Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy –



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə14/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy – tog‘li о‘lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtinchalik kuchli jala yog‘in suvlari – sel oqimlari natijasida hosil bо‘ladi. Prolyuviy tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan.
Prolyuviy О‘rta Osiyoning tog‘ vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon) va shuningdek tog‘oldi baland tekisliklarida keng tarqalgan. Tog‘oldi konus yoyilmalari kо‘pincha shag‘al va shag‘al – qumli yotqiziqlardan, tog‘lardan uzoqlashgan maydonlarda esa maydaroq tarkibli jinslardan iborat bо‘ladi.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar – muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan loy, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir. Morenalar kam saqlangan va mexanik tarkibi bо‘yicha esa tosh-shag‘al, qum, qumoq va loylardan iborat bо‘lishi mumkin.
О‘rta Osiyoda muzlik yotqiziqlari maydoni uncha kо‘p emas. Ular asosan baland va о‘rtacha baland tog‘li hududlarda tarqalgan. Qadimgi morenalar shag‘alli qumoqlardan va pastkam joylarda muz-kо‘llarning loyli jinslaridan iborat.
Hozirgi zamon morenalarda ancha dag‘al va mayda zarrachalar aralash bо‘lganligidan uncha yumaloqlanmagan qirrali toshlar ham uchraydi.
Flyuvioglyatsial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari – muz suvlarining kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar о‘z yо‘lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan bо‘ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar tо‘planadi. Undan quyiroqda sekin oqayotgan muz suvlari pastqam joylarga yotqizgan loyli, changsimon zarrachalar yotqiziladi. Ana shunday yо‘l bilan qumoq va loylardan iborat yoyilma hosil bо‘ladi. Muzliklar atrofi va uning yaqinidagi botiq pastqam joylardagi kо‘l havzalarida uchraydigan qum-loyqa qatlamli keltirilmalarga muzlik-kо‘l yotqiziqlari deyiladi. Bu yotqiziqlarda qalin qatlamli loyqalar orasida mayda qumdan iborat qatlamchalarning bо‘lishi xarakterli.
Muzlik suvi yotqiziqlari MDHning muzliklar keng tarqalgan Yevropa qismida va G‘arbiy Sibir pasttekisligida uchraydi. Muzlik suvlari yotqiziqlarida shakllangan tuproqlar uchun kam unumdorlik, ya’ni gumus hamda oziq moddalarga kambag‘al va nam sig‘imining past bо‘lishi xarakterli.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin