar bo'ylab suv va unda erigan moddalar ildizdan poyaning yuqorigi uchiga tashiladi.
Ksilema tashiluvida harakatlantiruvchi kuch bo'lib ildiz bosimi va transpiratsiya xizmat qiladi. Barglardan va zaxiralovchi organlardan assimilatlarning chiqishi floemaning to'rsimon nayiari orqali amalga oshadi.
Ksilema (ildizlarda) va floema (barglarda) to'qimalarining to'lishi H-pompalarining, ya'ni membrana nasoslarining faol faoliyati tufayli ro'y beradi. Ushbu nasoslar to'rsimon naylar va to’tamlar atrofidagi tirik hujayralar plazmalemmasida faoliyat ko'rsatadi. To'rsimon naylar va tutamlarga osmotik faol moddalarning kirishi bilan osmos qonuni asosida suv ham kiradi va moddalarning to'qimalar bo'ylab keying harakati gidrostatik bosimning ortib borishi natijasida bo'ladi.
Barglardagi mavjud umumiy to'qimalarning 25% o'tkazuvchi tizim hissasiga to'g'ri keladi. O'tkazuvchi tizimning uzunligi 1 sm yuzaga nisbatan 20-100 sm atrofida bo'lishi mumkin. Ammo ushbu ko'rsatkichning faqatgina 5% yirik o'tkazuvchi to'qimalar hissasining to'g'ri keladi. Qolgan 95% ingichka o'tkazuvchi to'qimalardir.
O'tkazuvchi to'qimalar to’tamlariga kiruvchi nisbatan qattiq tomirlar ksilema va yaxshi rivojlangan floemadan iboratdir. Eng kichik tutamlar tarkibiga bir-uchta traxeal elementlar kirib floema esa kuzatuvchi hujayra bilan bitta tursimon naydan iboratdir. Floema to’tamlarining oxirgi qismi faqat parenxima hujayralarini to’tadi.
Binobarin barglarda sintezlangan assimilatlarning floemaning o'tkazuvchi tizimiga o'tishi awalo kuzatuvchi hujayralar va parenxima hujayralariga o'tishidan, so'ngra esa uzoqqa tashishga moslashgan maxsus elaksimon elementlarga o'tishi tufayli bo'ladi.
Barglardagi assimilatlarning tashiluvi qattiq tartiblashgandir, ya'ni mezofil hujayralaridagi bar qaysi mikrozonada (70—130 mkm radiusdagi) sintezlangan fotosintez mahsulotlari eng yaqin va kichik tutam-o'tqazuvchi to'qimaga, so'ngra esa floema hujayralari orqali yirik tomirlar tomonga qarab harakatlanadi. Shunday qilib har bir mikrozona tarkibiga bor-yo'g'i bir nechta mezofill hujayralari kiradi xolos.