Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə16/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018.
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.


Ma’ruza-4
4–Mavzu: Tuproq hosil bo‘lishining biologik omillari va tuproqning organik qismi.
Reja:
1. Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasi.
2. O‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o‘rni.
3. Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlarning organik qismi.
Tayanch iboralar: Mikroorganizm, biokimyoviy jarayon, organik modda, biomassa, tropik mintaqa, boreal mintaqa, tuproqning organik qismi, tuproq
minerallari, tuproq gumusi.
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Tuproqdagi organizmlar va ularning tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati. Tuproq hosil bo‘lishida mikroorganizmlarning roli. Tuproq mikroorganizmlari geografiyasi. O‘simliklarning tuproq hosil qilishdagi ro‘li. Asosiy o‘simlik turlarining biologik mahsuldorligi. Tuproqning organik qismi va uning shakllari. Tuproq chirindisi–gumusning paydo bo‘lishi. Gumusning asosiy komponentlari va xossalari. Tuproqdagi gumus–chirindi moddalar tarqalishining geografik qonuniyatlarini o’rganish.
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Mikroorganizmlar tuproqlarning organik va mineral tuzilishini tubdan о‘zgartirib yuborishga qodir organizmlardir. Ular Yer ekotizimlari va biosferaning turg‘unligini ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.
Tuproqda mikroorganizmlarning bir qancha turlari uchraydi. Ularga: bakteriyalar, lentasimon zamburug‘lar (aktinomitsitlar), zamburug‘lar, suv о‘tlari va tuproq sodda hayvonlari kiradi. Mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida tuproq organik moddalarining о‘zgarishi va yangi mineral birikmalarining vujudga kelishi kabi biokimyoviy jarayonlar bо‘lib turadi. Umuman mikroorganizmlarning tuproq hosil bо‘lishida о‘rni beqiyos. Ular о‘simlik qoldiqlarining chirish, bijg‘ish jarayonlarida qatnashib, tuproqda organik – mineral hosilalarni vujudga keltiradi, chirindi (gumus)ni yaratilishida bevosita ishtirok etadi. Tuproqning azot muvozanatida ham mikroorganizmlar muhim ahamiyatga ega (atmosferadagi azotni о‘zlashtiradi). Ayrim mikroorganizmlar о‘zlashtirilgan erkin molekulyar azotni murakkab moddalarga aylantiradi va tuproqda azotli moddalarning kо‘payishiga sabab bо‘ladi. Mikroorganizmlarning tog‘ jinslarini yemirishdagi va yangi tuproq minerallarini hosil qilishdagi ishtiroki ham muhim.
Tuproqdagi mikroorganizmlar son jihatdan juda kо‘pchilikni tashkil etadi. 1 g tuproqda bakteriyalar soni 1 dan 10 mlrd. gacha, ba’zan bir necha milliard bо‘lishi aniqlangan, ayrim zamburug‘larning tolasi 100 va 1000 metrga yetadi.
Mikroorganizmlarning asosiy qismi tuproqning yuqorigi gumusli qatlamida mujassamlashgan bо‘lib, pastga tushgan sari soni kamayadi. Biroq, shunday mikroblar (sporali) borki, ularning salmog‘i aksincha, pastki mineral qatlamda tо‘planadi. Organik uglerodning nisbatan ancha qismi ham mikroblar biomassasida tо‘plangan. Shu tufayli tuproq katta miqdordagi ,,tirik” uglerod zaxirasiga ega.
Turli guruhga mansub mikroorganizmlar tuproq sharoitiga turlicha moslashadi. Tashqi muhitning о‘zgarishi, mavsumiy о‘zgarishlar bir xildagi tuproqlarda ham mikroorganizmlarning soni, biomassasi va tarkibini о‘zgarishiga olib keladi, ya’ni tuproqda mikrob jamoalarining uzluksiz almashinuvi (suksessiya) rо‘y beradi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin