Kartografik usul tuproqlar geografiyasida azaldan foydalanib kelinsada, tuproqning ifloslanishi va buzilishiga makonda turli sabablarning bisyorligi bu murakkab jarayonlarni kartografik tadqiq qilishni zarurligi hamda istiqbolli ekanligini taqozo etadi. Shu tufayli tuproqlarni xaritalashtirishda tuproqlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish xaritalarini yaratish bо‘yicha yangi yо‘nalishlarni rivojlantirish lozim.
Nazorat uchun savollar:
Tuproqqa ta’rif bering.
Tuproqning boshqa tog‘ jinslaridan farqi nimada?
Tuproq unumdorligi nima?
Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasi fanlarining mohiyatini izohlang.
Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining tadqiqot obyektlari nimasi bilan farqlanadi?
Tuproqlar geografiyasining maqsad va vazifalarini tushuntiring.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018.
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Ma’ruza-2 2–Mavzu: Tabiiy geografiya uchun tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining ahamiyati. Tuproqlarni o‘rganish tarixi. Reja: 1.Tabiiy geografiyada tuproq va tuproqlar geografiyasining o‘rni.
2. V.V.Dokuchayev va tuproqlar geografiyasi.
3. Tuproqlar geografiyasining rivojlanish tarixi.
Tayanch iboralar:Tabiiy geografiya, tuproq qoplami, landshaft qobig‘i, biosfera, landshaftshunoslik, meliorativ geografiya, iqlim, tog£ vodiylari, ekvator, tog‘ jinsi, landshaft komponenti, tabiat zonalari, geomorfologiy.
Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Tabiiy geografik bilim va tadqiqotlar uchun tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining ahamiyati. V.V.Dokuchaev–tuproq va tuproqlar geografiyasi to‘g‘risidagi fanning asoschisi ekanligini o’rganish.