2021-yil dagi 1 -sonli majlis bayoni
MUNDARIJA:
|
|
betlar
|
1
|
Ma’ruza matni
|
|
2
|
Amaliy mashg’ulot
|
|
3
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
4
|
Glossariy
|
|
5
|
Ilovalar
|
|
|
Fan dasturi
|
|
|
Ishchi fan dasturi
|
|
|
Tarqatma materiallar
|
|
|
Testlar
|
|
|
Baholash mezoni
|
|
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI
TUPROQLAR GEOGRAFIYASI FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Bakalavriat yo`nalishi: 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishini
1-kurs talabalari uchun
Navoiy-sh
Ma’ruza-1
1–Mavzu: Kirish. Fanning tadqiqot ob`yekti, maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari.
Reja:
1. Tuproq va tuproqlar geografiyasi to‘g‘risida tushuncha.
2.Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari.
3.Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullari.
Tayanch iboralar: Tuproq, relyef, tuproq unumdorligi, tuproqshunoslik, tuproqlar geografiyasi, qiyosiy-geografik usul, distansion usul, ekotizimlar, tuproq eroziyasi, paleotuproqshunoslik, paleogeografiya, kartograflk usul.
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Fanining tadqiqot ob’ekti. Tuproq to‘g‘risida tushuncha. Uning tabiiy hosila ekanligi. Tuproqlarni o‘rganishning iqtisodiyot uchun muhimligi. Tuproqlarni o‘rganish usul (metod)lari. Fanining maqsad va vazifalari.
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Tuproq deyilganda, yer yuzasining eng ustki g‘ovak holdagi unumdorlik xususiyatiga ega bо‘lgan qatlami tushuniladi.
XIX asrning oxiriga kelib tuproqning paydo bо‘lishiga ta’sir etuvchi omillar va jarayonlar haqidagi ilmiy nazariya hamda uning geografik tarqalish qonuniyatiga asos solgan rus olimi Vasiliy Vasilyevich Dokuchayev: ,,Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va о‘lik organizmlarning birgalikdagi ta’sirida tabiiy о‘zgargan tog‘ jinslari (qanday bо‘lishidan qat’iy nazar)ning ,,yuza” yoki tashqi qoplami tushuniladi”, deb ta’rif bergan. Demak, kо‘rinib turibdiki, tuproq mustaqil tabiiy jism bо‘lib, о‘ziga xos tabiiy omillar, tirik organizmlarning о‘zaro ta’siri oqibatida turli tog‘ jinslaridan paydo bо‘ladi. V.V.Dokuchayev ta’kidlaganidek: ,,Har qanday tuproq joyning tog‘-ona jinslari, iqlim, о‘simlik va relyefining о‘zaro faoliyat yig‘indisi mahsulidir” ... .
1881 yilga kelib V.V.Dokuchayev tuproq tо‘g‘risidagi fikrlarini yanada oydinlashtirdi. Jumladan tuproqni mineral-organik hosila ekanligi, bu jism ham о‘zining kelib chiqishiga, boshqa organizmlar kabi о‘zining tuzilishiga, meyordagi qalinlik va holatga ega ekanligini aniqladi.
Tuproqning asosiy xossasi uning unumdorligidir. U aynan shu xususiyati bilan boshqa tog‘ jinslaridan farq qiladi. Bejizga tuproqshunos – agronom olim V.R.Vilyams: ,,о‘simlik hosilini yetishtirishga qodir bо‘lgan, Yer shari quruqligining ustki qatlamini tuproq” deb atamagan.
Dostları ilə paylaş: |