Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə10/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Gipergenez (nurash) jarayoni. Mineral va tog‘ jinslari. Fizik, biologik, kimyoviy nurash. Tuproq ona jinsi va tuproqning mexanik tarkibi. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Tuproqlarning umumiy fizik va fizik–kimyoviy xususidalari. Tuproq va tuproq hosil qiluvchi jinslarning mineral va kimyoviy tarkibini o’rganish.
Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Yer sharining yuza tosh qobig‘i – litosfera yoki yer pо‘sti mantiyadan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan, uning quruqlikdagi qalinligi 30-40 km, tog‘li о‘lkalarda esa 70-80 km ni tashkil etadi. Yer pо‘sti – yer tashqi qatlamlarining majmuasidan iborat bо‘lib, uchta qatlamdan: 1) qalinligi 10 km gacha bо‘lgan qavat – qavat chо‘kindi jinslardan tuzilgan yuqorigi qoplam; 2) shartli ravishda granitli deb ataluvchi (10-15 km) qatlam; 3) bazalt qatlam bо‘lib, qalinligi 15-35 km gacha boradi.
Yer pо‘sti – litosferaning kimyoviy tarkibi asosan 8 ta elementdan tashkil topgan, (%) hisobida: O – 47,08; Si – 29,5; Al – 8,05; Fe – 4,65; Ca – 2,96; Na – 2,50; K – 2,50; Mg – 1,87. Mendeleyevning kimyoviy davriy jadvalidagi qolgan elementlar esa, bor – yо‘g‘i 0,97 % ni tashkil etadi.
Yer pо‘stida uchraydigan о‘ziga xos fizik xususiyatlar va ma’lum kimyoviy tarkibga ega bо‘lgan tabiiy jinslar minerallar deb ataladi. Kimyoviy jihatdan minerallar qator sinflariga bо‘linadi: I sinf. Sof elementlar; II sinf. Oltingugurtli birikmalar (sulfidlar); III sinf. Galloidlar; IV sinf. Oksid va gidroksidlar; V sinf. Karbonatlar; VI sinf. Sulfatlar; VII sinf. Volfamatlar; VIII sinf. Fosfatlar; IX sinf. Nitratlar; X sinf. Silikatlar.
Yer pо‘stida keng tarqalgan bir va bir–qancha minerallar birikmasidan tashkil topgan tabiiy jismlarga tog‘ jinslari deyiladi. Shu tufayli monomineralli va polimineralli tog‘ jinslari ajratiladi.
Tog‘ jinslari kelib chiqishiga kо‘ra uchta guruhga: magmatik (otqindi), metamorfik va chо‘kindi tog‘ jinslariga bо‘linadi. Quruqlikning yuza qismida (kо‘proq tekisliklarda) chо‘kindi tog‘ jinslarining salmog‘i yuqori (75 %), qolgan guruhdagilarniki biroz kam (25 %).

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin