Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


О‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi о‘rni



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə17/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

2. О‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi о‘rni
О‘simliklar olami nafaqat tuproqning kimyoviy, balki mineral tarkibiga ham faol ta’sir kо‘rsatadi. Minerallarning salmoqli qismi о‘simliklarning tanasida vujudga keladi va ular nobud bо‘lganidan sо‘ng yana tuproqqa qaytadi. Tuproqda biogen minerallarning vujudga kelishida о‘simliklar ham faol ishtirok etadi. О‘simliklar tuproqda nafaqat biokimyoviy va geokimyoviy rol о‘ynab qolmay, uning fizik xossalari (tuzilmasi, suv sig‘imi, zichligi va b.), issiqlik va suv tartibiga ham ta’sir kо‘rsatadi.
Tuproq va о‘simlik xaritalarini taqqoslashdan kо‘rinib turibdiki, tuproqning ma’lum turi bilan о‘simliklarning ayrim turlari о‘rtasida chambarchas bog‘liqlik mavjud.
Yer shari tirik moddalarining deyarli 99 % i о‘simlik organizmlari massasidan tashkil topgan bо‘lib, shu tufayli Yerda biologik aylanma harakatning xarakteri yashil о‘simliklarnning hayot faoliyati bilan belgilanadi.
Organik moddalar tо‘planishining eng yuqori darajasi о‘rmonlarga tо‘g‘ri keladi. Bu kо‘rsatkich nam tropik о‘rmonlarda 5000 s/ga va undan ortiq, Braziliyaning tog‘li tropik о‘rmonlarida – 17 000 s/ga. Sezilarli darajada kam biomassa keng bargli о‘rmonlar (4000 s/ga) va ayniqsa, boreal mintaqaning igna bargli о‘rmonlariga (1000-3300 s/ga) tо‘g‘ri keladi.
О‘tsimon о‘simliklar biomassasining kamligi bilan xarakterlanadi. О‘tloq dashtlari biomassasi 250 s/ga, bu miqdor janubga tomon kamayadi, quruq dashtlarda 100, chala butasimon chо‘llarda – 43 s/ga. Arktik tundra organik moddalari massasi deyarli chо‘lnikiga teng (50 s/ga), butasimonlarniki dashtnikiga yaqinroq (280 s/ga).
Alohida qayd etish lozimki, о‘rmon biomassasining asosiy miqdori yerning ustki qismida, ildizining hissasi barcha mintaqalarda nisbatan kam farqlanadi, hamda 18-26 % ga teng. О‘tsimonlarda esa aksincha, biomassaning asosiy qismi yerning ostki qismida mujassamlashgan. Dashtlarda ildiz 70-85 % biomassani tashkil etadi, chala butasimon chо‘llarda – 87 %, tundrada – 70-83 %.
Yer quruqlik yuzasi fitomassasi zahirasining umumiy miqdori 2402,5ּ109 (2,4ּ1012) t baholanadi. Shundan 56 % dan ortig‘i tropik mintaqa hissasiga tо‘g‘ri keladi. Tо‘g‘ri, tropik mintaqa quruqlik yuzasining deyarli 42 % maydonini egallaydi va uning yarmi yuqori mahsuldorlikka ega bо‘lgan nam tropik о‘rmonlar bilan qoplangan.
Ikkinchi о‘rin boreal mintaqaga ta’luqli (fitomassa umumiy zahirasining 18 % i), keyin subtropik mintaqa (14 % atrofida), subboreal (12 % atrofida) va oxirgi о‘rinni qutbiy mintaqa egallaydi (1 % dan kam). Yuqoridagi uchta mintaqalar maydonlari deyarli tengroq bо‘lsada, fitomassa zaxirasidagi farq asosan ular hududining о‘rmon bilan qoplanganlik darajasiga bog‘liq, qaysiki boreal mintaqada bu kо‘rsatkich yuqori (20 %).
Yer shari о‘rmon fitomassasi zaxirasi umumiy hajmi 1,96ּ1012 t, ya’ni quruqlik fitomassasining deyarli 82 % ini tashkil etadi (о‘rmon bilan qoplanish 39 % bо‘lganda), kо‘rinib turibdiki quruqlik yuzasida fitomassa zaxirasi taqsimlanishining asosiy geografik qonuniyati tuproq – о‘simlik formatsiyasining о‘rmonlar tipiga bog‘liq ekan.
Tuproqning paydo bо‘lishi va geografik tarqalishi daraxtsimon va о‘tsimon о‘simliklardan tuproqqa tushadigan barg, shox-shabba, meva, ildiz, pо‘stlog‘ va boshqalar (opad), qurum moddalar (zol) miqdoriga ham bog‘liq.
Umuman olganda о‘simliklar turi va biologik aylanma harakat tuproq hosil bо‘lish turi bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq hosil bо‘lish jarayoni, tuproq turlarining shakllanishi va tuproq unumdorligi о‘simlik – tuproq – о‘simlik tizimidagi tirik moddalarning ta’siri hamda mineral moddalarning aylanishi bilan bevosita belgilanadi. Ayni damda о‘simlikning о‘zi tuproq va iqlimning mahsuli hisoblanadiki, qaysiki uning shakllanishini ular hal qiladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin