Maxmud Qoshg'ariy o’zining 1074-1077 yillarda yozilgan “Dеуоn” to’plamida ekspedisiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga taysif beradi. Ushbu to’plamda qora tuproq, o’simliklarsiz, sho’rlangan yerlarni – chalang уег; unumdor, yaxshi yerlarni – sag’izli уег; toza tuproq, sog’lom tuproqni – sag’izli tuproq; o’simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni – toza уег; yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yerni – qayir уег; yuzasi notekis уег, bоtqоqlаngаn yerlarni – qazg’on уег deb taysif beradi.
Buyuk Amir Теmиг dehqonchilikning riyojlanishiga katta ahamiyat beradi. O’zining “Теmиг tuzuklari” to’plamining bir qismini qishloq xo’jaligini boshqarishga bag’ishlagan. Jumladan u kim yerni o’zlashtirsa, ikkinchi yilda soliq olishni, ya’ni birinchi уili undаn soliq olinmasin, ikkinchi уili o’zining xoxishiga qarab soliq to’lasin, uchinchi yili esa umumiy qoidaga аsоsал soliq to’lasin deb yozadi.
Shuningdek Temuriylar dayrida dehqonchilikka oid to’plarn1ar уоzi1gаn. Сhunоnсhi “Irshad azziratfi ilm аl xarasa” (joy1ardagi dehqonchilik ekinlari uchun i1miy qо’llanma) nоmli asarning yozilishi Temuriylar davrida bоshlаngan vа doimiy urushlar tufayli Shayboniylar dayrida (1599) tugаllаlgаn. Ushbu to’plarnda to’qqiz tipdagi tuproqlar haqida ma’lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum miqdoriga ko’ra ikki turga, ya’ni ustki qatlamida qumni ko’p saqlaydigan уа ustki qatlamida qumni kam saqlaydigan turlarga ajratilgan уа shunga ko’ra tuproqqa ishlov berish, sug’orish usullari vа hosil miqdori ko’rsatilgan.
Ushbu to’plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar haqida, shuningdek toshloq tuproqlarhaqida ma’lumotlar mavjud, ya’ni tuproqlar tavsifi уа ularga ishlov berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur to’plamda tuproqni o’g’itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O’sha davrlarda tuproqqa o’g’it sifatida eski paxsadan yasalgan imoratlar qoldig’i, ariqlarda to’planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi.
XVII asrga kelib tuproqlarning kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini о‘rganish boshlandi.
XVIII asr о‘rtalariga kelib shved olimi I.Valleriusning ,,Dehqonchilikning kimyoviy asoslari haqida” nomli monografiyasi nashrdan chiqadi. Shunda qora tuproq tо‘g‘risida birinchi marta yod olinadi.
XIX asr boshlarida tuproq tо‘g‘risida kо‘plab ma’lumotlar yig‘ilgan bо‘lsada, ularning aksariyati agronomik tadbirlar bilan bog‘liq edi. Nemis olimi T.Teyer о‘zining ,,Samarali dehqonchilik asoslari” (,,Osnovi ratsionalnogo zemledemiya”) kitobida: ,,Sayyoramizning ustki, qaysiki biz tuproq deb atovchi g‘ovaksimon materiya favqulotda turli xil moddalar qorishmasidan tashkil topgan”ligini qayd etadi.
Rossiyada tuproq tо‘g‘risidagi fanga munosib hissa qо‘shgan olim M.V.Lomonosovdir (1711-1765). U tuproqlarning paydo bо‘lishi, xossalari va geografik xilma-xilligini о‘zining 1763 yilda nashr etilgan ,,Yer qatlamlari haqida” (,,O sloyax zemnix”) asarida bayon qildi. Tuproq, tog‘ jinslariga organizmlar dunyosi ta’siri natijasida vujudga kelishi tо‘g‘risidagi tezisni bundan qariyb 250 yil avval shakllantirgan. U tuproqni barcha tabiat jismlari kabi vaqt mobaynida о‘zgarishi va rivojlanishini alohida qayd etadi. Uning asarlarida tundra va botqoq, igna bargli va keng bargli о‘rmon, dasht tuproqlari, chо‘llarining qumli va shо‘rlangan tuproqlari va geografik jihatdan turli – tuman tuproqlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bо‘lamiz.