Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org
3. Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlarning organik qismi Tuproqlarning zonal tarqalishiga hayvonlarning ta’siri о‘simliklarnikiga qaraganda kam darajadaligi ma’lum bо‘lsada, biroq ularning indikatsion ahamiyati juda yuqori. Tuproq turli – tuman hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi, ba’zilari unda bir umr yashasa, boshqalari hayot ma’romining ma’lum qismini unda о‘tkazadi. Tirik organizmlar biomassasi о‘simliklar biomassasiga qaraganda ancha kam va 5 % dan kо‘p bо‘lmagan fitomassani tashkil etadi. Nisbatan eng kо‘p hayvon biomassasi о‘tloq dashtlarga tо‘g‘ri keladi.
Zoomassaning asosiy qismi juda mayda va о‘z о‘rnida hayvonot dunyosining eng kо‘p sonli vakillari – umurtqasizlar hissasiga tо‘g‘ri keladi (97-99 %). 1 ga maydondagi tuproqda 200 ming dan 5 mln gacha yomg‘ir chuvalchanglari uchrashi mumkin.
Umurtqalilarning massasi umurtqasiz hayvonlarga taqqoslaganda ancha kam. О‘tloq dashtlarda u taxminan umumiy biomassaning taxminan 1 % ini, emanzorlarda – 0,12 %, aralash о‘rmonlar va taygada – 1,6 dan 4 % gacha, tundrada – 5 % gachani tashkil etadi.
Tuproq hosil bо‘lishida hayvonlarning ahamiyati juda katta. Ular organik moddalarning tо‘planishi va parchalanishida qatnashadi, tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga, eroziya jarayonlarining rivojlanishiga, tuproq qoplamining tuzilmasiga ta’sir kо‘rsatadi. Tuproq hayvonlari tuproq yuzasi va qatlamlaridagi organik qoldiqlarni taqsimlash, maydalash hamda tuproqning mineral qismi bilan aralashtirish qobiliyatiga ega.
Tuproq hosil bо‘lishida yomg‘ir chuvalchangining ahamiyati qadimdan ma’lum. Chuvalchang sutka mobaynida о‘z og‘irligidan 176-192 % kо‘p miqdordagi tuproqni ichagidan о‘tkazishi mumkin. Och-sur о‘rmon tuproqlarida chuvalchanglar yiliga 40 s/ga yer osti о‘simlik qoldiqlarini qayta ishlashga qodir ekan, о‘rmon-dasht qora tuproqlarda bu kо‘rsatkich – 35 s/ga va undan ortiq, janubiy kam gumusli qora tuproqlarda esa – 10 s/ga gacha yetadi.
Umuman har bir tabiat zonasi unda yashashga moslashgan kо‘plab turli tuproq faunasi uchun makon hisoblanadi. Kenglik bо‘ylab qaralganda ayrim turlarning dominantligi ortadi yoki aksincha kamayadi.
Hayvonot olami ichida suv eroziyasini rivojlantirish, shuningdek qumliklarda deflyatsiya jarayonlarini tezlanishiga ta’sir etadiganlari ham uchraydi.