Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə20/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Tuproq hosil bo‘lishida iqlimning bevosita va bilvosita ta’siri. Tuproqning issiqlik me’yori va issiqlik xususiyati. Atmosfera yog‘inlarining tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati. Tuproq – biotermik mintaqalar. Tuproqdagi suv shakllari va holati. Tuproqning suv muvozanati. Tuproqlarning suv me’yori turlari. Atmosfera yog‘inlari va yеr uchti suvlarining tuproqni buzuvchi faoliyati–suv erroziyasi. Shamol erroziyasi.
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Iqlim tuproq hosil bо‘lishida va tuproqlar geografiyasida muhim omillardan biri hisoblanadi. Tuproqlar geografiyasining umumiy qonuniyatlari ham iqlim bilan bog‘liq. Iqlim tuproq hosil bо‘lishiga bevosita ta’sir etib tuproqning energetik darajasi va gidrotermik tartibini belgilaydi hamda tuproq hosil qiluvchi boshqa omillarga (о‘simlik, organizmlarning hayot faoliyati, tuproq hosil qiluvchi jinslar va b.) ham bevosita ta’sir kо‘rsatadi.
Tuproqning issiqlik va suv tartibi tuproqda kechadigan barcha fizik, kimyoviy, biologik jarayonlar xarakteri hamda jadalligiga ta’sir kо‘rsatadi. Tog‘ jinslarining fizik parchalanishi va ularning g‘ovaklashishi, kimyoviy reaksiyalarning jadalligi, tuproq aralashmalarining birikishi, qattiq va suyuq bosqichlar nisbati kabilar harorat orqali amalga oshadi. Vant-Goff qoidasi bо‘yicha haroratning har 10 0C ga ortishi, kimyoviy reaksiyalar tezligini 2-3 martta orttiradi4.
Bakteriyalarning biokimyoviy faoliyati, organik qoldiqlarning chirish tezligi, organizmlarning hayot faoliyatlari kabilar ham harorat bilan bog‘liqligiga shubha yо‘q. Shu tufayli Yer sharining turli hududlarida issiqlik tartibining bir xil emasligidan nurash va tuproq hosil bо‘lish tezligi, tuproq kesmasi (profili) va nurash pо‘sti ham turlicha bо‘ladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin