Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə21/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Tuproqning issiqlik tartibi deb, yerning yuza qatlamidagi havo – tuproq – tuproq hosil qiluvchi ona jins tizimidagi issiqlik almashinuvi bilan bog‘liq barcha hodisalar yig‘indisiga aytiladi.
Radiatsiya muvozanati (balansi)ning о‘zgarishi joyning kengligi va yil mavsumlariga bog‘liq. Bu tundrada – 10-20 kkal/sm2 , janubiy taygada – 30-40 kkal/sm2, qora tuproq zonasida – 30-50 kkal/sm2, tropiklarda esa yiliga 75 kkal/sm2 dan ortadi.
Tuproqning issiqlik tartibi atmosferaning yer yuzasiga yaqin qismidagi issiqlik tartibiga bо‘ysinadi, ammo undan farqlanadi. Havo va tuproqning о‘rtacha yillik harorati shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon kо‘tariladi. Havo haroratining ortishi bilan tabiat mintaqalarining issiqlik bilan ta’minlanishi ham о‘zgaradi. Issiqlik tartibi bо‘yicha shimoliy yarim sharda 5 ta mintaqa ajratiladi (1-jadval).
Sobiq ittifoq hududida eng sovuq oyda tuproq harorati janubda 0 0C dan shimoli-sharqda –36 0C ligi kuzatilgan. Tuproq haroratidagi eng yuqori kо‘rsatkich (20 sm chuqurlikda) iyul, janubning chekka qismlarida avgust oyida kuzatiladi.
1-jadval
Geografik mintaqalarning issiqlik bilan ta’minlanganligi


Geografik (issiqlik mintaqalar) iqlim guruhlari

Yalpi havo haroratining 10 0C dan yuqorisi


1

Qutbiy (sovuq)

600 dan kam


2

Boreal (о‘rtacha sovuq)

600 – 2000


3

Subboreal (о‘rtacha issiq)

2000 – 3800


4

Subtropik (issiq)

3800 – 8000


5

Tropik (juda issiq)

8000 dan yuqori


Tuproqqa energiya kelishining yana bir manbai biokimyoviy modda almashinuvi jarayonidir, bunda moddalarning biokimyoviy akkumulyatsiyasi va migratsiyasi muhim rol о‘ynaydi.


Tuproqning energiya sarfi ham tabiat zonalari bо‘yicha har xil: tundra va chо‘llarda yiliga – 2-5 kkal/sm2, qora tuproqli dashtlarda – 15-30 kkal/sm2, nam tropiklarda – 70 kkal/sm2 gacha о‘zgaradi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin