sug’oriladigan yerlarda yer osti suv sathi yilda 2 marta (aprel, oktyabr) o’lchanadi, qo’shimcha tarzda iyul oyida ham o’lchov zarur, chunki sug’orish natijasida suv sathi eng yuqori bo’lgan davr, aynan shu oy – iyuldir;
sug’oriladigan yerlarda qayta sho’rlanish va botqoqlanishni oldini olish, ya’ni kollektor – zovur tizimini yetarli miqdorda qurish, vaqtida tozalash va rekonstruksiya qilish;
ekinlarni sug’orish me’yorlariga rioya qilish hamda sug’orishning eng yangi zamonaviy texnologiyalarini keng qo’llash;
sug’orish, suv va shamol eroziyasini oldini olish, ya’ni sug’oriladigan maydonlar, ayniqsa, vohalarning cho’lga tutash mintaalarida, sug’orish kanallari, katta yo’llar chekkalarida himoya daraxtzorlar – ihotazorlar maydonini kengaytirish;
joylarning tabiiy sharoitidan kelib chiqib qishloq xo’jalik ekin turlarini joylashtirish, almashlab ekish (beda, dukkaklilar va b.) qoidalarga qat’iy rioya qilish;
kuzgi shudgor, sho’r yuvish kabi ishlarni o’z vaqtida amalga oshirish, agrotexnika qoidalariga rioya etish, organik o’g’itlardan ko’proq foydalanish;
dehqonchilikda qadimiy – ajdodlarimizdan qolgan, ishonchli udumlardan foydalanish;
yaylovlarda mol boqishni tartibga solish;
dehqonchilik madaniyatini ko’tarish, unda muoqobil horijiy tajribalardan keng foydalanish, ilmga tayanish;
tuproq qoplami buzilgan yerlarda sifatli rekultivatsi o’tkazish;
tuproqlarni ifloslanishdan, ulardagi foydali flora va faunani yo’qolishdan muhofaza qilish;
qishloq xo’jalikda foydalaniladigan yerlarni asossiz boshqa maqsadlarga foydalanishga olishni cheklash;
sug’oriladigan, lalmi yerlar va yaylovlarda cho’llashish jarayoni ustidan uzluksiz monitoringi olib borish va h.k.