5-jadval
Tuproq boniteti klasslarining shkalasi
Bonitet sinfi
|
Bonitet bali
|
Tuproqning sifatiy tavsifi
|
X
IX
VIII
|
91-100
81-90
71-80
|
Yaxshi
|
VII
VI
V
|
61-70
51-60
41-50
|
О‘rta
|
IV
III
II
|
31-40
21-30
11-20
|
Yomon
|
I
|
1-10
|
Dehqonchilikda foydalanilmaydi
|
Jadvaldan ma’lumki yaxshi, hosildor tuproqlar 71-100 ball, о‘rtachasi 41-70 ball, yomoni 11-40 ball bilan tavsiflanadi.
Yuqorida misol sifatida kо‘rsatilgan 57 ballga ega bо‘lgan sug‘orma och bо‘z tuproq о‘rtacha darajadagi sifatga ega. Unumdorligi turlicha bо‘lgan yerlarda yetishtiriladigan paxta va boshqa qishloq xо‘jaligi ekinlarining о‘rtacha taxminiy hosildorligi qanday bо‘lishini aniqlash uchun muayyan tuproq boniteti balining bahosiga kо‘paytirish kerak. Eng yaxshi (100) yerlarda qishloq xо‘jaligi ekinlarining hosildorligi turlicha baholanadi (6-jadval).
Yuqoridagi keltirilgan ball (57)ni paxta nuqtai nazaridan qaralsa, u holda paxtaning о‘rtacha hosildorligi jadval bо‘yicha gektariga 22,8 s ga teng bо‘ladi: 57x0,4=22,8 s.
Dostları ilə paylaş: |