Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə15/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengizlar о‘rnida va tо‘rtlamchi davrda dengizlar transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bо‘lgan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bо‘lishi, yaxshi saralanganligi va tuzlarni kо‘p saqlashi bilan xarakterlanadi. Bu jinslar Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlarida, Kaspiybо‘yi pasttekisligi, Orol dengizi qirg‘oqlariga yaqin pasttekisliklarda keng tarqalgan. Bu jinslarning yer betiga chiqib qolgan joylarida shо‘rlangan tuproqlar paydo bо‘ladi. О‘rta Osiyoning katta hududlaridagi shо‘r tuproqlar ham asosan ana shu jinslar bilan bog‘liq.
Eol yotqiziqlari shamolning turli tog‘ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bо‘ladi.
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli chо‘l zonasida kuchli bо‘lib, qum barxanlari, qum tepachalari, marza qumlari va mо‘tadil iqlimli dengiz qirg‘oqlari hamda daryo vodiylarida о‘ziga xos qum tepalari – dyunalar shaklidagi relyefni yuzaga keltiradi.
Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi о‘ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan tо‘rtlamchi davr yotqiziqlari kiradi. Bu jinslar MDH Yevropa qismining janubiy va janubi–sharqiy hududlarida, Shimoliy Kavkaz hamda О‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossimon jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bо‘lgan bо‘z, qora, kashtan tuproqlar hosil bо‘ladi2.
О‘rta Osiyodagi tо‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsiya yotqiziqlari alohida о‘rin tutadi. Bu jinslarning hosil bо‘lishi sug‘orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq.
Nazorat uchun savollar:
  1. Minerallar va tog‘ jinslari nima?


  2. Tog‘ jinslarining genetik jihatdan qanday turlari mavjud?


  3. Nurash jarayoni va uning turlarini aytib bering.


  4. Nurash jarayonining tuproq hosil bо‘lishidagi ahamiyati nimada?


  5. Ona jins nima? Uning qanday xususiyatlarini bilasiz?


  6. Elyuvial va prolyuvial yotqiziqlar nima?


  7. Allyuvial yotqiziqlar qanday yotqiziqlar?


  8. Kо‘l va dengiz yotqiziqlari qanday farqlanadi?


  9. Muzlik va eol yotqiziqlarini sharhlab bering.


  10. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar haqida nimalarni bilasiz?





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin