Talaba – Geologiya. Tuproqlar geografiyasi fanining maqsad va vazifalarini, rivojlanish tarixi, magmatizm va uning turlari, tektonik xarakatlar va ularning turlarini, seysmik jarayonlar, tuproqning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo’ylab geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq kesmalarini qo’yish, genetik qatlamlarni ajratish, ularni kartada tasvirlash, tuproqlar geografiyasi bo’yicha asosiy shakllari haqida tasavvur va bilimga ega bo’lishi;
Talaba tog’ jinslarini kelib chiqishiga ko’ra turlarnii, nomlarini, foydali qazilmalarini aniqlay olish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lgan tuproqlarning hosil bo’lish jarayoni, rivojlanishi, tarkibi va xossalari hamda ularning geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq kartalarining iqtisodiyotda qo’llash, tahlil qilish va prognoz qilish kabi ko’nikmalariga ega bo’lishi;
Talaba dalada tog’ jinslarini turlarini, fizik va kimyoviy xossalarini, nurash darajasini, foydali qazilmalarini nomini topish, ularni kartaga tushirish, tuproqlarning mexanik tarkibi, fizik va suv xossalarini mustaqil ravishda aniqlay olish, tuproqlar geografiyasini kartaga tushira olish va ularni tahlil qilish to’g’risida aniq malakalariga ega bo’lishi kerak.