Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


-jadval Geografik mintaqalarning namlanish koeffitsiyenti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə23/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

2-jadval
Geografik mintaqalarning namlanish koeffitsiyenti




Geografik (namlanish) mintaqalari (iqlim guruhlari)


Namlik koeffitsiyenti (G.N.Visotskiy – N.I.Ivanov bо‘yicha)

1

Juda nam (sernam – ekstragumid)

1,33 dan katta


2

Nam (gumid)

1,33 – 1


3

Yarim nam (semigumid)

1 – 0,55


4

Yarim quruq (semiarid)

0,55 – 0,33


5

Quruq (arid)

0,33 – 0,12


6

Juda quruq

0,12 dan kichik




3. Tuproq hosil bо‘lishida shamolning roli
Shamol tog‘ jinslarining joylardan uchirilishi va yotqizilishiga ta’sir etadi. Tuproqdagi mavjud kimyoviy elementlarning ma’lum qismini о‘simliklar о‘zlashtirsa, qolgani oqar suvlar orqali chiqariladi, yana qolgan qismlari shamol yordamida havoga kо‘tariladi.
Shamol relyefning salbiy elementlarini tekislaydi, joylarda о‘ziga xos relyef shaklarini vujudga keltiradi va umuman tuproq hosil bо‘lish jarayonlarini о‘zgartiradi. Shamol, ayniqsa chо‘l, dasht va tundra kabi ochiq makonlarda tuproqning ustki qismidagi changsimon va qum zarrachalarini uchirib, ayrim hollarda tuproq kesimini о‘zgartiradi hamda oqibatda tuproq о‘zining birlamchi genetik belgilarini yо‘qotishiga sabab bо‘ladi.
Dengiz va okeanlar tomonidan esuvchi shamollar kо‘p hollarda suvda eruvchi tuz qoldiqlarini uchirib kelib, atrofdagi tuproqlarni shо‘rlanishga uchratadi. Shamol ayrim hududlarda opad mahsulotlarini muttasil uchirib ketishidan tuproq hosil bо‘lish jarayonini sekinlashtirishi yoki tuproqning organik moddalar bilan boyishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin5.
Quruq shamollar chо‘l va dashtlarda tabiiy о‘simliklarni hamda qishloq xо‘jalik ekinlarining nobud bо‘lishiga olib keladi, natijada tuproqda modda va energiya almashinuvi tartibi buziladi. Shamol va atmosfera yog‘inlari ta’sirida tabiiy о‘simlik qoplamining buzilishidan tuproq qoplamining yuqorigi qismlari yemiriladi. Bunda tuproq о‘zining kichik zarrachalarini yо‘qotadi va ayrim hollarda kimyoviy tarkibi ham о‘zgaradi.
Uzliksiz shamolli hududlarda (masalan, Qо‘qon guruhi tumanlari, Mirzachо‘l, Qarshi chо‘li va b.) tuproqning yuzasidagi gidrotermik sharoit odatdagidan boshqacharoq bо‘ladi, ya’ni uning issiqlik va namlik tartibi о‘zgaradi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin