Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə59/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

3. Dunyoning yer resurslari
Yer resurslariga tabiiy – tarixiy belgilari bilan farqlanuvchi va xо‘jalik maqsadlarida foydalanib kelinayotgan hamda foydalanishga yaroqli barcha toifadagi yerlar kiradi. Yer resurslari tub mohiyati jihatidan hududiy bо‘lib, Antarktida muzliklarini hisoblamaganda quruqlik yuzasining 26 % ini yoki 133,9 mln km2 ni tashkil etadi.
Yer fondining kattaligi jihatidan Afrika materigi (30 mln km2) va Xorijiy Osiyo (27,7 mln km2) oldingi о‘rinda turadi, eng kichiklari esa – Xorijiy Yevropa (5,1 mln km2) va Avstraliya va Okeaniya (8,5 mln km2)dir. Agar regionlarning yer resurslarini aholi jon boshi bо‘yicha taqsimlanishiga e’tibor bersak, buning aksini kо‘rish mumkin: aholi soni nisbatan kam bо‘lgan Avstraliyada har bir aholi jon boshiga 37 ga yer tо‘g‘ri kelsa, Xorijiy Osiyoda faqat 1,1 ga, Xorijiy Yevropada ham deyarli shuncha yaqin yer maydonlari tо‘g‘ri kelishini kuzatish mumkin.
Biroq, dunyo yer fondi tuzilmasini juda qulay deb bо‘lmaydi (7-jadval). Kо‘rinib turibdiki, yer fondining 33 % ini kam mahsuldor yerlar – chо‘llar, botqoqliklar, muzliklar va boshqalar; 3 % ini antropogen landshaftlar (aholi yashash joylari, sanoat markazlari, transport yо‘llari va h.k.), 30 % ini о‘rmon va butazorlar egallaydi. Qolgan 34 % yer resurslari (11 % haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar va 23 % о‘tloq va yaylovlar) insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlariga bо‘lgan extiyojining 98 % ini ta’minlamoqda. Bunday yerlar asosan sayyoramizning о‘rmon, о‘rmon-dasht, dasht zonalarida mujassamlashgan.
7-jadval

Dunyo yer fondi tuzilmasi (Ye.V.Milanova va A.M.Ryabchikov bо‘yicha)


Yerlar toifasi

Maydon mln km. kv


%

1

Muzliklar


16,3

11,0

2

Qutbiy va baland tog‘ subnival chо‘llar

5,0

3,3

3

Tundra va о‘rmon tundra

7,0

4,7

4

Botqoqliklar

4,0

2,7

5

Kо‘llar, botqoqliklar, daryolar, suv omborlar

3,2

2,1

6

Sug‘orilmaydigan arid chо‘llar, qoyali zamin va sohil bо‘yi qumlari

18,2

12,2

7

О‘rmonlar

40,3

27,0

8

О‘tli-butali yaylovlar va tabiiy о‘tloqlar

28,5

19,0

9

Dehqonchilik yerlari-haydaladigan yerlar, bog‘lar, plantatsiyalar, sun’iy о‘tloqlar

19,0

13,0

10

Shu jumladan sug‘oriladigan va quruqlashtirilgan ekin maydonlari

3,2

2,2

11

Sanoat va shaharlar bilan band yerlar (tog‘-kon va yer osti qurilmalari)

3,0

2,0

12

Antropogen belend – yaroqsiz (eroziya, shо‘rlanish, botqoqlanish kabilarga uchragan) yerlar

4,5

3,0



Jami quruqlik maydoni


149,0

100,0

Hozirda qishloq xо‘jalik yerlarining umumiy maydoni 48,1 mln km2 ni tashkil etadi, shundan 13,4 mln km2 haydaladigan (ishlov beriladigan) yerlar va 33,65 km2 yaylovlarga tо‘g‘ri keladi.

Ishlov beriladigan yerlarning eng katta qismlari AQSh, Hindiston, Rossiya, Xitoy, Kanadada joylashgan. Aholi jon boshiga hisoblaganda о‘rtacha dunyo kо‘rsatkichi – 0,4 ga/kishi. Bu kо‘rsatkich bо‘yicha Qozog‘iston Respublikasi oldingi о‘rinda turadi – jon boshiga 2,0 ga, Kanada – 1,6, Argentinada – 0,9, Rossiya va AQShda – 0,8 ga. Eng past kо‘rsatkich Xitoyda - jon boshiga – 0,09 ga, Misrda – 0,05 ga, Yaponiyada -0,04 ga ligi xarakterli (dunyo bо‘yicha bu kо‘rsatkich о‘rtacha – 0,4 ni, О‘zbekistonda esa 0,14 ga ni tashkil etadi).
Yaylovlar Avstraliya, Markaziy Osiyo davlatlari, Shimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Janubiy Amerikaning janubida va AQShning g‘arbida katta maydonlarini egallaydi.
Qishloq xо‘jalik yerlarning degradatsiyasi nafaqat chо‘llashish, balki shahar va qishloqlar qurilishi va sanoatning rivojlanish havfi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, turli qurilishlar hisobiga yerlarning yо‘qatilishi mamlakat umumiy hududiga nisbatan: Yaponiyada – 5,7 %, Avstraliyada – 3,6, AQShda – 2,8, Italiyada – 2,5, Fransiyada – 1 % ni tashkil etadi.
Ushbu jarayonlar natijasida dunyo bо‘yicha qishloq xо‘jalik yerlarining umumiy maydoni yiliga 50-70 ming km2 ga qisqarmoqda. BMT ma’lumotlariga qaraganda ishlov beriladigan yerlarning deyarli 35 % ining yuza qatlamining eroziyaga uchrashi uning tiklanishiga nisbatan juda tezlikda rо‘y berishi oqibatida yiliga 25 mlrd t tuproqlarning yо‘qotilishiga olib kelmoqda.
О‘zbekistonda jami sug‘orishga yaroqli yerlar maydon 7-10 mln ga deb baholanadi, shuning 16 % i о‘tloq-bо‘z tuproqlar, 44 % i о‘tloq, 30 % i bо‘z, 10 %i taqir tuproqlarga tо‘g‘ri keladi. О‘zbekistonning yer fondi tuzilmasi ham о‘ziga xos (8-jadval).


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin